Milliy tarkibi

tahrir

Tuman aholisi 2020-yil hisobiga 93,500 kishini tashkil qildi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 9,7 kishi (2020). Shahar aholisi 12,8 ming kishidan ziyod, qishloq aholisi 80 ming kishi.

O'zbek urug'lari

tahrir

Forishda O'zbeklarning turk, mang'it (qoramang'it to'pi), nayman, qon'g'irot (xonjig'ali shohobchasi) kabi urug'lari ma'lum[1]. Shuningdek asli Qorateginlik deyilgan Qozito'pi urug'idan ham aholi bor.

Mang'itlar

tahrir

19-asr oxiri 20-asr birinchi yarmida mang;itlar etnografik urug' sifatida Nurota tog'ining janubi-sharqiy hududlarida, asosa, Forishda Ilonchi, Osmonsoy, Yomchi, Sayyod, Baland Osmon, Bog'don, Qurbonhoji qishloqlarida, hususan Ustuxon cho'lidan to Og'ziketgacha bo'lgan qishloqlarda tarqoq holda joylashganlar.Bog'don (Forish) mang'itlari (qora-mang'it to'pi) asosan 2 ta katta qavmga bo'lingan: Qiro'ylik va Soylik[2]. Va har biri 4 tadan jami 8 ta mayda urug'-to'pga bo'linadi:

  • Qirliklar:
  1. Shatolib. Urug' nomi urug' boshi Shohtolib ismidan olingan. Shatoliblar 20-asr boshida asosan Ko'hnabozor qishlog'ida yashashgan[3]. Eng mashhur vakili Abdurahmon jevachi 1916-yili Jizzax qo'zg'olonida Bog'donliklar yetakchisi bo'lgan)
  2. Qurbonhoji. Urug' nomi urug' boshi Qurbon hoji ismidan olingan. Qurbonhojilar shu nom bilan atalgan Qurbonhoji qishlog'i, Katta-Bog'don va Ustaqishloqda yashashgan, temirchilik va yog'och ustachiligi, bog'dorchilik, uzumchilik bilan shug'illanishgan. Mashhur vakili Evril Turon
  3. Odinasariq. Urug' nomi urug' boshi Odina ismidan olingan. XX asr boshida Mulla Abdulla Xo'ja Muhammedov odinasariqlar yetakchi bo'lgan va Abdurahmon jevachi bilan Jizzax qo'zg'olonida hamkorlik qilgan[4]
  4. Xo'jakarsan. Urug' boshi Abdujabbor yoki Xo'ja Karizon ismidan olingan. Qurbonhoji qishlog'ida va Baland osmon qishlog'ida yashashgan[5]. Mulla Shoyiim Mirzayev (1902-1984) ushbu urug' oqsoqoli bo'lgan[6]
  • Soyliklar:
  1. Aqaat. Urug' boshi Ahad ismidan olingan.
  2. Mansur Urug' boshi Mansur ismidan olingan.
  3. Qahramon Urug' boshi Qahramon ismidan olingan.
  4. Jalmaat Urug' boshi Jolmahammad ismidan olingan.

Shuningdek Bog'don mang'itlarining Chululi, Bo'rong'uji bo'laklari mavjud.

O'zbek xo'jalari
tahrir

O'zbek xo'jalari Forishning azaldan yashab kelgan o'troq qatlami bo'lib Garasha qishlog'ida o'zbek-turkmanlarining bizov, girra, urug'-qavmlari bilan aralash yashab kelgan. Muhammad Sharif Grihkushoh Imom Husaynning avlodlaridan deyiladi va Garasha nomi ham Grihkushohdan olingan. O'zbek xo'jalarining Muhammad Sharif Grihkushohdan boshlab shajarasi quyidagicha: Muhammad Sharif Grihkushoh - Muharramshoh - Bahovuddin - Isoh - Sharofiddin - Shohi Hilvatiy - Shavkulloh - Sa'di - Shahobiddin - Ishkulloh - Boboahmad - Ishqul - Abdurahmon Vali - Imomi Kalonxon Eshon - Imomi Azizon Eshon - Luqmon Eshon.

  1. ЖЎЛИБОЙ ЭЛТАЗАРОВ. ЭСДАЛИКЛАР: дунёни таниш ва дунёга танилишнинг қиймати, 2021. ISBN 978-9943-7224-2-2. 
  2. [chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://n.ziyouz.com/books/jurnallar/guliston/Guliston%20-%202011-5-6.pdf „Ming tomirli ulkan daraxt“].
  3. [chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://www.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Anvar%20Javlonov.%20Tog'%20burguti%20(qissa).pdf „Tog' Burguti: Abdurahmon Jevachi“].
  4. [chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://istmat.org/files/uploads/37050/krasnyy_arhiv_60-1933.pdf „Джизакское восстание 1910 г. С предисловием А. Ше стакова“].
  5. „Esdaliklar“.
  6. Juliboy Eltazarov. „Esdaliklar“ (2021).