Fotimiylar xalifaligi, Fotimiylar davlati (909—1171) — Shimoliy Afrikada fotimiylar sulolasi boshqargan harbiyteokratik davlat. Ifriqiya (Tunis)da ismoiliylar harakati natijasida tugatilgan aglabiylar davlati oʻrniga tuzilgan.

910 yilda Rakkad shahrida ismoiliylardan boʻlgan imom Ubaydulla xalifa va maxdiy deb eʼlon qilingan. 10-asr oʻrtalariga kelib buyuk ismoiliylar davlatini tuzishga intilayotgan fotimiylar butun Shimoliy Afrikani va Sitsiliyani oʻzlariga boʻysundirib oldi. Oʻrta dengizda esa ularning floti yagona xukmron kuchga aylandi. 969 yilda fotimiylar qoʻshini Misrni bosib olgan, lashkarboshi Javhar Fustat yaqinida Qohira shahriga asos solgan. Bu shahar 973 yilda ularning poytaxti boʻlib qolgan. 10-asr oxirida Fotimiylar xalifaligiga Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Suriya (Falastin bn), Gʻarbiy Arabiston (Hijoz, Yaman) kirgan. Fotimiylar markazlashgan harbiyteokratik davlat qurganlar. Hokimiyat meros sifatida tor doiradagi hukmron sinflarga oʻtar edi. Gʻayridinlar boʻlmish xristianlar va yahudiylarga nisbatan, asosan, bagʻrikenglik siyosati olib borilgan. Xoʻjalikning asosiy rivojlangan soxalari — dehqonchilik, mevachilik, sabzavotchilik va xunarmandchilik edi. 11 a.ga qadar yerning davlat tasarrufiga utkazish kuchaya borgan. Muiz davrida (953—975) yerdan xiroj soligʻi olish qattiq nazorat qilingan. Hunarmandchiliqda qullarning mehnatidan foydalanishgan. Aleksandriya, Dametta, Tinnis shaharlarida toʻqimachilik korxonalari mavjud boʻlgan. Teri, shisha, metall, sopol, qogʻoz va pergament mahsulotlarini ishlab chiqarish ham ravnaqtopgan. Fotimiylar xalifaligi Hindiston, Vizantiya, Italiyaning Amalori, Venetsiya, Genuya, Piza shaharlari bilan muntazam savdo aloqalariga ega boʻlgan. Fotimiylar xalifaligining tilla tangasi oʻzining oliy sifati bilan ajralib turgan. Fotimiylar xalifaligi tomonidan Misr zabt etilganidan soʻng armiya mahalliy qullarning hisobiga yanada kuchaya borgan, natijada mustahkam siyosiy kuch shakllangan. 10—11-asrlarda Fotimiylar xalifaligining maʼnaviy va maʼrifiy hayotida yuksalish davri koʻzga tashlanadi. Ilmfanning koʻpgina tarmoqlari, riyoziyot, handasa, mantiq, falsafa, falakiyot, geom., adabiyot, arab grammatikasi, geogr., tibbiyot, kimyo, fizika, biologiya, noshirlik, islomshunoslik, hadisshunoslik, dinshunoslik va tarjimonlikda sezilarli yutuqlarga erishilgan. 11-asr boshida Qohirada "Dor ulHikma" ("Bilimlar uyi") shakllangan. thumb 11-asr oʻrtalarida Misrda mislsiz qurgʻoqchilik tufayli yuzaga kelgan ochlik va epidemiya koʻp zarar yetkazgan. Armiyada esa, turklar va sudanliklar oʻrtasida ziddiyatlar kuchayib ketgan. Xalifa Muntasir vaziyatni boshqara olmay hokimiyatni harbiy sarkarda Badr al Jamaliyga topshirgan va uni vazir etib tayinlagan. Boshboshdoqliklar va ziddiyatlar Fotimiylar xalifaligining barcha ijtimoiy qatlamlariga kirib borgan. Vazirlarning mavqei osha borgan. Muntasir (1094) va Amir (PZO)ning vafotidan soʻng, mustamlaka xalklarning kurashi avj olgan, bu omillar Fotimiylar xalifaligining parchalanishiga olib kelgan. 1048-yilda Shimoliy Afrika Fotimiylar xalifaligidan ajralib chiqqan. 1071-yilda Sitsiliya normannlar tomonidan bosib olingan. Misrdan salibchilar siqib chiqarilgan, natijada 1169-yilda Fotimiylar xalifaligining vaziri etib harbiy capkarda Salohiddin tayinlangan. U oxirgi fotimiylar xalifasi Adidni agʻdarib, hokimiyat toʻntarishini amalga oshirgan (1171). Misrda ayyubiylar sulolasining hukmronligi oʻrnatilgan.