Fondukiston ibodatxonasi
Fondukiston ibodatxonasi – Kobuldan taxminan 117 kilometr shimoli-sharqda, Parvon viloyati Gʻorband vodiysi yaqinidagi tepalikning eng baland nuqtasida joylashgan buddistlar ibodatxonasi. Ibodatxona qurilishi milodiy 8-asr boshlariga toʻgʻri keladi[1][2][3][3].
Fondukiston ibodatxonasi | |
---|---|
Fondukiston ibodatxonasidan topilgan budda haykali (Afgʻoniston milliy muzeyi) | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Ibodatxona |
Koordinatalar | 34°58′11″N 68°52′37″E / 34.969591°N 68.876891°E |
Fondukiston ibodatxonasi |
Umumiy maʼlumotlar
tahrirBenjamin Rowlandning soʻzlariga koʻra, „Rangdor qilib boʻyalgan devorlar, haykallar juda koʻp boʻlgan bu kichik ibodatxonaga haykaltarosh va quruvchilar tomonidan oʻziga xos diniy effekt berilgan, kelgan inson goʻzal manzarani koʻrgan“[4][5].
Fondukiston ibodatxonasidagi sanʼat asarlarini eramizning 7—8-asrlarda buddist Turkshohiylar tomonidan boshqariladigan hududlarda buddaviy sanʼatining eng yuqori darajasi deb olish mumkin. Shu jumladan Sosoniylarning madaniy taʼsiri ham mavjud[6][7]. Fondukiston ibodatxonasi sanʼat asarlari milodiy 7—8-asrlardagi yunon-budda sanʼatining soʻnggi bosqichlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda Xitoyning Tan imperiyasi buddizmning taʼsiri va targʻibotini Markaziy Osiyo davlatlariga, jumladan, Afgʻonistonga xitoy rohiblari oqimi bilan kengaytirishni boshladi, ammo, Hindistondan Oʻrta Osiyoga hind rohiblarining koʻchishi koʻproq sodir boʻldi[8]. Ushbu voqealar Fondukiston va Tapa Sardardagi hind-xitoy gibrid sanʼat va din uslublarini keltirib chiqardi[8]. Ibodatxona 1936-yilda Délégation archéologique française en Afghanistan tashkilotidan Joseph Hackin va 1937-yilda xuddi shu tashkilotdan Jean Carl tomonidan qazib oʻrganilgan[9][10]. Qayta tiklangan sanʼat asarlarining aksariyati Guimet muzeyi, Parij va Afgʻoniston Milliy muzeyi oʻrtasida boʻlinib ketgan, koʻplari soʻnggi oʻn yilliklardagi vayronagarchiliklardan omon qolmagan.
Budda haykallari
tahrir-
Oʻtirgan Budda, Fondukiston ibodatxonasi (hozirda Afgʻoniston milliy muzeyida)[11].
-
Oʻtirgan Bodxisattva, Fondukiston ibodatxonasi, taxminan 700-yil. (hozirda Kobul muzeyida)
-
Maitreya Bodxisattva rasmi, Fondukiston ibodatxonasi, taxminan 700-yil (hozirda Afgʻoniston milliy muzeyida).
Manbalar
tahrir- ↑ „Images of the Fondukistan monastery“. Colorado State University. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
- ↑ Verardi, Giovanni; Paparatti, Elio (2005). "From Early to Late Tapa Sardār: A Tentative Chronology". East and West 55 (1/4): 432. ISSN 0012-8376. https://www.jstor.org/stable/29757657.
- ↑ 3,0 3,1 Novotny, Susanne (1 January 2007). "The Buddhist Monastery of Fondukistān, Afghanistan – A Reconstruction". Journal of Inner Asian Art and Archaeology 2: 31–37. doi:10.1484/J.JIAAA.2.302542. ISSN 1783-9025. https://www.brepolsonline.net/doi/abs/10.1484/J.JIAAA.2.302542?journalCode=jiaa.
- ↑ Rowland and Rice, Ancient Art of Afghanistan, p. 45
- ↑ „FONDOQESTĀN – Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org.
- ↑ Compareti, Matteo (2008). "The Painting of the "Hunter-King" at Kakrak: Royal Figure or Divine Being?". Studio Editoriale Gordini: 133. https://www.researchgate.net/publication/283346535.
- ↑ „FONDOQESTĀN – Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org.
- ↑ 8,0 8,1 Verardi, Giovanni; Paparatti, Elio (2005). "From Early to Late Tapa Sardār: A Tentative Chronology". East and West 55 (1/4): 437–438. ISSN 0012-8376. https://www.jstor.org/stable/29757657.
- ↑ „FONDOQESTĀN – Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org.
- ↑ „Encyclopaedia Iranica: Fondukistan“. iranicaonline.org.
- ↑ Novotny, Susanne (1 January 2007). "The Buddhist Monastery of Fondukistān, Afghanistan – A Reconstruction". Journal of Inner Asian Art and Archaeology 2: 31–37 and this page, also this page. doi:10.1484/J.JIAAA.2.302542. ISSN 1783-9025. https://www.brepolsonline.net/doi/abs/10.1484/J.JIAAA.2.302542?journalCode=jiaa.
- ↑ Compareti, Matteo (2009). "Iranian Elements in Kaśmīr and Tibet Sasanian and Sogdian Borrowings in Kashmiri and Tibetan Art". Transoxiana 14. http://www.transoxiana.org/14/compareti_iranian_elements_kashmir.html.
Adabiyotlar
tahrir- Alram, Michael (2014). "From the Sasanians to the Huns New Numismatic Evidence from the Hindu Kush". The Numismatic Chronicle 174: 261–291. (registration required)
- J. Hackin, "Le monastère bouddhique de Fondukistan (fouilles de J. Carl, 1937), " MDAFA 8, 1959, pp. 49-58.
- J. Hackin, "The Buddhist Monastery of Fondukistan, " Afghanistan (Kabul) 5/2, 1950, pp. 19-35.
Havolalar
tahrir- J. Hackinning dastlabki hisobotlaridan olingan fotosuratlar (Wayback Machine saytida 2015-07-17 sanasida arxivlangan)