Foydalanuvchi:Oqsaqol/qumloq
Shokir Xoliqov (1992-yil, Shoʻrchi tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik kinorejissyor va ssenariychi.
Hayoti
tahrirShokir Xoliqov 1992-yil Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan[1][2][3]. Xoliqov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida „Televideniye va radio rejissyorligi“ bo‘yicha tahsil olgan.
Shokir Xoliqov 2019-yilda 72-xalqaro Kann festivali doirasida „Choy“ nomli qisqa metrajli filmi Gran-prisini qo‘lga kiritgan. Xoliqovning debyut „Yakshanba“ badiiy filmi Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan 25-Shanxay xalqaro kinofestivali doirasidagi „Osiyoning yangi iste’dodlari“ yo‘nalishining eng oliy mukofoti – „Oltin kubok“ka sazovor bo‘ldi. Yosh rejissyor shu paytgacha Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Makedoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda bo‘lib o‘tgan qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarida g‘olib bo‘lgan.
Faoliyati
tahrirXoliqov insitutni tamomlagandan keyin o‘qtuvchi bo‘lib ishlagan
Filmlari
tahrirYutuqlari
tahrirYosh rejissyor Shokir Xoliqov 2019-yilda 72-xalqaro Kann festivali Gran-prisini qo‘lga kiritgan. Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda „Messi“ qisqa metrajli filmi bilan bir vaqtning o‘zida ikki mukofotga „Eng yaxshi film“ hamda „Eng yaxshi drama“ loyiq ko‘rilgan. XXV Shanxay xalqaro kinofestivali doirasida rejissyor Shokir Xoliqovning „Yakshanba“ filmi „Osiyoning yangi iste’dodlari“ nominatsiyasi bo‘yicha eng yaxshi film deb topildi hamda kinofestivalning bosh mukofoti – oltin kubok bilan taqdirlangan. Shokir Xoliqov animatsion filmlar vatani bo‘lgan Yaponiyada bir yo‘la ikki mukofotni qo‘lga kiritgan. Yaponiyada o‘tkazilgan „DigiCon6 Asia“ animatsion filmlar festivalida Shokir Xoliqovning „Qiz va Bulut“ animatsion filmi ikki mukofotni: „Mintaqaning oltin filmi“ va „Festivalning oltin filmi“ mukofotlariga sazovor bo‘ldi hamda 3 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi. Kinotanqidchi Anton Dolin o‘zbekistonlik Shokir Xoliqov filmini Markaziy Osiyoning Top-5 ta kartinalar ro‘yxatiga kiritgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbekistonlik rejissyor dunyodagi eng nufuzli kinofestivalda g‘olib deb topildi“ (2023-yil 1-iyul). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Rejissyor Shokir Xoliqov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi“ (2023-yil 25-iyul). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Ikkita sovrin va Nyu-York kinoakademiyasiga yo‘llanma. Kinofestival g‘olibi bo‘lgan yosh rejissyor bilan suhbat“ (2021-yil 5-noyabr). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
- ↑ „“O‘zbekkino”ning servizi tufayli mashhurlikka erishgan rejissor Shokir Xoliqov bilan AQShga o‘qishga ketayotgani va karyerasini O‘zbekistonda ko‘ra olmasligi haqida intervyu“ (2021-yil 9-noyabr). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
- ↑ „“O‘zbekkino” Kann festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan talabaga serviz sovg‘a qildi“ (2019-yil 7-iyun). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Yosh kinorejissyor Shokir Xoliqov Yaponiyada bir yoʼla ikki mukofotni qoʼlga kiritdi“ (2021-yil 23-noyabr). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Shokir Xoliqovning “Yakshanba” filmi “Shanxay” xalqaro kinofestivalida “Oltin kubok”ka sazovor boʻldi“ (2023-yil 16-iyun). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Shokir Xoliqovning «Messi» filmi ikki mukofotga loyiq ko‘rildi“ (2021-yil 28-oktyabr). 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.