Foydalanuvchi:Bozorov Umid/qumloq
-
Neandertal odam
Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning evolutsiyasida 4 bosqich-odamning boshlang'ich ajdodlari,eng qadimgi odamlar,qadimgi odamlar,hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bo'lganligini ko'rsatdi.
Bundan taxminan 25 mln yil avval driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o'zgaruvchanlik tufayli 2 tarmoqqa - hozirgi odamsimon maymunlar va odamlarning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan. Sharoitning keskin o'zgarishi tufayli driopiteklarning ba'zilari 2 oyoqlab yurishga o'tganlar. Natijada "janubiy maymunlar" - avstrolopiteklar paydo bo'lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. Ular o'rmon-dasht, ochiq yerlarda yashagan. Bo'yi 120-140 sm bo'lib, tanasining massasi 36-55 kg, kalla suyagining hajmi 500-600 sm³ bo'lgan. Avstrolopiteklar chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi. Avstrolopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko'li atrofidan 5,5 mln yoshda bo'lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstrolopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo habilis)ni hosil qilgan. Bosh miyasining hajmi 650-680 sm³ bo'lgan. Bo'yi 135-150 sm. Ular tayyor tosh, yog'och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o'simliklarning yer ostidagi piyozlari, tugunaklari, ildizlarini kovlaganlar. Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o'zlari uchun kulba yasagan. Shu sababli ular "uquvli odam" deb atalgan. Eng qadimgi odamlar - (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi odam - homo erectus turiga kiritiladi. 1891 - yili gollandiyalik olim Dyubua Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. Uning bo'yi 170sm, miyasining hajmi 800-1100 sm³ bo'lgan. Pitekantroplar toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa bo'lib yashagan. 1927-1937-yillarda Pekin atrofidagi g'ordan sinantrop odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500-300 mimg yil avval yashagan. Sinantroplar miyasining hajmi 850-1220 sm³, bo'yi 150-160 sm bo'lgan. Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar, hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar sanaladi. Arxantroplar o'lgandan keyin yaqinlarini ko'mganlar, go'rlarini har xil hayvon shoxlari, tishlari bilan bezaganlar. Qadimgi odamlar (paleoantroplar). Germaniyaning Neander daryosi yaqinida, shu jumladan, Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g'oridan qadimgi odamning kalla, jag' va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal odam deb nom berilgan. Neandertallar 250-40 ming yil avval yashaganlar. Uning peshanasi qiyali bo'lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo'yi 155-165 sm, miyasining hajmi 1400 sm³ bo'lgan. Ular jamoa bo'lib yashaganlar. Ular bolalarga, keksalarga va kasallarga g'amxo'rlik qilganlar, o'lganlarni ko'mganlar. Hozirgi zamon qiyofasidagi odamalar (neoantroplar) Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi Kromonyon g'oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon odamlari kromonyonlar deb ataladi. Ular 50-60 mimg yil avval paydo bo'lgan. Kromonyonlarning bo'yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm³, iyagi bo'rtib chiqqa va peshanasi keng bo'lgan. Ularda ma'noli nutq yaxshi rivojlangan, tanasining tuzilishi bo'yicha kromonyonlar hozirgi odamlardan farq qilmaganlar. Kromonyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy qurganlar, uning devorlariga ov epizodlar, raqslar, hayvonlar va odamlarning tasvirini ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik bilan shug'ullana boshlaganlar.