Firdavs Sharipov
Firdavs Xolnazarovich Sharipov (tugʻ. 7-sentyabr 1983-yil, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek mafkurachisi va siyosatchisi, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.
Firdavs Sharipov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-sentyabr 1983-yil Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi |
Maʼlumoti | Termiz davlat universiteti |
Biografiya
tahrirFirdavs Sharipov 7-sentyabr 1983-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2000-2003-yillarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi A.Hidoyatov nomidagi kolxozda hisobchi boʻlib ishlagan. 2007-yilda Termiz davlat universitetini Milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari yoʻnalishini[1]. 2007-2012-yillarda Termiz ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida dars bergan. 2012-yilda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga dastlab bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, keyin guruh rahbari, soʻngra rahbar oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2017-yilda Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari etib tayinlangan[2].
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi saylandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tayinlandi[3].
2021-yilda boʻlib oʻtgan Prezident saylovida u Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisovaning ishonchli vakili boʻlgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Вилоятдан сайланган депутатлар“. www.surxondaryo.uz. Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Депутаты“. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi. Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „№1125 О регистрации доверенных лиц кандидата в Президенты Республики Узбекистан М.А. Варисовой“ (ru). saylov.uz. 2021-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.