Foydalanuvchi:Diloromkhan/Sofiya Okunevskaya-Morachevskaya
Diloromkhan/Sofiya Okunevskaya-Morachevskaya | |
---|---|
Tavalludi |
12-may 1865-yil Doljanka, Galitsiya, Lodomeriya, Avstriya imperiyasi |
Vafoti |
24-fevral 1926-yil Lvov |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Kasbi | vrach, oʻqituvchi, yozuvchi, fizik |
Sohasi | tibbiyot |
Institutlar | Syurix universiteti |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Sofiya Atanasovna Okunevskaya-Morachevskaya (ukraincha: Софія Атанасівна Окуневська-Морачевська, nemischa: Dr. in Sofia Okunewska-Moraczewska ; 12-may 1865-yil, Doljanka, Galitsiya Qirolligi va Lodomeriya, Avstriya imperiyasi — 24-fevral 1926-yil, Lvov) — ukrainalik shifokor, o'qituvchi, feminist va polimat. Avstriya-Vengriyadagi birinchi universitet bitiruvchisi va birinchi ayol shifokor. Galitsiya va Avstriya-Vengriyada birinchi bo'lib saraton kasalligiga qarshi kurashda radiatsiya terapiyasidan foydalana boshladi[1]. Sofiya, G'arbiy Ukrainada birinchi marta hamshiralar, doyalar uchun kurslar tashkil etdi va birinchi tibbiyot kasaba uyushmasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi. Ukraina tibbiyot terminologiyasi lug'atini tuzdi. Sofiya Galitsiyadagi birinchi ginekolog bo'lib, o'zining vrachlik amaliyotini ochdi. Shu bilan birga Lvov, Shveysariya, Chexiya va Birinchi jahon urushi davridagi Avstriya lagerlarida amaliyot o'tkazdi[2].
Biografiyasi
tahrir1865-yil 12-mayda Ukrainaning Ternopil viloyati, hozirgi Ternopil tumani, Doljanka qishlog'ida (o'sha paytda Ternopil tumani, Galisiya Qirolligi va Vladimir, Avstriya imperiyasi) ruhoniy Atanas Danilovich Okunevskiy (qadimgi ukrainlar oilasidan kelib chiqqan) oilasida tavallud topdi. 1881-yilda Vena tibbiyot universitetini muvaffaqiyatli tugatib, tibbiyot fanlari doktori bo'ldi. Keyin Atanasning hayotda burilish yuz berdi va fanga o'zini bag'ishladi[3]. Atanas Bukovinada ishlagan va Sofiya u yerga tez-tez borib turgan. Amakisi Kirill Danilovich Okunevskiy farmatsevtika sohasida tahsil olgan birinchi ukrainlardan bo'lgan.
1870-yilda Sofiyaning onasi Karolina Luchakovskaya vafot etdi. O'shandan beri Sofiya xolasi Teofiliya Okunevskaya-Ozarkevich tomonidan Ivan Ozarkevich oilasida tarbiyalangan.
Ma'lumoti
tahrirOkunevskaya 1884-yilda gimnaziya kursiga imtihon topshirishga ruxsat oldi va 1885-yilda Lvov akademik gimnaziyasiga qabul qilindi. Bu butun Galitsiya bo'ylab shov-shuvga sabab bo'ldi (1886-yilda bu gimnaziyani faqat 13 ta qiz tugatgan). Uning o'qituvchilaridan biri filolog Yulian Kobilanskiy ( Olga Kobilanskayaning ukasi) bo'lib, u Sofiyaning qobiliyatlaridan hayratda edi.
Ayollar Avstriya-Vengriyadagi universitetlarga qabul qilinmaganligi sababli, 1887-yilda Sofiya va uning qayni singlisi Natalya Kobrinskaya Shveytsariyadagi universitetga o'qishga kirishdi. Kobrinskaya iqtisod, Okunevskaya Syurix universitetining tibbiyot fakultetida tahsil oldi. Universitetni 1896-yil yanvarda tamomladi. Shu tarzda Avstriya-Vengriyadagi birinchi ayol shifokor hamda Galitsiyadan universitetda tibbiy ma'lumot olgan birinchi ukrainalik bo'ldi. Shu bilan birga adabiyotda debyut qildi — Yerina taxallusi ostida birinchi ayollar antologiyasi "Perviy venok"da "Pesok. Pesok!" va "Semeynaya nevolya v pesnax i svadebnix obradax" hikoyalari chiqdi.
Sofiya Atanasovna Syurixda ukrainofil sifatida mashhur bo'lgan Varshavalik talaba Vatslav Morachevskiy bilan tanishdi va 1890-yilda ular oila qurishdi. 1895-yilda Krakovda Shevchenko bayrami paytida er-xotin Yagellon universiteti talabasi Vasiliy Stefanik bilan uchrashishdi. 1896-yil fevral oyida Okunevskaya-Morachevskaya o'g'il farzandli bo'ldi va ismini Yuriy qo'yishdi. O'sha yili Sofiya Syurix universitetida anemiya ta'sirida qondagi o'zgarishlar haqida doktorlik dissertatsiyasini nashr etdi va tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. Lvovning "Delo" gazetasida yozganidek: "Bu ukrainalik ayollar orasida birinchi shifokor, shuningdek, Avstriyadagi birinchi ayol shifokor ...".
1898-yilda Okunevskaya-Morachevskaya qizli bo'ldi va ismini Yeva qo'ydi. 1900-yildan Karlovy Varyda (Chexiya) eri bilan birga yashagan va ishlagan. Sofiya Okunevskaya Shveysariya, Chexiya va Lvovda amaliyot o'tagan.
Tibbiy faoliyati
tahrirDiplom olganiga va hatto dissertatsiya himoya qilganiga qaramay, Okunevskaya-Morachevskaya munosib ish topa olmadi. Uning shifokorlik kasbi Polshada tan olinmadi: kasbiy qobiliyatsizligi uchun emas, balki u ayol bo'lgani uchun.
Faqat 1903-yil 1-oktyabrda Sofiya Lvovda, amakivachchasi Yevgeniy Ozarkevich boshchiligidagi kambag'allar uchun xususiy xayriya "Xalq kasalxonasida" amaliyotni boshladi. Xodimlar xayriya asosida ishlagan. Okunevskaya turli bo'limlar orasidan darhol ginekologiyani tanladi va Galitsiyadagi birinchi ayol ginekolog bo'ldi. [[Turkum:1926-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:24-fevralda vafot etganlar]] [[Turkum:1865-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:12-mayda tugʻilganlar]]
- ↑ „Софія Окуневська: перша українська жінка-лікарка гінеколог.“ (uk). Українки (2020-yil 8-noyabr). 2021-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ Перша лікарка Австро-Угорщини Andoza:Архивировано // журнал «Український тиждень» 08.01.2017
- ↑ „Софія Окуневська-Морачевська: перша лікарка-жінка Галичини та Буковини Тернопіль“ (uk) (2022-yil 19-avgust). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.