"Basmala" - " Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman" degan mazmundagi (بسم الله الرحمن الرحیم) arabcha kalimaning qisqartmasidir. Ushbu ibora musulmonlar kundalik hayotining asosiy qismiga aylangan. Shuningdek, oʻzining qatʼiy prinsiplariga asoslangan sharq kitobatchiligida ham kitoblar „basmala“ bilan boshlangan va shundan keyin "hamd" (Allohga), "naʼt" (salavot) qismlariga, soʻngra yozilayotgan asarning asosiy qismiga oʻtilgan.

[1]

  1. Manzar Abdulxayr. Eski o'zbek yozuvi va matnshunoslik. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, 2024 — 92-bet. ISBN 978-9910-9043-1-8.