Fosfor
fosfor(P) | |
---|---|
Atom raqami | 15 |
Koʻrinishi | Oq fosfor- oq, mumsimon |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
30.973762 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 128 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
1011.2(10.48) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Ne] 3s2 3p3 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 106 pm |
Ion radiusi | 35 (+5e) 212 (-3e) pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
2.19 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 5, 3, -3 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | YEбелый фосфор)1.82 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.757 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | (0.236) Vt/(m·K) |
Erish harorati | 317.3 K |
Erish issiqligi | 2.51 kJ/mol |
Qaynash harorati | 553 K |
Qaynash issiqligi | 49.8 kJ/mol |
Molyar hajm | 17.0 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik |
Panjara davri | 7.170 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | n/a K |
15 | Fosfor
|
P | |
3s23p3 |
Fosfor (yunoncha: phosphoros — yorugʻlik tashuvchi, phos — yorugʻlik va phoro — tashiyman, lotincha: Phosphorus), P — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom massasi 30,97376. Fosforning 1 ta izotopi — 31P bor. 6 ta sunʼiy radioaktiv izotopi: 2SP, 29P. 30P, 32P, 33P, 34P olingan. Uning 32R (T1/2= 14,22 kun) izotopi nishonli atom sifatida keng qoʻllanadi.
Fosforni 12-asrda arab alkimyogari fosfor Bexil (Bashir) siydikdan ajratib olgan. Gamburglik alkimyogar X;Brand siydikni bugʻlatishdan hosil boʻlgan qoldiqni koʻmir ishtirokida quruq xaydash bilan oq fosfor olgan (1669). Fosforni ilk bor Lavuazye kimyoviy element deb atagan. Fosfor Sheyele 1771-yilda fosforni suyak kulidan olgan.
Fosfor Yer poʻstining massa jihatdan 8102 % ini tashkil qiladi. Fosfor faol element, tabiatda fosforitlar va apatitlar tarkibida uchraydi. Fosforning 3 ta allotropik shakl oʻzgarishi: oq, qizil va qora fosfor maʼlum. Oq fosfor P4 tarkibli tetraedr shakldagi molekulalar hosil qiladi. Uning suyuqlanish temperaturasi 44°, zichligi 1,83 g/sm3, qaynash temperaturasi 281°; u suvda, spirtda oz, uglerod (1U)sulfid, benzol, efir, skipidar va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Oq fosfor kimyoviy reaksiyalarga yaxshi kirishadi. 50° da havoda oʻzoʻzidan alangalanadi. Qizdirilganda hatto platina bilan ham birikadi. Juda zaharli, 0,1 grami odamni oʻldiradi. Oq fosfor suvda saqlanadi. U berk idishda 260° gacha qizdirilganda qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor (qora fosfor ham) yuqori polimer modda. Suyuqlanish temperaturasi 590°, zichligi 2,3 g/sm3, Qizil fosfor qizdirilganda suyuqlanmasdan bugʻlanib ketadi, uglerod (1U)sulfidda erimaydi: havoda 260° da alangalanadi, zaharli emas. Qora fosforning tuzilishi va koʻrinishi grafitga oʻxshaydi (qarang Uglerod). Fosforning eng barqaror shaklidir. Zichligi 2,7 g/sm3, 490° da alangalanadi. Uglerod (1U)sulfidda erimaydi; elektr tokini oʻtkazadi (oq fosfor va qizil fosfor elektr tokini oʻtkazmaydi). Qora fosfor oq fosforga yuqori bosim taʼsir ettirish yoki uni 270° da uzoq, qizdirish natijasida hosil boʻladi.
Fosfor faol metallmaslar jumlasiga kiradi. Uning oksidlanish darajalari +5, +3, +1,0 va —3 ga teng . Yuqori temperaturada (1000° dan yuqorida) fosfor bugʻlari, asosan, P2 molekulalaridan iborat. Quyi temperaturada fosfor bugʻlari tetraedr shaklidagi P4 molekulalaridan tuzilgan. Fosforning —3 oksidlanish darajadagi birikmasi PN3 — juda zaxarli gaz. Fosforning +3 ga muvofiq oksidi P4O6 tarkibli dimer molekulalardan, +5 ga muvofiq oksidi P4O|0 molekulalardan tuzilgan. Fosforning bu oksidlariga muvofiq keladigan kislotalari H,PO3 — ortofosfit kislota, HPO2 — metafosfit kislota, H3PO4 — ortofosfat kislota, HPO3 — metafosfat kislota, H4P2O7 — pirofosfat kislota. Ortofosfat kislota kuchi oʻrtacha kislotalar jumlasiga kiradi, u 3 asosli.
Apatitlar ortofosfat kislotaning kaltsiyli tuzidir.
Apatit va fosforitlar fosfor olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ularni elektr pechda 1400—1600° da koks bilan qaytarib erkii fosfor hosil qilinadi. Kaltsiy oksidni shlakka oʻtkazish uchun SiO2 koʻshiladi. Hosil boʻlgan fosfor bugʻlari suvda oq fosfor shaklida kondensatlanadi.
Fosfor harbiy maqsadlarda, gugurt sanoatida, metallurgiyada, fosforli bronzalar hosil qilishda qoʻllanadi. Ishlab chiqariladigan fosforning asosiy qismi termik fosfat kislota va fosforli oʻgʻitlar tayyorlash uchun ketadi. Texnik fosforning deyarli yarmi sintetik yuvuvchi vositalar tayyorlash uchun sarflanadi. Fosfor (U)oksid R4O|0 qurituvchi vosita sifatida, metilmetakrilat smolalar olishda kullanadi. Fosfor sulfidlari flotatsion vositalar, antikorrozion qoʻshimchalar, fosfororganik birikmalar sintezida ishlatiladi.
Fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol oʻynaydi. Fosfor mono, diva trifosfat guruhlar —H2PO3, H3P2 O7 va H4P3 Oyu tarzida fermentlarning faol guruhlari tarkibiga kiradi. Biologik sistemalarda (xujayralar mitoxondriyalarida) adenozintrifosfat kislota (ATF) mavjud boʻlib, u organizmga energiya zaxirasini berib turadi, chunki ATF gidrolizga uchraganda adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfatlar qosil boʻlib, bu jarayon energiya ajralib chiqishi bilan sodir boʻladi. Organizm hujayralarida elektronlar ozuqa moddalardan havo kislorodiga koʻchadi. Bu jarayon vaqtida ADF va fosfatlardan ATF hosil boʻladi. Suyakda fosfor gidroksid apatit ZSa(PO4)2Sa(ON) va karbonat apatit ZSa(PO4)2SaSO3N2O shaklida mavjud. Oʻsimliklar fosforni tuproqdan fosfatlar holida oʻzlashtiradi. Oʻsimlik va hayvon organizmlarida fosfor turli organik modsalar hosil qiladi.
Adabiyotlar
tahrir- Parpiyev fosforfosfor, Rahimov fosforfosfor, Muftaxov fosforfosfor, Anorganik kimyo, fosfor, 2003; Kasimova fosforS, Biogennie elementi, fosfor, 1990.