No Other Land
Fayl:No Other Land film poster.jpg
Festival namoyishi afishasi
Rejissyor(lar)
  • Basel Adra
  • Hamdan Ballal
  • Yuval Abraham
  • Rachel Szor
Prodyuser(lar)
  • Fabien Greenberg
  • Bård Kjøge Rønning
Ssenariynavis(lar)
  • Basel Adra
  • Hamdan Ballal
  • Yuval Abraham
  • Rachel Szor
Kinematografiya Rachel Szor
Muharrir(lar)
  • Basel Adra
  • Hamdan Ballal
  • Yuval Abraham
  • Rachel Szor
Studiya(lar)
  • Yabayay Media
  • Antipode Films
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 95 daqiqa
Mamlakatlar
Tillar
Daromadi $88,961[1]

No Other Land – 2024-yilda Basel Adra, Hamdan Ballal, Yuval Avrohom va Rachel Szor tomonidan suratga olingan hujjatli film. Mazkur film mintaqada davom etayotgan mojaro paytida adolat yoʻlidagi qarshilik koʻrsatish maqsadida toʻrt nafar faoldan iborat Falastin-Isroil jamoasi tomonidan suratga olingan[2][3]

Falastin va Norvegiya hamkorligida yaratilgan film 74-Berlin xalqaro kinofestivalining Panorama boʻlimiga tanlab olingan. Film 2024-yil 16-fevralda ushbu festivaldagi jahon premyerasida namoyish etilib, eng yaxshi hujjatli film uchun Panorama tomoshabinlar mukofoti hamda Berlinale hujjatli film mukofotiga sazovor boʻlgan[4].

2024-yil 17-dekabrda film 97-chi Oskar mukofotlari doirasida „Eng yaxshi hujjatli toʻliq metrajli film“ nominatsiyasi boʻyicha dastlabki saralovdan oʻtgan[5][6].

Falastinlik yosh faol Basel Adra bolaligidanoq Gʻarbiy Sohildagi Masafer Yatta hududida Isroil harbiylarining oʻz xalqini majburiy koʻchirishiga qarshi kurashib keladi. U vatanining asta-sekin vayron boʻlishini, isroillik askarlarning uylarni buzib, aholini quvib chiqarayotganini qayd etib boradi. Basel kurashida yordam beradigan isroillik jurnalist Yuval bilan doʻstlashadi. Ular kutilmagan aloqa oʻrnatishadi, ammo ularning doʻstligiga yashash sharoitlari oʻrtasidagi katta farq toʻsqinlik qiladi: Basel doimiy zulm va zoʻravonlikka duch kelsa, Yuval erkinlik va xavfsizlikdan bahramand boʻladi.

Ishlab chiqarilishi

tahrir
  1. „No Other Land – Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 2024-yil 30-dekabr.
  2. . Filmda Isroil askarlari tomonidan bosib olingan Gʻarbiy qirgʻoqdagi Masafer Yatta qishlogʻining vayron etilishi tasvirlangan. Adra, Basel No Other Land (en). Cineuropa (2024-yil 22-yanvar). 2024-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
  3. Dijksterhuis, Edo „Camera as a weapon of proof“ (en). International Documentary Film Festival Amsterdam. 2024-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
  4. Abbatescianni, Davide „The Panorama strand of the Berlinale to open with Levan Akin's Crossing (en). Cineuropa (2024-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
  5. „97th Oscars Shortlists in 10 Award Categories Announced“ (en). Academy of Motion Picture Arts and Sciences (2024-yil 17-dekabr). 2024-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
  6. Kimberly Nordyke, Beatrice Verhoeven. „Academy Unveils Shortlists in 10 Oscar Categories“ (en). The Hollywood Reporter (2024-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.