Florida boʻgʻozi
Florida boʻgʻozi — Florida yarim orol bilan Kuba va Bagama orollari oraligidagi boʻgʻoz. Meksika qoʻltigʻini Atlantika okeani bilan tutashtiradi. Uzunligi 651 km, eng kambar joyining eni 80 km, farvatyorida chuq. 150 dan 2085 m gacha. Florida boʻgʻozidan Golfstrim oqimi boshlanadi. Yirik portlari: Gavana (Kuba) va Mayami (AQSH).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |