Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Kalbajar tumani

Kalbajar
tuman
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Hokim Oqil Sodıq o’ğli Mammadov
Maydon 1,936[1] km2 (747 kv mi)
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
53 962
Zichligi 27,9 kishi/km2
Telefon kodi 994 26
Avtomobil kodi 32

Kalbajar tumani (ozarb. Kəlbəcər rayonu) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy hududlardan biri. Maʼmuriy  markazi Kalbajar shahridir.

Kalbajar shahri 1930 yil  8 avqustda maʼmuriy rayon maqomini olgan. 1993-yildə Armaniston Respublikası Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol qilingan.[2][3][4][5]

Tarixi

tahrir
 
Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari.
 
Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari.
 
Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari.

"Kalbajər" toponimining kelib chiqishi qadim turk tilida (dastlab Kalbajar Kevlicher shaklida ishlatilgan) „daryo ustidagi qal’a“ maʼnosini anglatadi. Kevli „daryoning usti“, çer/car „qal’a“ maʼnosini anglatadi. Yashash mintaqasi sifatida  Tartar  daryosi boʻyida chiziq boʻylab qadimiy sunʼiy gʻorlar mavjud boʻlgan. Shunga koʻra  mutaxassislar shaharning toponimini kevil/kavl va qadim turk tillaridaki jar (qoya) komponentlari bilan bogʻlaydilar.

Kalbajardagi barcha qabila toponimlarning kelib chiqishi qadim turk tiliga borib taqaladi. Qadimgi turk qabilalarining bir nechta nomi hali ham bu toponimlarda yashab kelmoqda.

Kalbajar eng qadimgi  inson yashagan  maskanlaridan biridir. Bu hududda ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishi toʻrtinchi geologik  davriga toʻgʻri keladi. Bu davr esa 4 million yildan ortıq bir tarix deməkdir. Kalbajardaki gʻorlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ibtidoiy odam uchun zarur boʻlgan mehnat qurollari ham shu yerda yaratilgan.

Kalbajar hududida 30 ming yildan koʻp tarixni oʻz ichiga olgan qadim yashash maskanlari, 6 ming yil yoshga teng boʻlgan qoya tasvirlari, qadimiy turk alifbosi shakldagi naqshlar topilgan. Bu yerdagi tosh obidalar  Shimoliy Ozarbayjonda oʻrta asr turk davri, otashparastligining, xristianlıgining, VII asrdan esa  İslomnıng yoyilishi davrlarida yaratilgan.

Kalbajarda „Turk qabristoni“ deb ataladigan  bir necha qadim mozorlar bor. Bularnıng eng kattasi Tirkeshavand, Kalbajər, Zar va b. kentlari hududida joylashgan. Qabristonlar turli asrlarga tegishli boʻlib, shakli va hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.

İlk inson maskani

tahrir

Hududi 1936 kvadrat kilometr , 60 ming aholisi, 128 kenti boʻlgan  Kalbajar rayoni qadimiy tarixi, boy madaniyati, koʻp asrlik tarixiy obidalari bilan nom qozongan. Bu yer armanilar tomonidan ishgʻol qilinganidan soʻng tarixiy obidalarning aksariyati vayron etildi. Bu madaniy obidalar quyidagilar: Vang kenti hududidagi Alban ibodatxonasi, Charakdar kentidagi Alban cherkovi (Hasan Kamol cherkovi), Qanlıkend hududidagi Loʻk qal’ası, Qorachanlı kentidagi Uluxan qal’ası, Tartar daryosining Bulanıq daryosi bilan qoʻshilgan joyida bunyod etilgan Alban cherkovi, Qalaboʻyni kentidagi Qalaboʻyni qal’ası, Jomard kendidagi Jomard qal’ası, Jamıshli kentidagi Keshikchi qal’ası, Kalbajar shahridagi masjid, Bashlıbel kentidgi masjid, Otaqli kentidagi masjid, Soyuqbuloq kentidagi Tartar daryosi ustidagi Toğlıtosh koʻprigi, Kalbajar Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Oshiq Shamshir nomli madaniyat uyi, Sayidli yaylovidagi Seyid Asadulloh ziyoratgohi.

Kalbajarda Zar ochiq hududda olib borilgan arxeologik qazishmalardan shu narsa maʼlum boʻldiki, ibtidoiy odamlar bu yerlarni oʻzlariga makon qilgan. Bu yerlardan qadimgi toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Uning qadimiy tarixi  eramızdan avvalgi IV mingyillikning oxiri-III mingyillikning boshlariga toʻgʻri kelib, u  bronza davri yoki  Kur-Araz madaniyati deb nomlanadi. Ushbu madaniyatning asosiy tarkibiy qismi va tarqalishi Kur-Araz tekislikidir. Bu davrda aholi dehqonchilik bilan shugʻullangan, togʻli hududlarda esa chorvachilik ham rivojlangan.  Yangi hayvon turlarini qo‘lga o‘rgatildi, ot mehnatidan foydalanila boshlandi. Bu esa mehnat unumdorligini oshishiga muhim ahamiyat kasb etdi. Kur-araz madaniyatidan so‘nggi bosqichida Ozarbayjonning butun tog‘li zonalarida (Xoshbuloq qo‘rg‘oni va  Xolazak(Kalbajar), Istisu yaylovlaridagi yashash maskanlari) yashash maskanlari barham topdi. O‘rta bronza davri Ozarbayjonda qadimgi insoniyatning gullab yashnagan davri sifatida eʼtirof etiladi. Bu davrga oid sopol buyumlarga solingan naqshlar buni tasdiqlaydi. Qobuston (Buyuktosh, YAzlitepa), Galinqal’a va Kalbajarning boshqa hududlarida (Qochdoshda) qoyatosh rasmlaridagi hayvonlar olami tasviri, bazm va ov sahnalari, Magiya (shomonlik) tasvirlangan. Kalbajar eng qadimgi insonlar yashagan maskanlardan biridir. Bu yerlarning ilk insonlarning yashash maskani ekanligidan darak  beruvchi belgi va izlar, qoyatosh tasvirlar, qabristonlar armanilar tomonidan oyoqosti qilindi. Kalbajar antik madaniyatning bebaho durdonasidir. Rayonning  „Qorako‘l“ va „Zalxa ko‘llari“ sohillarida, „Ayichinqilli“ va „Parichinqilli“ tog‘laridagi qoyalardagi tasvirlar 1968-yildan o‘rganila boshlangan. 1976-yilda  Kalbajar qoya tasvirlari joylashgan hudud yaqinidan Ozarbayjondagi ilk yashash maskani turar joy topildi. Uning diametri taxminan 20 metr bo‘lib doiraviy shaklga ega. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan bu uyning devorlari (qalinligi 2 metrga qadar) qoya parchalaridan va soy toshlaridan bunyod etilgan. Bu yashash maskanidan o‘sha davrga oid, yaʼni miloddan avvalgi 3 ming yillikka doir ashyolar, tosh va temirdan yasalgan pichoqlar va boshqalar topilgan. Bu yerdagi qoyatoshlarga bitilgan tasvirlar bronza davrida yashagan odamlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti haqida keng tasavvur beradi.

Kalbajarning ishgʻoli

tahrir

Kalbajar 1993 yilning 2 aprel sanasidan Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan ishg‘ol etila boshlandi.

Togʻlı Qorabogʻ hududidan tashqarida joylashgan  Kalbajar rayonining Armaniston qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilinishi natijasida tinch aholiga vahshiylarcha munosabat bildirilib, ming yillardan beri bu yerlarni makon tutgan odamlar o‘z ota-bobolari tuprog‘idan haydaldi.

 Kalbajar ishg‘olidan so‘ng 3205 raqamli BMT Xavfsizlik kengashining  822-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda ishg‘ol qiluvchilarning Kalbajar va Ozarbayjonning boshqa bosib olingan hududlaridan chiqib ketishi darhol talab qilingan. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan qaror bo‘yicha hech qanday majburiyatlar bajarilmadi.

Kalbajar rayonining aholisi Ozarbayjon Respublikasining  56 rayon va shahrining 707 ta yashash mintaqasida qochqinlikda hayot kechirmoqda. Kalbajar rayoni hududida qolgan  13.000 ta uy-joy, 37.852 gektar o‘rmon talon-taroj qilingan. BMT va  ATATning prinsiplariga zid o‘laroq  1999-yildan Kalyuajar rayoni hududida armanlarning turar-joylarda yashash uchun ko‘chib kelishi boshlandi.

1993-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra Kalbajar iqtisodiy jihatdan  703 milliard 528 million rubl zarar ko‘rgan. Ishg‘ol natijasida  Kalbajardan 53.340 nafar odam  chiqarildi, 511 nafar tinch aholi o‘ldirildi, 321 nafari esa asirga olindi.

Geografik joylashuvi

tahrir
 
Kalbajar tumanining xaritasi

Relefi tog‘li . Murovtog‘ (Gamishtog‘ 3724 m, Buyuk Hinoltog‘ 3367 m), Sharqiy Go‘ycha, Mixto‘kan,Qorabog‘ tizmasining va Qorabog‘ vulqon platosining (Dalitog‘ 3616 m) bir qismi hisoblanadi. Yura, Tabashir, Paleogen, Neogen, Antropogenin cho‘kma,  vulkonogen- cho‘kma va  vulqon jinslar keng yoyilgan.

Iqlimi : Hududining baland tog‘li qismida qishi quruq, sovuq va tog‘ tundra iqlimi ustunlik qiladi. Yanvar oyida o‘rtacha tempiratura −3 °C -dan −10 °C-ga qadar, iyulda 5 °C-dan 20 °C -ni tashkil qiladi.  Yillik yog‘in miqdori  700-900 mm.

Daryo va ko‘llari : Tartar o‘lkamizning eng katta daryolaridan biri bo‘lib, uning yuqori  oqim qismi (Levdaryo, Tutqundaryo), Bozordayo, Xachindaryo rayon hududidan boshlanadi. Katta va Kichik Olako‘llar, Zalxako‘l va Sarsang suv ombori rayon hududida joylashgan.

Tuproq turlari : chimli, qahvarang va qo‘ng‘ir, tog‘-o‘rmon tuproq turlari keng tarqalgan.

O‘simlik olami : Rayonning markazi va sharqiy qismlarida kichikbargli o‘rmonlar (eman, yong‘oq), o‘rmon-cho‘l o‘rmonlari, baland va qisman o‘rta tog‘lik hududlarida esa muhitga mos o‘simliklar keng tarqalgan.

Hayvonot olami:  Rayon hududida tog‘ echkisi, qo‘ng‘ir ayiq, cho‘l to‘ng‘izi, dala, tog‘ sharoitida yashovchi qush va hayvonlar keng uchraydi.

Foydali qazilmalari: oltin, simob, qum, shag‘al, ohak toshi, mineral suv va boshqalar

Maʼmuriy-hududiy birligi

tahrir

AzStatning 2013- yilgi bergan maʼlumotlariga qaraganda, rayon hududida  147 ta aholi punktlari, jumladan, 1 shahar, 1 shaharcha, 145 ta qishloq joylashgan.[6] Ular orasida 46 ta maʼmuriy hududlar, jumladan, 1 ta shahar, 1 ta shaharcha va 44 ta qishloq joylari mavjud. Kalbajar respublikadagi beshta mintaqadan biridir (Quba, Sheki, Ismoyilli, Tovuz va Kalbajar).[6]

AzStat tomonidan 2009 yil 13-22 aprel sanasida aholini roʻyxatga olish ishlarining yakunlariga koʻra, doimiy roʻyxatga olinganlar soni  80.769  nafardir.

Aholisi

tahrir

2013 yil 1 yanvardagi maʼlumotlarga qaraganda, Kalbajar rayonining aholisi 54 ming nafarni tashkil etadi.

Etnik tarkibi

tahrir
 
 

AzStat tomonidan 2009 yil 13-22 aprel sanasida aholini roʻyxatga olish ishlarining yakunlariga koʻra, doimiy roʻyxatga olinganlar soni 80.769 nafardir.

Kalbajar tumanining milliy tarkibi
Etnik guruhlar 1999 r.o.[7] 2009 r.o.[8][9]
Jami aholi 66 211 80 769
turk 55127 70 895
arman 9 794 9 794
kurd 1 248 38
rus 14 33
ukrayin 9
lezgin 9
yahudiy 4
tatar 3
Boshqa 3 9

Taniqli shaxslari

tahrir
  • Shahlar Asgarov — professor, ijtimoiy-siyosiy xodim .
  • Shahlar Shukurov — Ozarbayjon Milliy Qahramoni.
  • Sardor Safarov — Ozarbayjon Milliy Qahramoni.
  • Yunus Najafov — Ozarbayjon Milliy Qahramoni.

İqtisodiy xarakteristikası

tahrir

Qishloq hududlarida dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi.

Kalbajar rayoni hududida joylashgan Issiqsuv mineral suvlari oʻzining gaz va kimyoiy tarkibi, yuqori harorati, katta tabiiy resurslarga boyligi bilan nom qozongan. Uning suvlari insonning koʻpgina xastaliklari uchun davodir. Issiqsuv bulogʻI ustida 80-yillarda katta kurort va mineral suv zavodi bunyod etilgan. Bu zavod sutkasiga  800 ming suvni qadoqlagan.

Rayonning ushbu qismida Umumittifoq ahamiyatiga molik  1 va 2 raqamli Issiqsuv sanatoriylari faoliyat koʻrsatgan. Bu yerda har yili  50 ming kishi davolangan va hordiq olgan.

Moddiy-madaniy merosi

tahrir

Kalbajarda alban davriga oid koʻp tarixiy obidalar bor. Bulardan eng mashhuri   Xudo ibodatxonasi majmuasidir. Bu obida Kalbajar rayonining sharqida — rayonning  29 kilometrida joylashgan. „Xudodang“ deb nomlangan obida kompleksi  VI-VII asrlarda alban knyazi tomonidan bunyod etilgan boʻlib, XV asrda alban knyazligining bosh ibodatxonasi vazifasini bajargan. Keyinchlalik bir necha bor taʼmir etilib, qoʻshimcha qismlar qurilgan va nihoyat alban hukmdori Hasan Jalol tomonidan yangitdan barpo etilgan. Hasan Jalolning rafiqasi Mina Xotin shu yerda dafn etilgan. Onasi Orxu Xotin va davrining taniqli ziyolisi  Mxitar Qoshlar ham shu yerda qoʻyilgan boʻlib, ularning xotirasiga tosh yodgorliklar oʻrnatilgan.  Usti gumbaz shaklida boʻlgan majmua yogʻochdan qurilgan. Binoning devorlarida rangli boʻyoqlar bilan ishlangan turli shakl va bitiklar bor. Obidaning qurilishida ishlatilgan toshlar Tartar daryosining sohilidan keltirilgan. Kalbajar rayonining Vang qishlogʻi hududida ham boshqa bir alban ibodatxonasi bor.

Kalbajardagi boshqa qadim  Alban obidalari quyidagilardir:  „Lochinqoya“, „Lev“, „Ulugʻxon“, „Qal’aboʻyni“, „Jomard“. Kalbajarningg  Oqdaban  qishlogʻI nomi qadim alban qabilasining nomidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi „Alban“ nomining Agʻuan, Aluan, Agʻvan, Andan kabi atalishida ulardan birining nomi Agʻban boʻlishi mumkinligi istisno etilmaydi.

Kalbajar rayonining  Vang qishlogʻI hududida alban ibodatxonasi,  Charakdar qishlogʻida alban cherkovi, (Hasan Jamol cherkovi), Qanlıkend hududida  Loʻk qal’ası, Qarachanlı qishlogʻida Ulugʻxon qal’ası, Tartar daryosining Bulonıq daryosi bilan tutashgan joyda bunyod etilgan alban cherkovi, Qal’aboʻynI qishlogʻidagi  Qal’aboʻyni qal’ası, Jomard qishlogʻidahi Joʻmard qal’ası, Jamıshlı qishlogidagi  Keshikchi qal’ası, Kalbajar shahridagi masjid, Bashlıbel qishlogʻidagi masjid, Otaqlı qishlogʻidagi masjid, Soyuqbuloq qishlogʻida Tartar daryosi ustidagi  Togʻlıtosh koʻprigi, Kalbajar Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Oshıq Shamshir nomidahi madaniyat uyi, Sayidli yaylovidagi Seyid Asadulloh ziyoratgohi ishgʻol etilgan zonada qolgan boʻlib Armaniston Respublikası Qurolli Kuchlari tomonidan vayron qilingan.

Kalbajardagi qoyatosh tasvirlar  Qobustandagı tosh bitiklar va naqshli shakllar bilan oʻxshashdir. „Sulton Haydar“, „Qurbagʻalı daryo“, „Turshsuv“, „Aychınqıllı“, „Galinqoyası“, „Buyukdavagoʻzu“, „Sarchali“ va boshqa yerlardagi qoyatosh tasvirlar faqat Kalbajarning emas, umuman Ozarbayjon tuprogʻdagi qadimiy inson maskanlaridandir. Kustar shakldagi, bazalt toshga oʻyib chizilgan rasmlar, ov sahnalari, ot oʻyinlari, samoviy jismlarning,   hayvonlar va boshqalarning suratlari aks ettirilgan tosh ustunlar Kalbajar tarixining, madaniyatining  qadimiyligini aks ettiradi. Bulardan birida shunday tasvirga duch kelamiz: Bir inson oyogʻining birini bir doiraning, ikkinchi oyogʻini boshqa bir doiraning ustiga qoʻyib yuqoriga boqib turibdi. Shunday taxmin qilish mumkinki, inson  bir planetadan boshqa bir planetaga uchish orzusida boʻlgan. İnson oyogʻi qoʻyilgan doiraning biri  Yerni, boshqa biri esa Oyni ifodalashi taxmin qilinadi.

Tasvirlar

tahrir

Filateliyada

tahrir

Xorijiy oʻtishlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Umumiy ma’lumot. — Ozarbayjon Respublikasining ma’muriy hududiy birliklari - rayonlari (01.01.2006), 12 sahifa // Ozarbayjon Milliy Ensiklopediyası. 25 jildlik. Mas’ul kotib akademik T. M. Nag’ıyev. "Ozarbayjon" jildi. Baku: "Ozarbayjon Milliy Ensiklopediyası" Ilmiy markazi, 2007, 884 sahifa.
  2. Rezolyutsiya Soveta Bezopasnosti OON 853
  3. Rezolyutsiya Soveta Bezopasnosti OON 884
  4. Rezolyutsii Soveta Bezopasnosti OON 1993 goda
  5. General'naya Assambleya OON Rezolyutsiya ot 14 marta 2008 goda № A/RES/62/243 Polozheniye na okkupirovannykh territoriyakh Azerbaydzhana
  6. 6,0 6,1 Ozarbayjon Respublikasining Davlat Statistika Qoʻmitasi: Maʼmuriy hududiy boʻlinish tasnifining joriy versiyasi (30.05.2013 yil nashri): Kalbajar rayoni—60100001
  7. Population statistics of Eastern Europe: Azerbaijan: Ethnic composition: 1999 census
  8. Population statistics of Eastern Europe: Azerbaijan: Ethnic composition: 2009 census
  9. „Aholisi — Kalbajar Rayon İjro Hokimiyati“. Qaraldi: 29 iyun 2015. Arxivlashtirilgan.