Foydalanuvchi:Oqsaqol/ qumoq
Oqsaqol/ qumoq |
---|
Bernardo Bertolucci ( italyancha: Bernardo Bertolucci ; 1941-yil 16-mart [1], Parma, Italiya - 2018-yil 26-noyabr, Rim ) - italyan kinorejissyori, dramaturg va shoir.
1960-yillarda Bernardo Godar va Pasolinining izdoshi sifatida faoliyat yuritib, kommunizm va freydizmga qiziqish bildiradi. O‘z filmlarida ijtimoiy va shaxsiy mavzularni nozik tarzda uyg‘unlashtirdi.
Bernardo ko‘plab filmlarida inson jinsiyligining taqiqlangan shakllariga — qon-qarindoshlar o‘rtasidagi jinsiy aloqa, uch kishining jinsiy munosabati va bir jinslilar o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratgan.
Bernardoni italiyalik tanqidchilar tomonidan "yorug‘lik va soyaning xudosi" deb nom olgan operator Vittorio Storaro bilan doimiy ravishda hamkorlik qilib kelgan.
"Konformist" (1970) va "Parijdagi so‘nggi tango" (1972) filmlarining ulkan muvaffaqiyatidan so‘ng, Italiyadan tashqarida ham, jumladan Buddaviy Sharqda ijod qilgan va o‘zini "shubhali havaskor buddist" deb atagan[2]..
“Oxirgi imperator” (1987) epik biopiyosi uchun rejissyorlik va ssenariy yozish uchun “Oskar” mukofoti sovrindori.
Hayoti
tahrir1957-1958-yillarda u kinoda dastlabki ijodiy ishlarini amalga oshirdi - 16 millimetrlik tasmalarga tushirilgan "Arqon yo‘l" (1957) va "Cho‘chqaning o‘limi" (1958) nomli havaskorlik filmlarini yaratdi.Rim universitetining falsafa fakultetida tahsil olayotgan talaba (shu yillarda "Sir izlab" she’riy to‘plami uchun Milliy adabiyot mukofotini qo‘lga kiritadi; Pyer Paolo Pazolini bilan tanishadi). 1961-yilda Pazolinining "Akkatone" filmini suratga olishida yordamchi sifatida ishtirok etadi.
Parmada (Italiya) Attilio Bertolucci oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi shoir, kinotanqidchi va san’at tarixi professori bo‘lib, Bernardoning kinoga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirardi, Bernardoni tez-tez kino suratga olish maydonchasiga olib borardi.
1962-yilda u universitetni tark etib, o‘zining ilk badiiy filmi "Ozg‘in kum" (La Commare Secca)ni suratga oladi. "Topishmoq izidan" nomli she’rlar to‘plami chop etiladi va bu asar uchun Bertoluchchi Viarejjo mukofotiga sazovor bo‘ladi. Ikki yildan so‘ng, u "Inqilobdan oldin" (Prima Della Rivoluzione) nomli filmni suratga olishga kirishadi.
- "Neft quvuri" nomli to‘liq metrajli hujjatli telefilmni suratga olgan "Kanal" (1966) nomli tugallanmagan film ustida ishlayapti "Sevgi va g‘azab" (Amore E Rabbia, 1967) almanaxi uchun "Agoniya" nomli qisqa metrajli badiiy filmni sahnalashtirgan.
1968-yilda Dostoyevskiyning "Dvoynik" qissasi asosida "Hamkor" (Partner) filmi katta ekranlarga chiqarildi. Sergio Leone va Dario Argento bilan hamkorlikda mashhur g‘arb janridagi "Bir paytlar Yovvoyi G‘arbda" filmining ssenariysi ustida ishlanildi. 1969-yilda esa Borxesning hikoyasi asosida yaratilgan "O‘rgimchak strategiyasi" (La Strategia Del Ragno) teleseriali efirga uzatildi.
1970-yilda u Alberto Moravianing xuddi shu nomdagi qissasi asosida suratga olingan, fashizmning psixologik ildizlarini tadqiq etuvchi "Konformist" (Il Conformista) filmi tufayli jahon miqyosida mashhur bo‘ldi. Shov-shuvga sabab bo‘lgan "Parijdagi so‘nggi tango" (Last Tango In Paris/Dernier Tango А Paris) filmida u zamonaviy muhabbat fojiasining romantik talqinini yaratdi. Unda bosh qahramon burjuaziya doirasidagi soxta urf-odatlar qurboniga aylanadi..
1976-yilda u "Yigirmanchi asr" (Novecento) nomli epopeyani suratga oldi. Unda Jerar Depardyo va Robert de Niro bosh rollarni ijro etishdi. Bu asarda shaxsiy taqdirlar 1901-yildan 1945-yilgacha bo‘lgan davrda, ya’ni fashizmdan ozod bo‘lish yiligacha, sinfiy kurash bilan chambarchas bog‘liq holda tasvirlangan. "Oy" (La Luna, 1979) va "Kulgili odamning fojiasi" (La Tragedia Di Un Uomo Ridicolo, 1981) filmlari tanqidchilar tomonidan keskin qoralangandan so‘ng, u uzoq vaqt davomida italiyacha mavzulardan voz kechdi. [[Turkum:Oʻpka saratonidan vafot etganlar]] [[Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar]] [[Turkum:Rimda vafot etganlar]] [[Turkum:2018-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:22-noyabrda vafot etganlar]] [[Turkum:1941-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:16-martda tugʻilganlar]]
- ↑ „Grandi cult, e ora il 3D I 70 anni di Bertolucci“ (it). La Repubblica. 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-fevral.