Fistula
Fistula (lot. fistula — naycha) — biror aʼzo (ichak, oʻt pufagi,meʼda boʻshligʻi) yoki hazm bezi yoʻlini tashqi muhitga tutashtirish uchun operatsiya yoʻli bilan ochilgan sunʼiy teshik yoki kanal (nay).Boʻshlikdagi suyuqlik (siydik, oʻt, yiring va boshqalar) shu nay orqali tashqariga chiqib turadi. Fistula aʼzolar boʻshligʻiga kiritiladi yoki tomirlar devoriga tikiladi.
Tugʻma (embrional rivojlanish nuqsoni tufayli) va orttirilgan (patologik jarayon natijasida) Fistulalar farq qiladi.Tibbiy koʻrsatmaga muvofiq,shuningdek, eksperimental fiziologiyada Fistula keng qoʻllanadi.Fistula yordamida toza meʼda shirasi olinadi,ichki aʼzolar harakati, holati,siydik ajralish dinamikasi va boshqa tekshiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |