Minorai Kalon

Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik[1].

Minorai Kalon Buxoro shahrining noyob va koʻhna yodgorliklari qatorida markaziy oʻrin egallaydi[1].

Poyi Kalon meʼmoriy majmuasi poydevori boʻlib xizmat qilgan[2].

Muqobil nomlari

tahrir

Arslonxon Minorasi, Kalon Minorasi, Katta minora …

Tarixi

tahrir

Taʼmirlash ishlari

tahrir

Minoraning tanasi va muqarnaslari 1924-yilda taʼmir etilgan[1]. Taʼmirlash ishlarida taniqli oʻzbek meʼmori va ganchkor usta Yunus Azizov (1860–1924) ham qatnashgan[3]. Zahalari Abduqodir muhandis (1868–1934) tomonidan havozasiz tuzatilgan[4].

Yer ostidagi asosi — kursisi usta Ochil Bobomurodov tomonidan 1960-yilda ochib taʼmirlangan[1]. Minorai Kalonning yuqori qismidagi muqarnaslar Ochil Bobomurodov boshchiligida uning farzandlari Botir Bobomurodov, Baxtiyor Bobomurodov va shogirdlari tomonidan 1979–1980-yillarda qayta tiklangan[5].

1997-yilda Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan Minorai Kalonda taʼmirlash ishlari olib borilgan[1].

Meʼmorchiligi

tahrir

Minorai Kalon shu turdagi qadimgi inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi[1].

1923-yili minora qayta taʼmirlangan paytda qadimiy vayronaga aylanib qolgan meʼmorchilik kitoba bitigi boʻlagi handasaviy qadama naqshlar belbogʻi bilan almashtirilgan, qadimiysinig boʻlaklarini esa Buxoro davlat badiiy meʼmorchilik muzey-qoʻriqxonasi ekspozitsiyalarida koʻrish mumkin[6].


Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 OʻzME. ? jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2022, s. 40.
  3. OʻzME. ? jild. Toshkent, 2000-yil
  4. OʻzME. ? jild. Toshkent, 2000-yil
  5. ПРИМЕНЕНИЕ ТРАДИЦИЯ «НАСТАВНИК – УЧЕНИК» В РЕСТАВРАЦИИ АРХИТЕКТУРНЫХ ПАМЯТНИКОВ (на примере Бухарской школы)
  6. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2022, s. 528.

Adabiyotlar

tahrir

Kitoblar

tahrir
  • Ўзбекистон обидаларидаги битиклар / «Бухоро. 1-жилд» китоб-альбоми // Е. Некрасова, А. Раззоқов, Б. Бабаджанов, К. Раҳимов, Б. Аминов, Ф. Маҳмудов; таҳрир ҳайъати: Ф. Абдухолиқов, Б. Абдуҳалимов, У. Алимов, Э. Ртвеладзе, А. Ҳакимов ва б. /// Ўзбекистон миллий медиа ассоциацияси (ЎзММА), 2022. – 552 б. ISBN 978-9943-8507-3-6