Forob — Toshkentning shim.gʻarbidagi qad. voha va shahar. Voha hozirgi Qozogʻistondagi Aris daryosining Sirdaryoga kuyilish joyida, daryoning har 2 sohilida joylashgan. F. shahri esa, Sirdaryoning oʻng sohilida boʻlgan. F. oʻrta asr arab geograflari asarlarida "Borob", fors manbalarida "Porob" shaklida uchraydi. Forobiy va Javhariyning vatani. Arab tarixchisi Ibn Havqalnit yozishicha, F. vohasining uzunligi hamda kengligi bir kunlik yoʻl chamasida boʻlib, yeri qisman shoʻr va botqokdan iborat boʻlgan. Mazkur vohada F.dan tashqari Vosij va (Kadar shaharlari ham joylashgan. Istaxriy va Ibn Havqalda — nohiya, Maqdisiyda — rustoq, Yoqut Hamavip asarlarida viloyat deb yozilgan. Maqsisiyning yozishicha, F. va unga qoʻshni yerlarni (30 farsaxgacha) har yili Sirdaryo suvi bosgan. Vohaning asosiy shahri Vosij hisoblangan, keyinchalik F.ga koʻchirilgan. Kadar shahri Vosijdan 2 farsax narida joylashgan. F. 9— 12-asrlarda eng yirik iqtisodiy va madaniy markazga aylangan. U ark, shah riston va raboddan tashkil topgan Shahriston 4 darvoza, bir-birini ke sib oʻtgan 2 ta katta koʻcha, jome masjidi, raboddan iborat. Bozorning koʻp doʻkonlari rabodda, shahardan tashqarida joylashgan. F. 1219—20 yillarda Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan.

2) oʻrta ayerlarda Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan shahar. Manbalarda turli shakllarda (Farabr, Firob, Firabr) uchraydi. Narshaxiynmng soʻzlariga koʻra, F. turk xoqonining oʻgʻli Sheri Kishvar (ElArslon) tomonidan bunyod etilgan (milodiy 6-asr oxiri — 7-asr boshi). 9-asrda F. Marv viloyatining chegara shahri hisoblangan. 10-asrda F. maʼmuriy jihatdan Buxoro viloyatiga mansub boʻlgan. Oʻrta ayerlarda F. ark va shaxristondan iborat, atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan, jome mayejidi bor shahar edi. 10-asrda uning atrofida bir necha chiroyli rabotlar qurilgan. F. shahar xarobasi Forob temir yoʻl stansiyasidan 10 km, Amudaryo qirgʻogʻidan 1 km masofada joylashgan. Ark (maydoni — 9 ga) ning 7 minorasi va bir darvozasi, shahriston (70ga)ning kamida 3 darvozasi boʻlgan. F. 13-asr boshida Chingizxon tomonidan vayron qilingan, keyinchalik uning oʻrnida kichik qishloq mavjud boʻlgan. 14-asrda F.ning oʻz zarbxonasi bor edi. 18-asrda F. tashlandiq holga kelgan.