Foydalanuvchi:Miss Pilot/qumloq

Shimoliy Kipr (turkcha: Kuzey Kıbrıs), rasmiy ravishda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (TRNC; turkcha: Kuzey Kıbrıs Türk Cumhuriyeti, KKTC) — qisman tan olingan davlat, Kipr orolining uchdan bir qismini egallagan, Kipr Respublikasining shimolida joylashgan. Faqat Turkiya tomonidan tan olingan va har tomonlama Turkiyaga qaram davlat hisoblanadi. Orol geografik jihatdan ikkiga bo'lingan bo'lib, bir qismida yunonlar yashaydi. Ikkinchi qismi, ya'ni shimoliy qismida asosan turklar istiqomat qiladi. Ushbu Respublika Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo emasligiga qaramay, uning doimiy kuzatuvchisisifatida e'tirof etiladi. Shimoliy Kipr Bayrog'i har doim Turkiya Bayrog'i yonma-yon keladi.

'''Respublikaning tashkil etilishi'''


Kipr Respublikasi Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgandan keyin 1960-yilda tashkil etildi. Yunon va turk jamoalariga yangi davlatni boshqarishda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlar berildi. Ularga hukumat va hokimiyatning fuqarolik institutlarida oʻrinlar berildi. 1960-yilgi Kafolatlar shartnomasiga muvofiq, yangi davlat mavjudligining kafillari Buyuk Britaniya, Gretsiya va Turkiya edi.