Bahor yomg`iri
Mana yana fasllarning kelinchagi bahor ham kirib keldi. Bahor kirib kelishi bilan atrof-muhitda har xil tabiat hodisalari ro'y beradi. Qishdan qolgan qorlar erib yog'ingarchilik ko'payadi. Ba'zi hududlarda sellar yog'ish xavfi ham ortadi. Momaqaldiroq va chaqmoq chaqishi ham qolgan fasllarga qaraganda bahorda ko'proq ro‘y beradi. Daraxtlar kurtak yozadi ba'zi daraxtlar birinchi gullaydi, yam- yashil maysalar dalalarni qoplaydi. Bu faslning yomg'iri insonlarga o'zgacha ta'sir qiladi deb o'ylayman. Chunki, yomg‘ir yog'ganida atrofdagi gullagan daraxtlarning , maysalarning hattoki yerning ham hidi shundayin xushbo‘y bo'ladiki, buni inson hidlab- hidlab to'ymaydi. Bilasizmi, yomg‘ir yog'ganida havo tozalanib, tiniqlashib ketadi. Chunki, havodagi changlarni yomg'ir yuvib ketadi. Yomg'ir yog'ganida uzoqlarga qaraganmisiz? Qarang, agar qaramagan bo'lsangiz, yomg‘ir yog'ganidan so‘ng albatta qarab ko'ring. Tog'- u toshlar, qir- adirlar juda ham aniq va go'zal ko'rinadi. Lekin, shu yomg'ir quyib sel bo‘lib yog'ganida atrofdagi insonlarni kuzatingda, hamma pana joy qidirib u yoqdan, bu yoqqa qochishadi. Ular nimadan qochishadi, axir yomg'ir Allohni rahmati- ku deymiz. Lekin yomg'irdan o'zimiz ham qochamiz. Xalqimizda shunday naql bor " Yomg'ir yog'sa yerga foyda, yer ko'karsa elga foyda" deyishadi. Bu bilan yomg'ir yog'ib, yerdagi hosillarimiz mo'l-ko'l bo'ladi deyishgan. Chunki, suv yo‘q joylar bor, u yerlarda bahordan hosillar ekilganda, sug'orilmasa ko'karmaydi. Allohning rahmati yomg'ir yog'ib yerdagi hosillar ko'karadi.