Gerald Ford
(Ford Jerald Rudolfdan yoʻnaltirildi)
Gerald Ford (talaffuzi: Jerald Ford) (1913.14.7, Omaxa, Nebraska shtati) — AQShning 38-prezidenti (1974—77). Respublikachilar partiyasidan. 1973—74 yillarda vitse-prezident. 1974-yil 9-avgust da Richard Nixon isteʼfoga chiqishi munosabati bilan AQSH prezidenti boʻlgan. F. prezidentligi davrida ilgarigi maʼmuriyatning ichki va tashqi siyosatini davom ettirgan. F. hukumati AQSHning harbiy potensialini kuchaytirishga intilgan, xususan, 1975-yil AQSHning Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mavqeini oshirishga qaratilgan "Tinch okean doktrinasi"ni eʼlon qilgan. 1976-yildagi prezidentlik saylovlarida magʻlubiyatga uchragan[1].
Gerald Ford | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyul 1913-yil |
Vafoti |
26-dekabr 2006-yil (93 yoshda) |
Fuqaroligi | AQSh |
Otasi | Leslie Lynch King, Sr. |
Onasi | Dorothy Ayer Gardner Ford |
Imzosi | |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Havolalar
tahrir