Eksimer lazeri tibbiyotda, xususan, oftalmologiyada koʻz gavharini tuzatish orqali koʻrish oʻtkirligini normal holatga keltirishda koʻp qoʻllanadi. Bunda shoxpardaning yuqori epitelial qatlami lazer yordamida kesib olib tashlanadi. Bu jarayonni optik linzaning ozgina qismini kesib tashlab, fokus masofasini oʻzgartirishga oʻxshatish mumkin. Bu jarrohlik amaliyoti orqali uzoqdan koʻrarlik yoki koʻz xiralashishi kabi kasalliklar, shuningdek glaukoma va kataraktani davolash mumkin[1].

Ushbu jarrohlik amaliyoti uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin: Fotorefraksion keratektomiya (FRK). Ilk marta 1985-yilda nemis shifokorlari Teo Zeyler va Vollenzek, ulardan keyinroq esa amerikalik xirurg Maguerit Makdonald tomonidan qoʻllangan. Koʻz shoxpardasining ustki qatlami lazer yordamida kesib olib tashlangan. Tiklanish jarayoni 3-4 kun davom etadi. Bemor bu vaqt davomida ogʻriq va noqulaylik his qilishi mumkin. Bu usulga qadar koʻz jarrohligida radial keratektomiya qoʻllangan. Bu usul asoschisi Svyatoslav Fedorov hisoblanadi. Unga koʻra, koʻz shoxpardasining egriligi skalpel yordamida kesib oʻzgartirilgan. FRK asosan quyidagi maqsadlarda qoʻllanadi:

  • yaqindan koʻrarlik (−1 dan — 6 dioptriyagacha);
  • astigmatizm (0,5 dan 3 dioptriyagacha)
  • uzoqdan koʻrarlik (+3 dioptriyagacha)

Lasek. Lazer nuri bilan amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotidan soʻng, maxsus trepan (jarrohlik asbobi) va 20% li spirt eritmasi yordamida koʻz shoxpardasida oʻta yupqa parda hosil qilishga asoslangan. Lazer nuri shoxpardaning eng ichki qatlamlariga taʼsir etadi, bu taʼsir toʻxtatilgandan soʻng ustki qatlamda hosil qilingan yupqa parda maxsus linza yordamida shoxpardaga biriktiriladi.

strong> Lasik. Shoxparda ustki qatlamidan oʻta yupqa qatlamni xuddi kitob varagʻini ochgandek ajratib olinadi[2]. Shundan soʻng lazer yordamida shoxpardadagi anomal sohalar nurlantiriladi va „kitob varagʻi“ yana oʻz holiga qaytarib qoʻyiladi. Bu amaliyotdan soʻng tiklanish juda tez amalga oshadi. Eng asosiysi, bemor noqulaylik va ogʻriq his qilmaydi.

Shuningdek qarang

tahrir

Eksimer lazer

Impulsli lazerlar

Ko'z jarrohligi

Manbalar

tahrir
  1. Walther, C.; Fischer, M.; Scalari, G.; Terazzi, R.; Hoyler, N.; Faist, J. (2007). „Quantum cascade lasers operating from 1.2 to 1.6 THz“. Applied Physics Letters.
  2. https://samarapedsovet.ru/uz/ozhegova/lazery-v-medicine-primenenie-lazerov-v-medicine-i-nauke/