Flyuger
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Flyuger (nem. Fluger, gollandcha vleugel — qanot) — shamol yoʻnalishi va tezligini aniklaydigan qurilma. U vertikal oʻqqa qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan shamol yoʻnalishi koʻrsatkichlari, sterjenda erkin aylanuvchi posangili flyugarka (qanotcha)lar, yoy va shtiftlar biriktirilgan metall plastinkadan iborat (rayem ga q.). Shamol yoʻnalishini 8 ta asosiy rumbdan belgilab olinadi. Shamol yoʻnalishini flyugarka boʻyicha aniqlanadi. Flyugarkaning posangisi hamisha shamolga teskari yoʻnalgan boʻladi. Shamol tezligini esa metall plastinaning vertikal vaziyatdan maʼlum burchakka ogʻishi (yoyga belgilangani) boʻyicha oʻlchanadi. Flyuger 10—12 m balandlikdagi minoraga oʻrnatiladi, flyuger bilan 40 m/s gacha boʻlgan shamol tezligini oʻlchash mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |