Foydalanuvchi:E'zoza Yanvarovna/qumloq
Talabalarga mobil aloqa vositalarining zarari - zamonaviy asrmizda mobil aloqa vositalariga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Mobil aloqa vostilaridan foydalanish juda ko‘p vaqt va mablag‘ni tejash bilan birga ish unumdorlikni sezirarli darajada oshiradi. Mobil aloqa vostilarining turlari juda xilma-xil. Xususan, hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan turlariga: kopmyuter, noutbook, planshet, telefon va hokazolar kiradi. XXI asrda yashar ekanmiz hech bir maktab, kollej, texnikum, letsiy yoki oliy ta’lim muassasasini mobil aloqa vostilarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Talabalar kunining deyarli yarmi (ayrim odamlar kunning 3/2qismini) mobil aloqa vositalaridan foydalanish bilan o‘tadi. Mobil aloqa vostilaridan foydalanishning zararli tomonlarini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Xolbuki ijtimoiy tarmoqlarda zararli tomonlari borligi haqida ogohlantirishsa ham hatto e’tibor bermaymiz. Kompyuter bilan ishlaganda inson o‘tirgan holatda bo‘ladi va jismoniy harakat pasayadi, buning natijasida organizda qon aylanishi buziladi va muammolar keskin ortadi. Mobil aloqa vostilaridan ko‘zni haddan tashqari toliqtiruvchi vosita hisoblanadi, kompyuterda uzoq muddat ishlaganda qo‘l va barmoq bo‘g‘imlarining doimiy qisqarishi natijasida bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi, organizm tez charchaydi. Kopmyuterda ishlaganda inson bor etiborini unga qaratadi, bunday odamlar ko‘pincha normal ovqatlanishni e’tiborsiz qoldiradilar. Organizmda metabolizm buziladi va ko‘plab kasalliklar kelib chiqishni boshlaydi.[1] Mobil aloqa vositalaridan foydalanishda monitordagi harflar va raqamlar shrefti kichikligi va monitorda toliqtiruvchi ranglarning ko‘p bo‘lishi ko‘z o‘tkirligining pasayishiga olib keladi. Yorqin monitor ekrandan ma’lumotni qabul qilishga katta xalaqit beradi , u sizni ekrandagi kerakli ma’lumotni o‘qish uchun ko‘zni zo‘rlashga majbur qiladi.Yorqinlik display ekranida aks ettirilgan va ko‘z qobig‘iga tegadigan har qanday yorug‘lik nurlar orqali hosil boladi.Ularning manbalari monitor oldidagi yorqin yuzalar, yorug‘lik moslamalari, pardasiz derazalar, ochiq rangli kiyimlardir. Yorqinlik qanchalik sezirarli bo‘lsa va tasvir kontrasti qanchalik kuchli pasaysa matni o‘qish qiyinlashadi. Ekranda jadval, matn, grafiklarni o‘qish qog‘ozdagidan farq qiladi.[2].
Ko‘zdagi o‘zgarishlar
tahrirKompyuterda uzoq vaqt ishlaganda, ko‘zda og’riqli hislar paydo bo‘ladi, ko‘z miltirashi, ularni harakatlantirish og’riqli bo‘ladi, qichishish, ko‘zdagi qizarish, quruq ko‘z sindromi, ko‘rishning ravshanligi yomonlashadi va ko‘zlar og’riydi. Kuniga bir necha soat kopmyuterda tanaffussiz o‘tkazadigan deyarli barcha odamlar shunga o‘xshash hodisa bilan tanish, bu ’’Kompyuter, visual sindrom’’ deyiladi.
Tayanch harakat tizimiga ta'siri
tahrirMobil aloqa vositalari tayanch-harakat tizimiga, skelet va mushaklarga ta’sir qilmasligi mumkin emas. Xususan kompyuterdan ko‘p foydalanadigan talabalar kerakli bo‘lgan jismoniy harakatlarni kam qilishadi, mushaklar ishlamasdan zaiflashadi, suyaklar tez-tez og‘riydi, umurtqa pog’onasida egriliklar, suyak to‘qimasining yupqalashishi, bo‘g‘imlarda artriti, osteoxondroz, tunelli sindrom, kelib chiqadi. Elektr energiyasini ishlab chiqaradigan va iste’mol qiladigan har qanday qurilma elektromagnit nurlanishni hosil qiladi. Elektromagnit nurlarish inson asab tizimining buzilishiga olib keladi. Immunitetning pasayishi, yura-qon tomir tizimining buzilishi, homiladorlik paytida esa ba’zi anomalyalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin[1].[3]
Psixik qaramlik
tahrirTalabalar mobil aloqa vositalaridan dars tayyorlash, kerakli ma’lumotni saytlardan yuklab olish bilan birga ijtimoiy tarmoqlardagi o‘yinlarga g‘arq bolishmoqda. Kompyuter o‘yinlariga qaramlik psixologik qaramlikning bir turi. Kamdam kam hollarda bu qaramlik stress va yurak -qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.[4] Mobil aloqa vositalari va ularning periferiya qurilmalari foydalanuvchilarda allergiya kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Nafas olish yo‘llariga qurilmalar tomonidan chiqarilaigan gazlar va uchuvchi moddalar ornashishi orgnizmning immunitetini pasaytiradi
Allergik ta'siri
tahrirAllergiyaning o‘ziga xos jihatlari va simptomlari temperatura ko‘tarilmagan holda aksirish, yo‘tal, ko‘z yoshlanishi, terining quriqlashishi va qichishi orqali namoyon boladi [5]
Ruhiyatning o‘zgarishi
tahrirMobil aloqa vositalariga bog’lanib qolish oqibatida odam organizmida turli ruhiy belgilar paydo bo’ladi, ya’ni: quvoch hissining paydo bo’lshi, kopmyuter bilan alqa qilishda yoki kutish paytida eyforiya, aloqani kutish, mobil aloqa vositalar bilan ishlashda vaqtni nazorat qilmaslik yoki foydalanish dozasini oshirish, kopmyuterdagi ma’lumotlar bazasi o‘chib ketganda yuzaga keladigan depressiya, mobil aloqa vositalari cheklash oqibatida kelib chiqadigan depressiya, ichki zo‘riqish, tashvish, hissiy beqarorlik, doimiy ravishda elektron pochtani tekshirish.[6]. Talabalar mobil aloqa vositalariga bog‘lanib qolishi muloqotda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, jizzakilik, o‘rtoqlari va ustozlari ortasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki bunday talabalar ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga juda muhtoj bo‘lishadi.
Olib borilgan tadqiqot
tahrirBiz TTА va TATU talabalari mobil aloqa vositalaridan qay darajada foydalanishi, hamda ularning inson salomatligi buzulishi va kasalliklari rivojlanishida mobil aloqa vositalarining o‘rni haqidagi munosabatini so‘rovnoma tuzib o‘rgandik. Tadqiqotni o‘tkazish uchun so‘rovnoma tuzildi. Birinchi qism talabaning shaxsiy ma’lumotlari va qanday mobil aloqa vositalaridan qay darajada foydalanishi haqida. Ikkinchi qismida 10 ta savollardan iborat . Bu so‘rovnomada savollar talabalar salomatligi va somatik kasalliklarning rivojlanish omillarini o‘rganish uchun tuzildi.
Tadqiqot so‘rovnomasining shaxsiy qismi va savollari
tahrirF.I.SH _________________________________________________________________ Tug‘ilgan kun, oy, yil, manzil _________________________________________________________________
OTM nomi _________________________________________________________________
Fakultet nomi. Nechanchi kurs _________________________________________________________________
Qaysi mobil aloqadan foydalanasiz? (telefon, noutbook, kompyuter, planshet nomini yozing)_____________________________________________________
1) Sizda quyidagi o‘zgarishlar bormi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin)
a) Og‘riq (bo‘yin sohasida)
b) Ajin (yuz va bo‘yin sohasida)
c) Shish (bo‘yin sohasida)
2) Sizning gavdangizda quyodagi o‘zgarishlar kuzatilganmi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin)
a) Gavdaning oldinga qarab bukchayishi
b) Tik turganda, o‘tirgan va yurganda gavdaning yon (o‘ng yoki chap)ga qarab qiyshayishi
c) Hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan
3) Siz mobil aloqa vositalaridan foydalanish paytida barmoqlaringiz va qo‘llaringizda quyidagi o’zgarishlar bo‘ladimi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin)
a) Uvushib qoladi
b) Og‘riq kuzatiladi
c) Menda hech qanaqa o‘zgarish kuzatilmaydi
4) Sizning teringizda quyidagi o‘zgarishlar kuzatilganmi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin)
a) Shish
b) Qizarish
c) Qichish
d) Toshmalar
5) Eshitish bo‘yicha muammoyingiz bormi?
a) Ha
b) Yo‘q
6) Sizning uyqu rejimingiz?
a) Ko‘p uxlayman
b) Kechasi uxlolmayman, kunduzi uyqisirab yuraman
c) Kuniga 6 – 8 soat uxlayma
7) Sizda bosh og‘rig‘i quyidagi qaysi hollarda kuzatiladi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin)
a) Mobil aloqa vositalardan foydalanish paytida
b) Mobil aloqa vositalardan foydalanishdan so‘ng
c) Har ikkala holatda ham boshim og‘rimaydi
8) Sizda ko‘z bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi qaysi holatlar kuzatilgan? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin)
a) Uzoqni yaxshi ko‘rolmayman
b) Yaqinni yaxshi ko‘rolmayman
c) Ko‘zim yoshlanadi
9) Tez-tez toliqasizmi?
a) Ha
b) Yo‘q
10) Siz tez-tez asabiylashasizmi, jahlingiz chiqadimi?
a) Ha
b) Yo‘q
11) Siz asabiylashganingizda qo‘llaringiz qaltiraydimi?
a) Ha
b) Yo‘q
12) Shaxsiy mobil aloqa vositalaringizning tozalig‘iga qay darajada qaraysiz?
a) Kuniga tozalayman
b) Haftada 1 marta tozalayman
c) Esimga tushgan paytda tozalayman
Olingan maʼlumotlarni qayta ishlashda matematik- statistik usuli foydalanildi. TTA va TATU OTMlaridan olingan so‘rovnomalar taqqoslandi.
Statistik tahlili
tahrirSo'rovnoma savollari | So'rovnoma variantlari | TTA | TATU | JAMI | |||
RAQAMDA | FOIZDA | RAQAMDA | FOIZDA | RAQAMDA | FOIZDA | ||
Sizda quyidagi o‘zgarishlar bormi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin) | Og‘riq (bo‘yin sohasida) | 30 | 60% | 5 | 10% | 35 | 35% |
Ajin (yuz va bo‘yin sohasida) | 15 | 30% | 6 | 12% | 21 | 21% | |
Shish (bo‘yin sohasida) | 1 | 2% | 4 | 8% | 5 | 5% | |
Siz mobil aloqa vositalaridan foydalanish paytida barmoqlaringiz va qo‘llaringizda quyidagi o’zgarishlani sezasizmi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin) | Uvushib qoladi | 13 | 26% | 7 | 14% | 20 | 20% |
Og‘riq kuzatiladi | 7 | 14% | 5 | 10% | 12 | 12% | |
Menda hech qanaqa o‘zgarish kuzatilmaydi | 32 | 64% | 3 | 6% | 35 | 35% | |
Sizning gavdangizda quyidagi o‘zgarishlar kuzatilganmi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin) | Gavdaning oldinga qarab bukchayishi | 12 | 24% | 1 | 2% | 13 | 13% |
Tik turganda, o‘tirgan va yurganda gavdaning yon (o‘ng yoki chap)ga qarab qiyshayishi | 1 | 2% | 12 | 24% | 13 | 13% | |
Hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan | 32 | 64% | 2 | 4% | 34 | 34% | |
Sizning teringizda quyidagi o‘zgarishlar kuzatilganmi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin) | Shish | 1 | 2% | 0 | 0% | 1 | 1% |
Qizarish | 8 | 16% | 15 | 30% | 23 | 23% | |
Qichish | 13 | 26% | 0 | 0% | 13 | 13% | |
Toshmalar | 7 | 14% | 0 | 0% | 7 | 7% | |
Eshitish bo‘yicha muammolaringiz bormi? | Ha | 5 | 10% | 14 | 28% | 19 | 19% |
Yo‘q | 45 | 90% | 1 | 2% | 46 | 46% | |
Sizning uyqu rejimingiz qanday? | Ko‘p uxlayman | 6 | 12% | 1 | 2% | 7 | 7% |
Kechasi uxlolmayman, kunduzi uyqisirab yuraman | 11 | 22% | 6 | 12% | 17 | 17% | |
Kuniga 6 – 8 soat uxlayman | 33 | 66% | 8 | 16% | 41 | 41% | |
Sizda ko‘z bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi qaysi holatlar kuzatilgan? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin) | Uzoqni yaxshi ko‘rolmayman | 17 | 34% | 3 | 6% | 20 | 20% |
Yaqinni yaxshi ko‘rolmayman | 2 | 4% | 4 | 8% | 6 | 6% | |
Ko‘zim yoshlanadi | 17 | 34% | 8 | 16% | 25 | 25% | |
Tez-tez toliqasizmi? | Ha | 20 | 40% | 2 | 4% | 22 | 22% |
Yo‘q | 26 | 52% | 8 | 16% | 34 | 34% | |
Sizda bosh og‘rig‘i quyidagi qaysi hollarda kuzatiladi? (bir nechta javobni belgilashingiz mumkin) | Mobil aloqa vositalardan foydalanish paytida | 19 | 38% | 5 | 10% | 24 | 24% |
Mobil aloqa vositalardan foydalanishdan so‘ng | 12 | 24% | 5 | 10% | 17 | 17% | |
Har ikkala holatda ham boshim og‘rimaydi | 33 | 66% | 20 | 40% | 53 | 53% | |
Siz tez-tez asabiylashasizmi, jahlingiz chiqadimi? | Ha | 22 | 44% | 20 | 40% | 42 | 42% |
Yo‘q | 26 | 52% | 10 | 20% | 36 | 36% | |
Siz asabiylashganingizda qo‘llaringiz qaltiraydimi? | Ha | 13 | 26% | 15 | 30% | 28 | 28% |
Yo‘q | 37 | 74% | 15 | 30% | 52 | 52% | |
Shaxsiy mobil aloqa vositalaringizning tozaligiga qay darajada qaraysiz? | Kuniga tozalayman | 20 | 40% | 10 | 20% | 30 | 30% |
Haftada 1 marta tozalayman | 10 | 20% | 20 | 40% | 30 | 30% | |
Esimga tushgan paytda tozalayman | 20 | 40% | 10 | 20% | 30 | 30% |
Xulosa
tahrirXulosa qiladigan bo‘lsak, Toshkent tibbiyot akademiyasi va “Al-Xorazmiy” nomidagi Toshkent axborot va texnika universiteti talabalari o‘rtasida olib borilgan statistik tadqiqot natijalariga ko‘ra: 1. Ikkala OTM dagi talabalar o‘rtasida quyidagi simptomlar kuzatilgan:
2.Ko‘z o‘tkirligining pasayishi va Quruq ko‘z sindromi (Ko‘zning tez-tez pirpirashi) bilan bog‘liq shikoyatlar;
3.Umurtqa pog‘onasining noodatiy egriliklari;
4.Organizmda umumiy holsizlik va charchash hamda bosh va bo‘g‘im og‘rig‘i, asab kasalliklari bilan bog‘liq muammolar;
Faqat TTA OTMsida Tunelli sindrom (Barmoqlar va qo‘l bog‘imlarining uvushib,shishib ketadi) kuzatilgan.
Ming afsuslar bilan shuni tan olishimiz kerakki, TATU talabalariga qaraganda, TTA talabalari o‘rtasida mobil aloqa vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish sababli ko‘rishning pasayishi, ko‘z, bosh va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar hamda toliqish va charchash holatlari ko‘p kuzatilar ekan.
Manbalar
tahrir- https://ilyarm.ru/uz/kakoi-vred-prinosit-telefon-cheloveku-v-chem-opasnost-izlucheniya.htmlTelefon odamga qanday zarar yetkazadi
- https://bangalore.globalindianschool.org/blog-details/harmful-effects-of-mobile-phones-on-studentsEffects of the phones on students
- http://tezda-blog.uz/uz/elektronika/504-mobil-telefonlarning-zarariMobil telefonlarning zarari
- https://www.microhealthllc.com/top-ten-computer-related-health-problems/Teenager compyuter realed health problems
- https://environics.co.in/mobile-phones-side-effects-on-human-health/Mobile phones side effects on human health
- https://shifo.uz/article/kampyuterdan-foydalanishdagi-zararlariKompyuterdan foydalanishdagi zarar
- https://fayllar.org/3-maruza-mavzu-kompyuterlarning-texnik-tarkibi-asosiy-va-qoshi-v2.html?page=16Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari
- https://bumotors.ru/uz/beremennost-i-mobilnyi-telefon-mozhno-li-beremennoi-govorit-po-mobilnomu.html/Homilador ayollarga telefonning zararli oqibatlari
- https://www.betterhealth.vic.gov.au/health/healthyliving/mobile-phones-and-your-healthMobile phones and your health
- https://www.momjunction.com/articles/side-effects-of-mobile-phones-on-teenagers_00352682/Side effects of mobile phones on teenagrs
- https://www.youtube.com/watch?v=DvUHIqY8lIktelefonning bolalar sog‘ligiga zarari
- https://www.huffpost.com/entry/4-negative-effects-of-pro_b_125225664Negative effects of prolonged use of the compyuter and how to prevent
Foydalanilgan adabiyotlar
tahrir1.Беляев А.А. Частная неврология, СПб. : Лань, 2002
2. ВЛИЯНИЕ КОМПЬЮТЕРА НА ОРГАНИЗМ ЧЕЛОВЕКА Баранникова А.В. Екатеринбург, РГППУ, гр. СБС-111 Руководитель: к.п.н., доцент Е. А. Югова fpz_2014_03.pdf
3.Муниципальное бюджетное общеобразовательное учреждение «Средняя общеобразовательная школа № 16» Влияние компьютера на здоровье человека Экзаменационный реферат по информатике и ИКТ г. Сергиев Посад 2013
4. Ермилова И.А. Собираетесь в школу? Тренируйте глаза!/ Ермилова И.А. // Здоровье школьника – 2008 – №8 5. http://www.informio.ru/publications/id524
5.https://avitsenna.uz
6. Юрьева Л.Н. Больбот Т.Ю. «Компьютерная зависимость»
- ↑ ayollarga telefonning zararli oqibatlari „Homilador ayollarga telefonning salbiy ta'siri“ (8-aprel 2023-yil). Qaraldi: 8-aprel 2023-yil.