Foydalanuvchi:Dolzarb mavzular/qumloq
Jaloliddin Manguberdi- 1198-yilda tavallud topgan. So'ngi xorzmshohdir. Uning otasi xorazmshohlar mamlakati hukmdori Sulton Aloviddin Muhammad bo'lgan. Jaloliddin Manguberdi harbiy muhitda ulg'aygan va jang san'atini juda tez va erta o'zlashtirgan. G'azna (hozirgi Afg'oniston) qaramog'ida bo'lishiga qaramasdan, otasi fitnalardan, bo'xtonlardan saqlanib, o'g'lini o'zining oldida Gurganjda ushlab turadi. Ammo, yosh Jaloliddin dushmanlar bilan tinimsiz janglar bo'lib o'tuvchi chegaraga chiqishga harakat qilardi.
Chingizxonning rejalashtirgan bosqinidan xabardor bo'lgan Jaloliddin Manguberdi otasidan qo'shinini Sirdaryoga qo'yib, dushmanni o'sha yerda kutib olishini so'raydi. Ammo otasi otasi himoya devorlari va qal'asi dushmanni mamlakatga qo'ymasligiga amin bo'ladi va yig'maslikka ya'ni to'plamaslikka qaror qiladi.
Mo'g'ullar shaharni shiddat bilan bosib oladi. Avvaliga 1220-yilda ular Buxoroni, keyin esa Samarqandni o'rab oladi.Jiddiy xastalangan Muhammad Kasbiyda qochadi. Uch o'g'lini to'playdi, Jaloliddinning beliga esa o'zining shamshirini osib, uni taxtning vorisi etib tayinlaydi. Otasi qolgan o'g'illariga esa akasi buyurgan ishlarni qilib, unga itoat estishlariga undaydi. Jaloliddin otasining o'limidan so'ng, taxstga o'tiradi. Lekin Gurganj aslzodalari yangi hukmdorni pisand ham qilmay, xalq madadidan chetda qoldiradi.
Jaloliddin Manguberdi uch yuz sodiq turkman yigitlaridan iborat qo'shin to'playdi va Xurosonga yurish qiladi.Niso atrofida ular yetti yuz kishilik mo'g'ul qo'shinini kutib olishadi va ularni osonlikcha yengishadi.
Jaloliddin vasiyat qilib qoldirilgan yeri tomonga yo'lolar ekan, Marv noibi Xon Malik va uning qirq ming kishilik lashkari, turkman xoni Sayfiddinning lashkari bitan ittifoqdosh tutinadi. Qandahor yaqinida birlashgan lashkarlar qo'shini mo'g'ullarni yo'q qiladi va Jaloliddin G'aznagacha yetib boradi. G'aznaga keliboq, Jalolidin tez orada o'n ming kishilik qo'shin to'plab, Qandahorni qamal qilgan mo'g'ullarga qarshi yurib, uni tor-mor etadi. Bo'lingan xorazmlik lashkarlarining harbiy qo'mondonlari o'z hukmdorining muvaffaqiyati haqida eshitib ular, G'aznaga to'plana boshlaydi va tez orada Jaloliddin ko'l ostiga yetmish minga yaqin askar yig'adi. u bilan birga og'asi Amin ak Mulk, sarkarda Temur Malik, qarluqlar xoni A'zam Malik va afg'onlar muallimi Muzaffar Maliklar ham keladi. Chngizxon hali xorazmshoh kuchidan bexabar bo'lib, unga qarshi Shiki Xutuxu boshchiligidagi o'ttiz minglik qo'shin jo'natadi.
Bahorda Jaloliddin Manguberdining qo'shini G'ori daryosidagi Valian qishlog'ida Shiki Xutuxuning yetakchi lashkariga dush keladi va mo'g'ul qo'shini, deyarli butunlay yakson etiladi. Bor yog'i esa yuzta askar jon saqlab qolgan xolos. Ta'kidlab o'tish joizki, bu Chingizxon qo'shinining G'arbga yurishi chog'ida O'rta Osiyo, Eron va Afg'onistonda olib borgan harbiy harakatlari davomidagi yagona yirik mag'lubiyatidir. Jaloliddin Manguberdining jasorati, uning mardligiga qarab, o'zida ham manashunday mardlikni his qiladi kishi...