Fizalis
Fizalis (Physalis), paqpaq — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir yoki koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yovvoyi holda 100 dan ortiq turi tropik va subtropik mintaqalarda, koʻproq Markaziy Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari Afrikaning janubi-sharqida uchraydi. F. Yevropaga 18-asrda, keyinchalik Osiyoga keltirilgan. Asosan, Meksika F.si yoki Meksika pomidori (P. ixocarpa); tukli F. (P. pubescens) va peru F.si (peru olchasi) (P. peruviana) yetishtiriladi. Meksika F.si koʻp tarqalgan. Tarkibida 8—9% quruq modda, 33,133,6% yogʻ, 18,4 19,5% oqsil, 17,6— 18,1% kletchatka, 4,48,3% kul, 3—4% qand, 5— 10% pektin, 20– 30 mg % S vitamini hamda karotin, organik kislotalar, achchiq moddalardan fizalin va alkaloidlar (0,260,4%) bor. Shifobaxsh. Mevasi nordonshirin, tuyey ochsariq, koʻkish; ya n gil i gida, qayta ishlangan holda isteʼmol qilinadi. Peru F.si (5—12 g) yumaloq oval, sariq, toʻq sariq, nordonshirin. Mazasi qulupnay taʼmini beradi. Yetishtirish agrotexnikasi pomidordan farqqilmaydi. Konserva sanoatida, souslar, murabbo, tuzlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Pishgan mevalaridan limon kislota olinadi.[1][2]
Rasmlar
tahrirGullar
tahrir-
Peru paqpaqi (Physalis peruviana)
-
Yevrosiyo paqpaqi (Physalis alkekengi)
Mevalar
tahrir-
Peru paqpaqi (Physalis peruviana)
-
Peru paqpaqi: gul kosachasi qutulish mumkin bo'lgan mevalarni namoyish etish uchun ochildi.
-
Yevrosiyo paqpaqi, "Xitoy fonar" (Physalis alkekengi)
-
Physalis alkekengi: gul kosachasi 'skeleti' ichkarida meva ko'rsatmoqda
-
"Meksika pomidori" (Physalis philadelphica (syn. P. ixocarpa))
-
Tukli fizalis (Physalis pubescens)
-
Kichik fizalis (Physalis minima)
Manbalar
tahrir- ↑ Pivovarov V. F., Aramov M. X., Dubrutsskaya Ye. G. va boshqa, Fizalis. Ovoshnie i baxchevie kulturi v Uzbekistane, M., 2001.
- ↑ Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |