Fohishalik - pul yoki boshqa foyda evaziga jinsiy aloqa qilish[1][2] Fohishalik asosan ayollar orasida uchraydi. Shunday boʻlsada, erkaklar va bolalar orasida ham uchrab turadi.[3]

  Fohishalik qonunga qarshi emas, ammo boshqariladi
  Fohishalik qonunga qarshi emas, boshqarilmaydi. Ammo fohishaxona tashkil etish yoki qoʻshmachilik qilish man etiladi
  Fohishalik man etiladi
  Maʼlumot yoʻq

Fohishalik antik jamiyatda paydo boʻlgan. Ayniqsa Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim va Xitoyda keng tarqalgan boʻlgan. Fohishalik koʻpicha „dunyodagi eng qadimiy kasb“ deb ataladi[4].

Fohishalik hozirda baʼzi mamlakatlarda taqiqlangan yoki cheklab qoʻyilgan, bir necha mamlakatlarda ruxsat etilgan. Jinoyat qonunchiligida zoʻrlab yoki zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki aldash yoʻli bilan fohishalikka jalb qilganligi uchun javobgarlik belgilanadi. Dunyo boʻylab fohishalikdan tushgan daromad 100 milliard AQSH dollaridan koʻp deb taxmin qilinadi[5].

Oʻzbekistonda

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasiga koʻra, fohishaxona tashkil etish yoki saqlash, shuningdek, gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlarda qoʻshmachilik qilishga nisbatan jinoiy jazo qoʻllanadi[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Prostitution – Definition and More from the Free Merriam-Webster Dictionary“. Merriam-Webster. Qaraldi: 19-sentabr 2013-yil.
  2. „Prostitution Law & Legal Definition“. US Legal. Qaraldi: 19-mart 2013-yil.
  3. Shedlin, Michele (2010). "Prostitution". World Book Encyclopedia. Chicago: World Book Encyclopedia. 
  4. Flowers, Ronald B.. The prostitution of women and girls, 1988 — 5-bet. 
  5. „Prostitution Market Value“. Qaraldi: 22-may 2010-yil.
  6. "Fohishalik". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005. 

Havolalar

tahrir
Umuman fohishalik haqida
Oʻzbekistonlik fohishalar haqida