Firn (nem. fi rn — oʻtgan yilgi, eski) — muz donalarining qayta kristallanishi natijasida hosil boʻlgan yirik donador muz. Firn qor bilan muz oraligʻidagi bosqich boʻlib, yogʻin, asosan, qor koʻrinishida yogʻadi, togʻlarning yoz boʻyi erib ulgurmaydigan qor chizigidan yuqorida joylashgan qismida va qutbiy oʻlkalarda yuzaga keladi. K,or quyosh radiatsiyasi, iliq havo taʼsirida qayta kristallanishi va suv bugʻining sublimatsiyasi natijasida firnga aylanadi. Firn zichligi 0,45 dan 0,8 g/sm3 gacha. Togʻ muzliklarida firn qalinligi 20–30 m, Antarktidada 100 m gacha yetadi.