Fosfatli ozuqalar
Fosfatli ozuqalar - tarkibida fosfor va kaltsiy boʻlgan va mollarga beriladigan mineral ozuqa. Sanoatda chorvachilik uchun ozuqa sifatida ftorsizlangan fosfat (35% gacha Sa, 17% R), trikaltsiy fosfat (kamida 32%Sa, 14%R), dikaltsiy fosfat yoki ozuqa pretsipitat (kamida 16,6% Sa, 16,6% R), suyak uni (kamida 28,6% Sa, 13,4% R) va suyak kuli (ratsionda fosfor va Sa yetishmaganda foydalaniladi), diammoniy fosfat (8,6%R, 13,1% N; ratsionda fosfor yetishmaganda va kaltsiy ortiqcha boʻlganda qoʻllanadi) ishlab chiqariladi.
Ratsionda Fosfatli ozuqalar miqdori mollarning yoshi, vazni va mahsuldorligiga qarab belgilanadi. Mas, bir sutkada qoramollarga 50—200 g , tana va novvoslarga 20—100 g pretsepitat, trikaltsiy fosfatdan tegishlicha 50—75 va 25—100 g berish mumkin. Fosfatli ozuqalar aralash yem, silos, turup, maydalangan ildizmevalarga qoʻshib beriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |