Fitomassa
Fitomassa (fito... va massa) — maʼlum maydon (yuza birligi) yoki ayni paytda yashash joyiga toʻgʻri keladigan oʻsimliklar ^ekosistema) biomassasi yigʻindisi. Oʻsimliklarning yer usti va yer osti organlari: barglar, novdalar, gullar, mevalar, poyalar, shoxlar, ildizlar, tuganaklar, piyozlar va boshqalardan iborat. Biomassa kabi g/m2, kg/ga, g/m3 va boshqa oʻlchovlarda ifodalanadi. Fitomassa koʻrsatkichidan ekosistemalarning biologik hosildorligiga baho berishda foydalaniladi (masalan: 1 ga paxtazorda butun vegetatsiya davrida 8 t dan 16 t gacha quruq Fitomassa yigʻiladi). Yer yuzasidagi oʻsimliklar hamjamiyatlarida, shu jumladan, agrobiotsenozlarda, Fitomassa odatda, zoomassaga qaraganda koʻp. Fitomassaning madaniy oʻsimliklar (shu jumladan, ekinlar) yaratadigan va inson tomonidan foydalaniladigan qismi (mevalar, urugʻlar) hosil deb ataladi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |