Vikipediyada aniqlashtirish — maʼlum bir maqola sarlavhasi noaniqligi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizoviy holatlarni oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat. Bunda bir maqola mavzusiga qoʻshimcha ravishda shu nomdagi boshqa maqola nomlari eslatma sifatida keltirib oʻtiladi. Misol sifatida Merkuriy kimyoviy elementi, Merkuriy sayyorasi, Rim xudosi kabi maqolalarni koʻrsatish mumkin.

Aniqlashtirishning uchta muhim jihati mavjud:

Maqolalarni shunday nomlash kerakki, ularning har biri oʻziga xos sarlavhaga ega boʻlsin. Masalan, „Merkuriy“ deb ataladigan mavzular bilan bogʻliq uchta maqolaga koʻrsatilgan misollarga mos ravishda nom berish tavsiya etiladi: Merkuriy yoki bu nom band boʻlsa, Merkuriy (sayyora), Merkuriy (element), va Merkuriy (mifologiya). Noaniq atamalar uchun havolalar toʻgʻri maqola sarlavhasiga ishora qilishi lozim. Misol uchun, astronomiya maqolasini yaratgan foydalanuvchi Merkuriyga havola qilgan boʻlishi mumkin va bu Merkuriy (sayyora)ga ishora qilish uchun tuzatilishi kerak . Muayyan atama yordamida mavzuni qidirayotgan oʻquvchi ushbu mavzu boʻyicha maʼlumotni, qaysi mavzu boʻlishidan qatʼi nazar, tez va oson topib olishini taʼminlash. Masalan, „Merkuriy“ sahifasi — bu „Merkuriy“ ning turli maʼnolari roʻyxatini koʻrsatadigan va ularni qamrab oluvchi maqolalarga havolalar beruvchi maqoladan tashqari sahifa (Quyida taʼkidlab oʻtilganidek, noaniq atamalar har doim ham maʼnoli sahifani talab qilevrmaydi). Ushbu sahifada yuqoridagi muammolarni hal qilishning standart usullari muhokama qilinadi. Aniqlash sahifalarining formati haqida batafsil maslahat olish uchun uslublar qoʻllanmasiga qarang.