Fluoressensiya (flyuorit va lot. escent – kuchsiz taʼsirni ifodalovchi suffiks), flyuoressensiya – qisqa vaqtda soʻnadigan lyuminessensiya. Odatda, fluoressensiya atom va molekulalarning spontan kvant oʻtishlarida sodir boʻladi, shuning uchun fluoressensiya davomiyligi atom va molekulalarning uygʻongan holatda yashash vaqti bilan aniqlanadi (man etilgan oʻtishlar holida fluoressensiya davomiyligi anchagina katta boʻlishi mumkin). Fluoressensiya yordamida moddalar strukturasi va ularda yuz beradigan fizik jarayonlar oʻrganiladi. Fluoressensiyadan lyuminessent analiz, chaqnovchi sanagichlar, defektoskopiya, mikrobiologiya, tibbiyot, biofizika va hokazolarda foydalaniladi.