Fors koʻrfazidagi suv toshqinlari
2024-yil aprel oyida kuzatilgan kuchli yomgʻirlar Fors koʻrfazi davlatlariga qattiq taʼsir koʻrsatdi va butun mintaqada suv toshqinlari yuz berdi. Baʼzi hududlarda bir yillik yomgʻir miqdori bir kunda yogʻdi. Toʻlqinlar butun mintaqa boʻylab sezilarli taʼsir koʻrsatdi, ayniqsa Ummon va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar katta talofatlarga uchradi[1], bu esa 33 kishining oʻlimiga sababchi boʻldi, shu jumladan, Ummonda 20 kishi va Eronda 8 kishi vafot etdi[2][3][4]. Yaman, Bahrayn, Qatar va Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyatida ham kuchli yomgʻir va suv toshqinlari kuzatildi.
| |||
Sabab | Mezomiqyosli konvektiv tizim | ||
---|---|---|---|
Meteorologik tarix | |||
kabi 2024-yilgi Fors toshqinlari | |||
Davomiyligi | 14-aprel — 17-aprel | ||
Jami taʼsirlar | |||
Oʻlim holatlari |
Umumiy 33 nafar: 20 tasi Ummonda 8 tasi Eronda 5 tasi Birlashgan Arab Amirliklarida 1 tasi Yamanda | ||
Bedarak yoʻqolgan | 3 ta Eronda | ||
Zarar | Nomaʼlum | ||
Taʼsir qilgan hududlar |
Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Eron, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, Yaman |
Sabablari
tahrirFors koʻrfazi hududi oʻzining issiq va quruq havosi bilan mashhurdir. Soʻnggi yillar davomida suv toshqinlariga sabab boʻlgan kuchli yomgʻirlar ham muntazam ravishda yuz bermoqda[5][6]. Buyuk Britaniyaning Royal Meteorological Society instituti tomonidan ushbu jarayonning sababi sifatida katta miqyosdagi konvektiv tizim keltirilmoqda[7]. BAA Milliy Meteorologiya markazi (NCM) hodimi Esraa Alnaqbi atmosferaning yuqori qismidagi past bosim uning yuzasidagi past bosim bilan birgalikda oʻzaro taʼsiri oqibatida Fors koʻrfazidagi havo bosimiga qattiq taʼsir koʻrsatganini aytib oʻtdi. Fors koʻrfazidagi issiq harorat va atmosferaning yuqori qismidagi sovuq harorat kontrasti ushbu hodisaning yanada kuchliroq avj olishi va koʻplab momaqaldiroqlarga sababchi boʻlgan. Pensilvaniya universitetida faoliyat olib boruvchi iqlimshunos olim Michael Manning aytishicha, uchta past bosimli tizim kuchli shamollarga sabab boʻlgan va va ular keyinchalik Jet oqimi boʻylab Fors koʻrfaziga qarab harakatlandi. Kuchli past bosimli tizim shamol va tinimsiz yomgʻirlarni keltirib chiqardi[8]. Reading universiteti meteorologlari kuchli yomgʻirlarning kuchli shamollar tufayli yuz berganini tasdiqladilar[9].
Reading universiteti iqlimshunos professori Richard Allan hamda Londondagi Imperial kolleji iqlimshunoslik fani katta oʻqituvchisi Friederike Otto birgalikda ushbu holatga sabab sifatida iqlim oʻzgarishini keltirishdi[10][11] va „iqlim issiq boʻlgan sari dunyo boʻylab yomgʻirlar ancha jadallashib borayotganini“ taʼkidlashdi. Hududda soʻnggi yillarda kuzatilayotgan issiq ob-havo va siklonlar, harorat va namlik darajasining oshganligi tufayli tadqiqotchilar Fors koʻrfazini suv bosish xavfi oshganligini taʼkidlamoqdalar[12][13].
Taʼsiri
tahrirUmmon
tahrirUmmondagi suv toshqinlari oqibatida kamida 19 kishi halok boʻldi[14]. Ular orasida mashina haydovchisi va oʻsha vaqtda mashinada boʻlgan 10 nafar maktab oʻquvchilari ham bor edi. Ushbu voqealar 14-aprel kuni Samad al-Shan hududida sodir boʻlgan[15][16]. Saham shaharchasidan bir qizning jasadini topdilar[17]. Eng ogʻir zarar koʻrgan hudud Ash Sharqiyah hududida boʻlib, u yerda keng miqyosda suv toshqinlari qayd etilgan. Muscat xalqaro aeroportidagi baʼzi parvozlar bekor qilingan yoki kechiktirilgan[13].
Birlashgan Arab Amirliklari
tahrirBAAda yomgʻirlar 2024-yil 15-aprel kuni kechasi boshlanib, 16-aprel kuni kuchaygan[7] va 17-aprel kuni yakunlangan[18]. BAAda 24 soat ichida rekord darajada yomgʻir yogʻdi va bu 1949-yildan shu davrgacha boʻlgan eng kuchli yomgʻir boʻldi. Milliy meteorologiya markazi xabarlariga koʻra, Al Ain shahridagi Khatm Al Shakla hududida yomgʻir 24 soatdan kam vaqt ichida 254,8 mmgacha yetdi[19][20]. Suv toshqinlari barcha yetti amirlikda ham qayd etilgan. Toshqinlardan oldin BAAning baʼzi qismlarida 40 mm (1.6 in) dan 100 mm (3.9 in) mm ga qadar yomgʻir yogʻishi taxmin qilingan edi[21].
Amirlikning 70 yoshli fuqarosi mashinasining Ras Al Khaimah vodiysida suv toshqinida oqib ketishi natijasida vafot etadi[22] . Uch nafar filippinlik ishchi suv bosgan mashina ichida tuzoqqa tushib qolib vafot etgan[23][24].
Ras Al Khaimah va Al Ain hududlarida zilzila qayd etildi[20]. Aholi uyda qolishi va zarur boʻlmagan hollarda mashina haydamasligi belgilandi. Butun mamlakatda maktablar va xususiy sektor haftaning qolgan kunlarida masofaviy ishlashga oʻtdi[25][20].
AFC Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi Al Ain va Al Hilol oʻrtasidagi yarim final oʻyini shaharda kuzatilgan suv toshqini sababli bir kunga qoldirildi[26].
Yomgʻir yogʻganidan besh kun oʻtib, Sharja shahri aholisining katta qismi sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq muammolarga duch keldi. Kasallar soni keskin oshib ketdi, bu esa tez tibbiy yordamga boʻlgan talabni oshirib yubordi[27][28].
Bahrayn
tahrir15– va 16-aprel kunlari kuchli yomgʻir va momaqaldiroq yuz berdi. Buning oqibatida kuchli suv toshqinlari kuzatildi va bu koʻchalarda son-sanoqsiz mashinalarning tashlab ketilishiga olib keldi[29]. Bahrayn meteorologiya boshqarmasi bayonotiga koʻra, 48 soat davomida oʻrtacha 67,6 mm (2,66 in) yomgʻir yogʻdi, bu esa Bahrayn tarixida ikkinchi eng yuqori koʻrsatkich boʻldi[30]. Bahrayn Ichki ishlar vazirligi aholini jamoat xavfsizligini saqlash maqsadida uylarida qolishga chaqirdi[31]. Taʼlim vazirligi suv toshqinlari natijasida maktablar va oliy taʼlim muassasalari yopilishini eʼlon qildi[29]. Shamol tezligi oʻsha kunlari 70 km/soat koʻrsatkichga yetdi[32]. Sitra shahridagi supermarketning tomi kuchli yomgʻirlar sababli qulab tushdi[33].
Qatar
tahrirMamlakatning shimoliy qismlarida, Madinat ash Shamal va Ar-Ruʼays shaharlarida kuchli yomgʻir yogʻishi va shamollar kuzatildi. Dohada ham kuchli suv toshqinlari yuz berdi. Oʻquv yurtlari va jamoat binolari ob-havo yomonligi tufayli yopildi va xizmatlar koʻrsatish onlayn tartibga oʻtkazildi[34][35][34].
Eron
tahrirJanubi-Sharqiy Eronda ham kuchli yomgʻir va suv toshqinlari kuzatildi. Siston va Balujiston, Hoʻrmozgan va Kirmon ustonlari eng katta talofatga uchradi, Sistan va Balujistonda sakkiz kishi oʻlgan va Kirmon ustonida uch kishi yoʻqolgan deb xabar qilingan[3][36][37].
Quvayt
tahrirQuvayt meteorologiya agentligi 16-aprel kuni kuchli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan edi[31].
Yaman
tahrir17-aprel kuni Yamanning Hadhramaut guberniyasida kuchli suv toshqinlari yuz berdi. Mukalla portiga yaqin joylashgan togʻlarda kuzatilgan kuchli yomgʻirlar yer siljishining ehtimolini oshirgan[38].
Afgʻoniston va Pokiston
tahrir2024-yilda Fors koʻrfazida kuzatilgan suv toshqinlari Pokiston va Afgʻonistonga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Ushbu tabiiy ofat tufayli 700 kishi vafot etdi[39].
Koʻrilgan chora-tadbirlar
tahrir17-aprel kuni Bahrayn shahzodasi va Bosh vaziri Salman bin Hamad Al Xalifa aholi uchun suv toshqini bilan bogʻliq zararlarni baholash va kompensatsiyalash rejalarini eʼlon qildi[40]. Kuchli yomgʻirlar kuzatilgan davrda mamlakatni suvdan tozalash va uni Al-Luzi koʻliga yoʻnaltirish ishlarni muvofiqlashtirish uchun mamlakat boʻylab favqulodda vaziyatlar boʻyicha qoʻshma guruh tashkil etildi[29].
Ummon qirollik politsiyasi suv toshqinlari davrida 152 ta operatsiyani amalga oshirdi va mamlakat boʻylab suv bosgan hududlardan 1630 kishini qutqardi[41].
Birlashgan Arab Amirliklari
tahrir17-aprel kuni BAA Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al Nahayan zararni baholash va zarar koʻrgan oilalarga yordam berish rejalarini eʼlon qildi[42]. Bundan tashqari, u mamlakat infratuzilmasini oʻrganishni buyurdi[43]. 18-aprel kuni Hamdan bin Muhammad Al Maktoum kelajakdagi tabiiy inqirozlarga tayyorgarlik koʻrish uchun uchrashuv oʻtkazdi. 21-aprel kuni u Dubay hukumat xodimlari uchun ish haqining muddatidan oldin toʻlovini berishni buyurdi[44][45]. Ishlab chiqaruvchilar Nakheel, Emaar, Dubai Holding, Union Properties va Dubai Investments Park tabiiy ofat qurboni boʻlgan aholi uchun alternativ uy-joy kabi bepul xizmatlarni taklif qilishni boshladilar[46].
17-aprelga kelib Milliy gvardiya qidiruv va qutqaruv markazi 71 ta qidiruv va 65 ta tibbiy evakuatsiya bilan bogʻliq 136 ta operatsiyani amalga oshirgan[47].
Munosabatlar
tahrirIslom hamkorlik tashkiloti (OIC) Bosh kotibi Hissein Brahim Taha suv toshqini qurbonlariga oʻz hamdardligini bildirdi[48].
Bulutlarni yetishtirish haqidagi ayblovlar
tahrirToshqinlardan soʻng OAVda meteorolog Ahmed Habibning kuchli yomgʻirlarning BAA bulutlarni yetishtirish dasturi bilan bogʻliqiligi haqida gapirib oʻtdi[49]. Quruq choʻl iqlimi va yuqori harorat tufayli Birlashgan Arab Amirliklarida suv yetishmovchiligiga qarshi kurashish uchun bulutlarni yetishtirish ilgari ham ishlatilgan[50].
Reading universiteti olimlari Birlashgan Arab Amirliklarida qoʻllaniladigan Bulutlarni yetishtirish dasturi kuchli toshqinlar keltirib chiqarishini rad etishdi, chunki bu usul oldindan bashorat qilinganligini va bulutlarni yetishtirish taʼsiri odatda qisqa muddatli, bir necha soat davom etishini taʼkidlashdi[9].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Singh, Marisha „Unusual weather system brings rain to Saudi Arabia, Bahrain“ (en-US) (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „Heavy Rain and Floods Kill 19 in Oman and Disrupt Dubai Airport“ (en-US). The New York Times (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „Flood Kills 8, Damages Infrastructure in Iran's Sistan-Baluchestan | Iran International“. 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ „Heavy precipitation hitting vulnerable communities in the UAE and Oman becoming an increasing threat as the climate warms“ (en-GB). World Weather Attribution (2024-yil 25-aprel). 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-may.
- ↑ „Fierce storm lashes UAE as Dubai diverts flights“ (en-GB). BBC News (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ Ahmar, Abir „Parched UAE turns to science to squeeze more rainfall from clouds“. Reuters (2022-yil 30-avgust). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ 7,0 7,1 McCabe, Kirsty. „Dubai floods and cloud seeding“. Royal Meteorological Society (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ Seth, Borenstein; Peterson, Brittany „Here's why experts don't think cloud seeding played a role in Dubai's downpour“ (en). Associated Press (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ 9,0 9,1 Knapton, Sarah. „Reading University denies causing flooding in Dubai“ (en-GB). The Telegraph (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ Katwala, Amit. „No, Dubai's Floods Weren't Caused by Cloud Seeding“. Wired (ingliz (Amerika)). ISSN 1059-1028. 17 April 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18 April 2024.
- ↑ Mulhern, Owen „Sea Level Rise Projection Map – The Persian Gulf“. Earth.org (2020-yil 17-sentyabr). 2023-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ Wintour, Patrick. „'Apocalypse soon': reluctant Middle East forced to open eyes to climate crisis“ (en-GB). The Guardian (2021-yil 29-oktyabr). 2024-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ 13,0 13,1 „Fourth day after disastrous storm, flash floods – Oman and UAE grapple with aftermath“ (en-US). Maktoob media (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „Dubai airport chaos as UAE and Oman reel from deadly storms“. BBC News (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Fierce storm lashes United Arab Emirates as Dubai diverts flights“ (en-GB) (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ al Dhafri, Badr „The tragedy which took the lives of 10 students“ (en). Oman Observer (2024-yil 15-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „Dubai airport chaos as UAE and Oman reel from deadly storms“ (en-GB) (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ Mair, Findlay. „UAE confirms the end of worst ever storm“. TimeOut UAE (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ „UAE witnesses record-breaking rains, highest in 75 years“ (en). Khaleej Times. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 „Dubai flights: All arrivals diverted away from airport amid floods and rain in UAE“ (en). The National (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Weather tracker: Gulf braced for thunderstorms“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 15-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „UAE citizen dies after being swept away by flooded wadi amid heavy rains“ (en). Khaleej Times (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „3 OFWs died in UAE floods, DMW says“. ABS-CBN. 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „1 sa 3 OFW na nasawi sa Dubai, UAE noong kasagsagan ng ulan at baha, nahulog sa sinkhole“ (fil). GMA News. 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „Dubai announces extension of remote work, learning for second day amid unstable weather“ (en). Khaleej Times. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „UAE witnesses largest amount of rainfall in 75 years“. Al Arabiya English (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ Farooqui, Mazhar „UAE floods: Sewage-contaminated waters add to the stress of some Sharjah residents“ (en). Khaleej Times. 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ Farooqui, Mazhar „UAE floods: Hospitals, clinics offer free services amid reports of illness“ (en). Khaleej Times. 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 „Residents struggle to cope with severe flooding amidst heavy rainfall“. www.newsofbahrain.com. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ Adnan, Nader. „Second Heaviest Downpour“. Gulf Daily News. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ 31,0 31,1 Farag, Mona „Heavy rain and flash flood warnings sweep the Gulf, with Oman bearing brunt of wet weather“ (en). The National (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Bahrain braces for heavy rain and thunderstorms today“ (en). www.zawya.com. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Heavy rains kill 18 in Oman as flash floods lash UAE“ (en). Al Jazeera. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ 34,0 34,1 Varghese, Joseph „Qatar experiences moderate to heavy rains, strong winds“ (en). Gulf Times (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ Salari, Fatemeh „Qatar announces closure of schools, public bodies over severe weather conditions“ (en-US). Doha News (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Iranians told to watch out for loose crocodiles as flooding hits country's southeast“. CNN (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
- ↑ „Heavy downpour and flash floods hit southeast Iran“ (en). Mehr News Agency (2024-yil 17-aprel). Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „Death reported in Yemen as weather continues to worsen“ (en). www.albawaba.com. 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „Weather tracker: rains bring deadly flash floods to Afghanistan and Pakistan“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 14-iyun.
- ↑ „THE BIG SPLASH: HRH Prince Salman orders compensation for rain-affected“. Gulf Daily News (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Over 1,600 Individuals Rescued in Oman After Flash Floods“ (en). Oman Moments. 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ „Dubai faces massive clean up after deluge swamps glitzy desert city“. Reuters (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „President orders infrastructure study as UAE tackles rain aftermath“ (en). Khaleej Times (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „UAE storm: Dubai officials meet to discuss future crisis plans“ (en-US). Time Out Dubai (2024-yil 18-aprel). 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „Dubai floods: Sheikh Hamdan orders early payment of salaries for govt employees“ (en). Khaleej Times (2024-yil 21-aprel). 2024-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „Dubai: Free services offered by major developers as residents grapple with after-effects of floods“ (en). Khaleej Times (2024-yil 20-aprel). 2024-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „UAE rains: 136 search-and-rescue operations conducted in 24 hours“ (en). Khaleej Times (2024-yil 17-aprel). 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
- ↑ „OIC Secretary General Offers Condolences To Oman Over Flood Victims“ (en). UrduPoint. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
- ↑ „Dubai Grinds to Standstill as Cloud Seeding Worsens Flooding“ (en). Bloomberg.com (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
- ↑ Vlamis, Kelsey „Photos of torrential Dubai flash floods show the downsides of trying to control the weather“ (en-US). Business Insider. 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.