Fosfidlar
Fosfidlar — fosforning metallar, shuningdek, fosforga nisbatan elektr musbat metallmaslar (V, Si, As va boshqalar) bilan boʻlgan birikmalari. Ishqrriy va ishqoriyer metallarning F.i suvda va suyultirilgan kislotalarda parchalanib fosfin ajratib chiqaradi. Ishqoriyer metallarning va mis guruhchasidagi metallarning Fosfidlar issiqqa chidamsiz; bu xil F. tarkibida nisbatan koʻproq fosfor tutganda yarimoʻtkazgich xossaga ega boʻladi. Oraliq metallar, lantanoid va aktinoidlar F.i kimyoviy barkaror, suv va suyultirilgan kislotalarda parchalanmaydi.
F. elementlardan 600—1200° da vakuum ostida sintezlash natijasida yoki inert gazlar atmosferada hosil boʻladi; fosfinga metallar va metallmaslar yoki ularning oksidlarini taʼsir ettirib olinadi va hokazo. Galliy Ga, indiy In va boshqa metallarning F.i yarimoʻtkazgichlar, pyx F.i kemiruvchilarga qarshi zaharli dori sifatida qoʻllanadi. F. baʼzi rangli metallar krtishmalarining antifriksion xossalarini yaxshilash maqsadida ularning tarkibiga qoʻshiladi. Pirotexnikada signal vositasi sifatida ishlatiladi. FOSFIN, RN, — fosforning vodorod bilan birikmasi; sasigan baliq hidi keladigan rangsiz gaz; zichligi 1,55 g/l, suyuqlanishi temperaturasi — 133°, qaynash temperaturasi —87,8°. Qizdirilganda fosfor bilan vodorodga parchalanadi. Kimyoviy xossasi jihatidan ammiakka oʻxshaydi. Kuchli qaytaruvchi. 100° dan yuqori haroratda havoda yonadi. Kaltsiy fosfid Sa,R2 ga xlorid kislota NS1 taʼsir ettirib olinadi. Juda zaharli.
Oʻz oʻzidan alangalanadigan suyuq F. deb ataladigan difosfin R2N4 ning qaynash temperaturasi 65°, —99° da qotadi. Kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Uzoq vaqt saqlansa, oʻzidan astasekin RN3 chiqarib, sariq rangli qattiq F.— R]2N6 ga aylanadi. Qattiq F. suvda va organik erituvchilarda erimaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |