Fortuert
Fortuert — AQSH janubidagi shahar. Dallas shahridan 60 km gʻarbda, Texas shtatida. Aholisi 534,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi rayonining muhim savdomoliya markazi. Mashinasozlikning yirik markazi. Aviatsiya, avtomobilsozlik, radioelektronika sanoati korxonalari bor. Neft sanoati uchun jihozlar, muzlatkichlar, tibbiyot asbobuskunalari ishlab chiqariladi. Metallsozlik, oziq-ovqat, kimyofarmatsevtika, polifafiya sanoati korxonalari ishlab turibdi. Universitet bor. Shaharga 1849-yilda asos solingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |