Foydalanuvchi:Laziz Baxtiyorov/qumloq
Ushbu qoʻllanmada olimlarning ilmiy yutuqlari bilan oʻlchanadigan ensiklopedik ahamiyati haqidagi konsensus aks etgan. Olim — ilmiy tadqiqot yoki oliy taʼlim bilan shugʻullanuvchi shaxs. Olim uchun ensiklopedik ahamiyat qozonishi taniqli boʻlishni ham anglatadi.
- Koʻplab olimlar kollej yoki universitetlarda professor-oʻqituvchilar (masalan, professorlar) boʻlgan. Shuningdek, koʻplab olimlar ilmiy-tadqiqot institutlarida (masalan, Tarix instituti, Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti va boshqalar) ilmiy lavozimlarda ishlaganlar. Biroq, olimlar tadqiqot muassasasidan tashqarida ham ishlashi mumkin. Agar ular ilmiy yutuqlari bilan taniqli boʻlsa, ularning asosiy ishi olimlik faoliyati boʻlishi shart emas. Aksincha, agar olimlar oʻzlarining asosiy sohalarida ham mashhur boʻlsalar, ensiklopedik ahamiyatni kafolatlash uchun taniqli olim boʻlishlari ham shart emas.
- Oʻrta taʼlim darajasidagi maktab oʻqituvchilari olim hisoblanmaydi. Agar bunday shaxslar yirik ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullansa va bunday tadqiqotlari bilan taniqli boʻlsa, unda ushbu qoʻllanmadan kelib chiqqan holda olim deb hisoblanishi mumkin. Agar bunday boʻlmasa, oʻz kasbi doirasidagi ensiklopedik ahamiyati boshqa qoidalar bilan aniqlanadi.
- Ilmiy darajalar va ularning maʼnolari haqida koʻproq maʼlumot olish uchun professor maqolasiga qarang.
Ushbu koʻrsatma VP:BIO, VP:EAMUSIQA, VP:MUALLIF kabi boshqa koʻrsatma hamda qoidalardan mustaqil boʻlib, asosiy koʻrsatma va qoida uchun qoʻshimcha sifatida roʻyxatga qoʻshiladi[1]. Olim ushbu yoʻriqnoma qoidalariga javob bermasligi mumkin, lekin umumiy ensiklopedik ahamiyat yoʻriqnomasi yoki boshqa mavzuga oid taniqlilik yoʻriqnomalaridan biriga asosan boshqa yoʻl bilan ensiklopedik ahamiyat qozonishi mumkin. Aksincha, agar olim ushbu yoʻriqnoma boʻyicha ensiklopedik ahamiyatga loyiq boʻlsa, umumiy ensiklopedik ahamiyat yoʻriqnomasiga yoki boshqa mavzuga oid koʻrsatmalarga mos tushmasligi muhim emas.
Meʼzonlar
tahrirNufuzli manbalar orqali tasdiqlangan quyidagi shartlardan biriga javob beradigan olimlar ensiklopedik ahamiyatga egadir. Ushbu shartlarning hech biriga javob bermaydigan olimlar, agar VP:TIB yoki boshqa ensiklopedik ahamiyat mezonlariga javob bersa ham ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Olim haqidagi maqolaning koʻp jihatdan tekshirish imkonining mavjudligiga bogʻliq boʻladi. Ushbu mezonlarni qoʻllashdan oldin, quyidagi Asosiy va Maxsus mezonlar boʻlimlariga qarang.
- ↑ From Wikipedia:Notability, emphasis added: "A topic is presumed to merit an article if (1) It meets either the general notability guideline below, or the criteria outlined in a subject-specific guideline listed in the box on the right," which includes this document, "and (2) It is not excluded under the What Wikipedia is not policy."