Foydalanuvchi:Navro'z2000/Tarixshunoslikning rivojida mahalliy va xorij tarixini tadqiq qilish.
O’zbekiston tarixi va tarixshunosligini mustaqil holda rivojlantirish uchun unga jahon tarixi va tarixshunosligi bilan birgalikda o’rganish, tadqiqot olib borish kerak. Mahalliy tarixshunoslar chet el tarixshunosligini juda yaxshi o’rganishlari va undan foydalanishlari zarur. Qiyosiy tahlil orqali bu natijalarga erishish mumkin, albatta. Zamonaviy tarixchi amaliy mushohada yuritmog’i lozim va O’zbekiston tarixiga jahon tarixining bir bo’lagi sifatida qarab, o’zga mamlakatlar tarixini bilish bilangina cheklanib qolmasligi lozim. O’zbekiston tarixchilari o’zlarini boshqa svilizatsiyalarning tadqiqotchilari sifatida ham namoyon etishlari zarur.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo tarixi bo’yicha chet el mutaxassislari bilan mustahkam shaxsiy aloqlar o’rnatigan. Shaxsiy hamkorlikdan ilmiy-tadqiqot jamoalari va ma’rifiy tashkilotlar darajasidagi aloqalarga o’tish vaqti keldi. Barchamizga ma’lumki, Markaziy Osiyo qadimdan turli qabila va elatlarning makoni bo’lib kelgan. Biz qadimdan bizning hududlarimizda yashagan va biz bilan doimiy aloqada bo’lgan turkiy va boshqa xalqlar tarixini yaxshi bilsakgina o’z tariximizni mukammal, holis, haqqoniy yarata olamiz. Shunday ekan tarixshunoslikning rivoji va mukammallashuvida nafaqat mahalliy tarixni qolaversa, xorij tarixni ham mukammal bilishimiz zarur.