Giperralizm
(Fotorealizmdan yoʻnaltirildi)
Giperralizm (giper... va realizm), fotorealizm — Amerika va Fapbiy Yevropa rassomlik sanʼatida 20-asrning 60-y.lari oxirida shakllangan oqim. G. badiiy uslubdagi (abstraksionizm rad etgan) hayotiy aniqlikni tiklashga intildi. Bunda fotosurat yoki kinokadr asosida yasama obrazlar yaratish va hokazodan foydalanildi. G. namoyandalari (AQSH da Ch. Klouz, D. Perrish, D. Xanson, D. Eddi, Kanadada A. Kolvill va b.) rassom uslubini deyarli yoʻqqa chiqaruvchi texnik usullarni qoʻllaydi. Voqelikni hissiz, narsa va voqealarni mexanik koʻchirmasini yaratish oʻz navbatida voqelikni gʻayritabiiy tarzda buzib koʻrsatishga olib keldi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |