Fiting
Fiting (ing. fi t — yigʻish) — trubalarni ulash, ularning tarmoqlangan, burilgan, bir xil diametrdan ikkinchi xil diametrga oʻtadigan joylariga qoʻyish hamda ayrim joylarini butunlay berkitish uchun moʻljallangan rezbali detal. Vazifasiga koʻra, muftalar, tirsaklar, xocheimon, berkituvchi tiqin, berkituvchi qopqoq, egarcha, nippel, birlashtiruvchi gayka, futorka va boshqa xillarga boʻlinadi. Bir xil diametrli trubalarni birlashtiruvchi F. toʻgʻri, har xil diametrli trubalarni birlashtiruvchi F. oʻtish F.i deb ataladi. F. bolgʻalanuvchan choʻyan, poʻlat, plastmassa va boshqa materialldan yasaladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |