Fort-Shevchenko (Tupqarag'an tumani)

Fort-Shevchenko — shahar, Mang'istau viloyati Tupqaragʻan tumanining maʼmuriy markazi. Kaspiy dengizining sharqiy sohilida, viloyat markazi Aqtau shahridan shimoli-gʻarbga tomon 130 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 5,228 kishi (2013).

Fort-Shevchenko
qoz. Форт-Шевченко
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
44°31′0″N 50°16′0″E / 44.51667°N 50.26667°E / 44.51667; 50.26667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Mang'istau viloyati
{{{tuman_turi}}} Tupqaragʻan tumani
Hukumat
Asos solingan 1846
Avvalgi nomlari Novopetrovskoe ukreplenie,
Fort-Aleksandrovskiy,
fort Uritskiy
Qachondan beri shahar 1899
Maydon 545 km2 (210 kv mi)
Aholisi
 (2013)
5,228[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 72938[2]
Pochta indeks(lar)i 130500[3]
Avtomobil kodi R, 12
Fort-Shevchenko qoz. Форт-Шевченко xaritada
Fort-Shevchenko qoz. Форт-Шевченко
Fort-Shevchenko
qoz. Форт-Шевченко

Tarixi

tahrir

Oʻrta asrlarda bu yerda dengiz porti — Ketikqala shaharchasi joylashgan. Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻini egallash maqsadida 1716-yili Rossiya imperiyasi Petr I-ning farmoniga binoan A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya shu yerda dastlabki „Avliyo Petr“ rus qamalining poydevorini quradi. 1846-yil shtabs-kapitan M.I. Ivaninning boshchiligi bilan Novo-Petrovsk qamali qad rostladi. 1857-yildan qamal atrofida paydo boʻlgan shahr Fort-Aleksandrovsk, kengash hukumatining dastlabki yillarida Fort-Uritskiy, 1939-yildan boshlab hozirgi nomi bilan ataladi. Shaharning chekka qismida Qoʻrgʻantas togʻida vayrona boʻlgan qamalning qoldiqlari saqlangan. 1882-yil Fort-Aleksandrovsk Mangʻistau uezining markazi boʻlib, 1896-yili unga shahar mavqei berildi. 1850 — 1857 yillari bu shaharga ukrainlarning buyuk shoiri T.G. Shevchenko badargʻa qilindi. 1932-yili Shevchenkoning memorial muzeyi ochildi. 1928-yil Fort-Shevchenkoga shahar maqomi berildi. 1938 — 1963 yillar Shevchenko tumanning markazi, 1992-2001 yillar viloyat ahamiyatiga ega shahar boʻldi. 1992-yil yangidan tashkil topgan Tupqaragʻan tumanining markazi, tuman ahamiyatiga ega shahar.

Ijtimoiy soha

tahrir

Chet ellarning neft-gaz kompaniyalari bazasi shu shaharda joylashgan. 2006-yil shaharning 160 yillik yubileyi nishonlandi. Shaharda bosmaxona, tuman aloqa boʻlimi, 2 maktab, 4 bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, 2 kutubxona, 3 muzey, mehmonxona, avtomat telefon stansiya, tuman kasalxonasi va shifoxona, dorixona, sanepidemiologiya stansiya faoliyat yuritadi.[4]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir