Foydalanuvchi:Asadbek Bekmirzayev1/Yangi Kaledoniyadagi norozilik namoyishlari (2024)
Yangi Kaledoniyadagi norozilik namoyishlari (2024) | |||
---|---|---|---|
Sana |
13-may 2024-yil – hozir (6 oy, 2 hafta va 4 kun) | ||
Joy | |||
Sababi |
| ||
Usullari | Namoyishlar, tartibsizliklar, oʻt qoʻyish, talon-taroj qilish | ||
Holati | Davom etmoqda | ||
Fuqarolik nizosining tomonlari | |||
| |||
Yetakchilar | |||
Raqamlarda | |||
| |||
Qurbonlar va yoʻqotishlar | |||
Qurbonlar | |||
Oʻlim(lar) | 7[7](shu jumladan, 2 ta politsiyachi) (3 ta nokombatan) | ||
Jarohatlanganlar | 300+ (shu jumladan 115 ta jandarmeriya va politsiya xodimlari) [8] | ||
Qoʻlga olinganlar | 372+ [9] | ||
Zararlanish |
1 milliard yevro iqtisodiy zarar 200 dan ortiq korxona butunlay vayron boʻlgan 400 dan ortiq korxona zarar koʻrgan Oziq-ovqat tarmogʻining 80-90 foizi zarar koʻrgan[10] | ||
Yangi Kaledoniyadagi norozilik namoyishlari – 1998-yilda Noumea kelishuvidan keyin Yangi Kaledoniyaga kelgan muhojirlarga ovoz berish imkonini beruvchi uchun konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng boshlangan namoyish.
15-may kuni Fransiya Yangi Kaledoniyadagi orolda favqulodda holat eʼlon qilgan va tartibni saqlash uchun qoʻshimcha kuchlar kiritgan.
Namoyishlarining boshlanishi
tahrirYangi Kaledoniya – Fransiyaning chet eldagi hududi hisoblanib, Yangi Kaledoniyaning nikel zaxiralari dunyo nikel zaxirasining 10% ini tashkil etadi. Orolning oʻzi nikel rudalarini ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Orolda, asosan, melaneziyalik kanaklarning tub aholisi istiqomat qiladi(aholining 41.7%). Kanaklar, odatda, yevropaliklar va boshqa koʻchmanchilarga qaraganda pastroq ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega hisoblanadi.
1970-yillardan boshlab orolda separatist Kanak Sotsialistik Milliy ozodlik fronti (FLNKS) faoliyat yuritgan. 1984-yilda orolda FLNKS va mustaqillik muxoliflari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan. 1988-yilda ular oʻrtasida yangi shartnoma imzolanmagunga qadar 10 yil davomida mustaqillikni eʼlon qilish masalasida status-kvoni oʻrnatgan Matignon kelishuvi tuzilgan. 1998-yilda Noumea kelishuvi imzolandi, uning shartlariga koʻra, Yangi Kaledoniya avtonomiyaga ega boʻlgan, separatistlar mustaqillik boʻyicha uchta referendum oʻtkazishlariga harakat qilishgan.
Fransiya Konstitutsiyaviy sudi 1999-yilda „Yangi Kaledoniya fuqaroligi“ va cheklangan saylov tushunchasini qabul qilgan. 2007-yilda ushbu cheklov „muzlatilgan“, natijada mahalliy majlislar va Kongressga saylovlarda faqat Yangi Kaledoniya fuqarolari va 1998-yilgacha mamlakatda yashagan muhojirlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan[11].
Yangi Kaledoniya mustaqilligi boʻyicha referendumlar 2018, 2020 va 2021-yillarda boʻlib oʻtdi. Dastlabki ikki referendumda koʻpchilik kichik farq bilan mustaqillik eʼlon qilinishiga qarshi ovoz bergan. Oxirgi referendum COVID-19 pandemiyasi bahonasida mustaqillik tarafdorlari tomonidan eʼtiborga olinmagan.
2020-yilda, ikkinchi referendumdan koʻp oʻtmay, mustaqillik tarafdorlari tashabbusi bilan orolda Goro nikel konining koʻchirilishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan. Namoyishchilar konni Yangi Kaledoniya kompaniyasining mulkiga oʻtkazishni talab qilishgan. 2021-yilgi saylovlarda FLNKS separatistlari Yangi Kaledoniya parlamentida yuqori oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.
2023-yil iyul oyida Ozarbayjon koʻmagida neokolonializmga qarshi kurash boʻyicha Boku tashabbus guruhi tuzildi, uning tarkibiga Fransiyaning qaram hududlari kirgan[12]. 2024-yil aprel oyida Ozarbayjon parlamentida „Yangi Kaledoniya: tarix, zamonaviy muammolar va kutilayotgan kelajak“ konferensiyasi boʻlib oʻtgan, unda Yangi Kaledoniya Kongressi vakillari va ushbu mamlakat siyosatchilari ishtirok etgan[13]. Namoyishlar chogʻida Kanak namoyishchilari Ozarbayjon bayrogʻini bir necha bor koʻtarganlar[14][15].
2023-yil 26-dekabr kuni Fransiya Konseli Noumea kelishuvida mustahkamlangan ovoz berishning amaldagi qoidalari Yangi Kaledoniyada tugʻilgan yoki u yerda yashagan shaxslarni ovoz berish huquqini bekor qilish orqali saylovni umumiyligini va saylov huquqining tengligi tamoyillaridan sezilarli darajada chetga chiqadi, degan xulosaga keldi. Shunday qilib, 2024-yil boshida Fransiya hukumati konstitutsiyaviy qayta koʻrib chiqishni boshladi, bu orolda 10 yildan koʻproq vaqt davomida yashab kelganlar saylovchilarni muzlatib qoʻydi. Shuningdek, Fransiya hukumati 25 000 ga yaqin kishiga 42 000 saylovchlar tarkibiga qoʻshilish imkonini bergan.
Tartibsizlik
tahrirTartibsizliklar 2024-yil 13-may kuni Fransiya parlamentida qonun qabul qilinishi muhokama qilinayotgan paytda boshlangan. Tartibsizliklar paytida supermarketlar va avtosalonlar talon-taroj qilingan. Tartibsizliklar poytaxt Noumea, qoʻshni Dumbea va Le Mont-Dor shaharlariga taʼsir koʻrsatgan. Rasmiylar komendantlik soati joriy qildi va ikki kunga ommaviy yigʻilishlar taqiqlangan. Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninning aytishicha, orolga politsiya kuchlari yuborilmoqda. Ayirmachilar va Fransiya tarkibida qolishni xohlovchilar oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlangan. Uch nafar Kanak namoyishchisi avtomashinadagi otishmada halok boʻldi va pistirmada bir jandarm ham halok boʻldi, 140 nafar namoyishchi hibsga olingan. Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal bunga javoban TikTokdan foydalanishni taqiqlagan[16].
Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin Ozarbayjonni namoyishlarga aralashishda ayblablagan[17]. Ozarbayjon namoyishchilarni qoʻllab-quvvatlaganlik haqidagi har qanday ayblovlarni rad etgan[18]. Oʻz navbatida, Boku tashabbus guruhi oʻz bayonotida kanak xalqining neokolonializmga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlagan[19].
2024-yil 23-may kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yangi Kaledoniyaga kelgan[20]. Aeroportda u FLNKSni yoʻllarni toʻsib qoʻyishni buyurgan. Namoyishchilarga qarshi kurashda 3 mingdan ortiq politsiya zobitlari, jandarmlar, zirhli mashinalar va vertolyotlardan foydalanilgan[21].
Manbalar
tahrir- ↑ „Émeutes en Nouvelle-Calédonie : les inégalités entre les Kanaks et le reste de la population persistent“ [Riots in New Caledonia: inequalities between Kanaks and the rest of the population persist]. franceinfo (2024-yil 17-may). 2024-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ Emmanuel Macron. Nouvelle-Calédonie: les inégalités sociales «nourrissent une part du racisme qui a réémergé», déplore Emmanuel Macron. Le Figaro.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Nouvelle-Calédonie : les gendarmes engagés sur les émeutes“. gendarmerie.interieur.gouv.fr. 2024-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may..
- ↑ 4,0 4,1 Desjardins, Charlotte „Nouvelle-Calédonie : les gendarmes fortement engagés sur les émeutes“ (fr). Gendarmerie Nationale (2024-yil 15-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ Décodeurs, Les. „New Caledonia: Six questions to understand the current crisis“ (en). Le Monde (2024-yil 17-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „REPLAY. Violences en Nouvelle-Calédonie : le bilan humain est passé cinq morts, Gabriel Attal annonce un millier de forces de sécurité supplémentaires en cours de déploiement“ (fr-FR). Nouvelle-Calédonie la 1ère (2024-yil 16-may). 2024-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ Thompson, Yann; Parrot, Clément. „Emeutes en Nouvelle-Calédonie : un homme de 48 ans a été tué par un policier "pris à partie" par "une quinzaine d'individus", annonce le parquet“ (fr). France Info (2024-yil 24-may). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „Émeutes en Nouvelle-Calédonie : trois policiers blessés par balles“. fr.news.yahoo.com. 2024-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
- ↑ „Point de situation sur les graves troubles à l'ordre public en Nouvelle-Calédonie (22/05/2024)“. nouvelle-caledonie.gouv.fr. 2024-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may..
- ↑ „Nouvelle-Calédonie : la chambre de commerce et d'industrie s'attend à un "milliard d'euros" de dégâts“. France Info (2024-yil 21-may).
- ↑ Magick, Samantha „Crisis brewing as France seeks changes to New Caledonia's electoral rolls“ (en-US). Islands Business (2024-yil 31-mart). Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Создана Бакинская инициативная группа против французского колониализма“ (ru). 1news.az. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ „Как Азербайджан оказался причастен к мятежу в Новой Каледонии“ (ru). rbc.ru. Qaraldi: 2024-yil 18-may.
- ↑ „На акции протеста против французского колониализма в Новой Каледонии поднят флаг Азербайджана“ (ru). Информационное Агентство Репорт (2023-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ „На акции у парламента Новой Каледонии вновь поднят флаг Азербайджана - ФОТО - ВИДЕО“ (ru). 1news.az. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ „New Caledonia riots: France declares state of emergency, bans TikTok“ (en). South China Morning Post (2024-yil 16-may). Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Париж обвинил Баку во вмешательстве в Новой Каледонии – DW – 16.05.2024“ (ru). dw.com. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ „Азербайджан отверг обвинения Парижа в причастности к протестам в Новой Каледонии“ (ru). Interfax.ru (2024-yil 16-may). Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ „Бакинская инициативная группа и 14 движений, борющихся за независимость в последних колониях Франции, выступили с заявлением в поддержку Новой Каледонии“ (ru). Apa.az. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
- ↑ „Макрон отправится в Новую Каледонию, где продолжаются беспорядки“. Интерфакс (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ „Франция собирает острова воедино“. КоммерсантЪ (2024-yil 24-may). Qaraldi: 2024-yil 24-may.