Fosforli oʻgʻitlar
Fosforli oʻgʻitlar - tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziqlanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. F.oʻ. tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan F.oʻ. tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim F.oʻ. esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. F.oʻ. sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi (1842-yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab F.oʻ. ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F.oʻ. Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) F.oʻ.; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4R2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllanadi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F.oʻ. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. F.oʻ.ni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq.
Adabiyot
tahrir- Nabiyev M.A., Azotnokislotnaya pererabotka fosfatov, t., 1, T., 1976.
Risqiboy Yoqubov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |