Fotodavriylik — oʻsimliklar va hayvonlarda kecha-kunduzning yorugʻ (kun uzunligi) va qorongʻi (tun uzunligi) davrlari nisbatlariga, ularning uzun-qisqaligiga javob reaksiyasi; oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi jarayonlari oʻzgarishlarida namoyon boʻladi. F. ekologik omil sifatida turning yashash imkoniyatini belgilaydi. Ontogenezning tashqi sharoitlardagi mavsumiy oʻzgarishlariga moslashishi bilan bogʻliq holda evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan. Kun uzunligi oʻsimliklarda yilning davri(mavsum) koʻrsatkichi va gullashga oʻtish yoki noqulay mavsumga tayyorgarlik uchun tashqi signal boʻlib xizmat qiladi. Oʻsimlikning fotodavrga reaksiyasini barglardagi maxsus pigment — fotoxrom (F730) nazorat qiladi. F. oʻsimliklarning gullash jarayonida yorqin koʻrinadi. Yorugʻlik va qorongʻulikdan taʼsirlanish tarzida oʻsimlik bargida gullashga ragʻbat beradigan gormonlar kompleksi xreil boʻladi. Gullashni uygʻotadigan, yaʼni fotodavr boʻyicha oʻsimliklar uzun kun oʻsimliklari (boshokli galla ekinlari), qisqa kun oʻsimliklari (gʻoʻza, sholi, tariq, nasha, soya va boshqalar) hamda betaraf (neytral) oʻsimliklar (marjumak, noʻxat va boshqalar)ga boʻlinadi. Uzun kun oʻsimliklari, asosan, moʻʼtadil va qutb atrofi kengliklarida, qisqa kunliklari — subtropiklarga yaqin kengliklarda tarqalgan. F. oʻsimlikdagi boshqa morfologik (tuganaklar, piyozlar, ildizmevalar, poyalar paydo boʻlishi) va fiziologik (oʻsish jadalligi va shakli va tinim davri, xazonrezgilikning boshlanishi va boshqalar) jarayonlarga ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻsimlik turlari u yoki bu fotodavriy guruhlarga mansubligi boʻyicha, navlar va liniyalar esa F. reaksiyasining yuzaga chiqishi darajasi boʻyicha farklanadi. Bu hol navlarni rnlashtirishda, shuningdek, yorugʻlikda oʻstirish va oʻsimliklarni himoyalangan yerlarda oʻstirishda hisobga olinadi. Hayvonlarda F. kuyikish davri muddatlari, kuzgi va bahorgi tullash, kishki uyquga ketish, tuxum qoʻyish va boshqalarga taʼsir koʻrsatadi, genetik jihatdan biologik ritmlar bilan bogʻliq. F. reaksiyasidan foydalanib qishloq xoʻjaligi hayvonlari rivojlanishini boshqarish mumkin (mas, parrandachilikda kuzqish mavsumida kun uzunligini sunʼiy uzaytirib tuxum qoʻyish davrini choʻzish mumkin).

Adabiyot

tahrir
  • Skripchinskiy V.V., Fotoperiodizm — yego proisxojdeniye i evolyutsiya, L., 1975.

Abdukarim Zikiryoyev.