Fitr
(Fitr sadaqadan yoʻnaltirildi)
Fitr (arab. — roʻza yakuni sadaqasi), fitr sadaqa, fitr roʻza — islomda ramazon oyi tugashi munosabati bilan beriladigan sadaqa (F.2,5 kg xurmo, arpa, un, guruch yoki ularning qiymati miqdorida belgilangan). Muhtojlikda yashovchi oila aʼzolari ham hayit kuni toʻq yashasin degan niyatda joriy qilingan va vojib amallar safiga kiritilgan. U oʻziga toʻq musulmonlarning muhtoj va hojatmandlarga qiladigan xayrexsonlaridir. Fitr asosida fuqarolar, miskinlar, bevabechoralar va hojatmandlarning qalblariga hayit oldidan bir oz boʻlsada shodlik va hurramlik baxsh etish, ularni moddiy jihatdan qoʻllab quvvatlash va oqibat natijada, odamlar orasida mehrshafqat tuygʻularini uygʻotish yotadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |