Nabi Jaloliddin
Tavalludi 2-may 1962-yil (1962-05-02) (62 yosh)
Taxallusi Nabi Jaloliddin
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Janr ijtimoiy, mistik, tarixiy asarlar
Shoh asari „Xayyom“, „Tegirmon“, „Qurb“, „Jallod ayol“
Mukofotlari (2020)
Veb-sayti
Nabi Jaloliddin rasmiy sayti

Nabi Jaloliddin (1962-yil 2-mayda Andijon viloyati Izboskan tumanida tugʻilgan) — yozuvchi, shoir, Afgʻon urushi qatnashchisi (1981-83-yy.) va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, „Shuhrat“ medali sohibi (2023).

Toshkent Davlat universiteti(hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Sheʼriy kitoblari: „Yalpizli kecha“, „Hur nido“, „Sen bilan qolmayman“, „Koʻngil ozod“, „Endi kuz“;

Nasriy kitoblari: „Oʻlimning rangi“ (qissa), „Erkagi bor uy“ (hikoya va qissalar), „Xayyom“ (roman), „Tegirmon“ (roman), „Urushning davomi“ (qissalar va roman), „Jallod ayol“ (qissalar).

Nabi Jaloliddin jahon adabiyotida oʻziga xos iz qoldirgan fransuz faylasufi va yozuvchisi Alber Kamyuning „Kaligula“ pyesasi va taniqli rus yozuvchisi Vasiliy Shukshinning "Men sizga erk bergani keldim" romanini oʻzbek tiliga oʻgirgan.

Hayoti

tahrir

Nabi Jaloliddin 1962-yil 2-may kuni Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keladi. 5 yoshligida otasidan, 11 yoshligida onasidan ayrilgan Nabijon taʼlimni tumandagi Toʻrtkoʻl qishlogʻida joylashgan maktab-internatda oladi.

Taqdir uni urush atalmish baloda ham sinab koʻradi. 1981—1983-yillarda Afgʻon urushida qatnashadi. Urushdan qaytgach, bir muddat Rossiyaning Tomsk shahrida oʻqib keladi. Keyin esa hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida oʻqiydi.

Faoliyati

tahrir

Nabi Jaloliddin dastavval turli kasblarda ishlab koʻradi. Xususan, militsiya xodimi, maktab oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi. 1990-yillarda Toshkentdagi oʻqishi paytida jurnalistika sohasida ishga kiradi. Xususan, oʻsha paytda ancha shov-shuvga sabab boʻlgan "Hurriyat" gazetasi ochilishida ham qatnashadi.

Keyinchalik Andijonga qaytib, mahalliy nashrlarda faoliyatini davom ettiradi. Jumladan, „Xolis“, „Hissador“, "Andijonnoma" kabi gazetalarda turli lavozimlarda ishlaydi. 2018-yildan Toshkentga keladi va Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIUda muharrir boʻlib ishlaydi.

Nabi Jaloliddin ijodini yoshligidan sheʼrlar yozishdan boshlaydi. Shoirning ilk kitobi „Yalpizli kecha“ boʻlib, unga shuhrat olib keladi. Keyin birin-ketin kitoblari nashrdan chiqadi. Shu orqali Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nazariga tushadi.

Yozuvchi sifatida ilk qissasi „Oʻlimning rangi“ nashrdan chiqqach, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov nazariga tushadi. Qissani oʻqib chiqqan marhum yozuvchi Nabi Jaloliddinni qidirib, Izboskangacha boradi va uning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib chiqadi.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. [1]
  2. [2]
  3. [3]
  1. Jaloliddin, Nabi „Президентнинг "ўғил болача" иши, Абдулла Ориповнинг оғизга тупуриши, "осколка" билан яшаётган афғончи ва бошқалар“. Nabi Jaloliddin telegram kanali (23-fevral 2022-yil). Qaraldi: 20-may 2022-yil.
  2. „Умар Хайём ҳақидаги иккинчи китоб нашрга тайёрланмоқда“. xabar.uz (17-fevral 2019-yil). Qaraldi: 20-may 2022-yil.
  3. „Чўлпон ҳақидаги асарлар ичида янгича талқин — «Тегирмон» романи тақдимоти“. xabar.uz (29-avgust 2018-yil). Qaraldi: 20-may 2022-yil.