Foreign LanguagesOʻzbekistonning xorijiy tillarga ixtisoslashgan umummilliy davlat teleradiokanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. 2021-yil 6-dekabr kuni test rejimida ish boshlagan[1].

Foreign Languages
„Foreign Languages“ teleradiokanali
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti tunu-kun
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til(lar)i turli xorijiy tillar
Boshqaruv markazi Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 69-uy
Mazmuni xorijiy tillarni oʻrgatishni ommalashtirish
Efirga chiqqan 2021-yil 6-dekabr
Tomoshabinlar 35 milliondan koʻp
Asoschisi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Egasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Rahbarlari Alisher Shoyimov
Aloqador telekanallar Oʻzbekiston MTRK kanallari
Sayt www.mtrk.uz

Tarixi

tahrir

2021-yil 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorijiy tillarni oʻrganish ishlarini ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish haqida PQ–5117-sonli qarori qabul qilindi[2]. Shu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 27-avgustda Vazirlar Mahkamasi „Foreign Languages“ nomli teleradiokanal tashkil etish toʻgʻrisidagi 546-sonli qarorni qabul qildi[3]. Teleradiokanal 2021-yil 6-dekabr, soat 9:00 dan oʻz faoliyatini tugatgan „Oilaviy“ telekanali bazasida test rejimida ish boshladi[4].

Tavsifi

tahrir

„Foreign Languages“ teleradiokanali oʻz dasturlarini 24 soat davomida xorijiy tillarda uzatadi. Bir kunda kamida 3 soat onlayn tarzda xorijiy tillarni oʻrgatishga moʻljallangan koʻrsatuvlar efirga uzatiladi[4]. Bolalar uchun moʻljallangan xorijiy tildagi asarlar asl tilida, baʼzi hollarda oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi subtitrlar bilan efirga uzatiladi[5].

Manbalar

tahrir