Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ozarbayjon Davlat Akademik Filarmoniyasi

Ozarbayjon Davlat Akademik Filarmoniyasi
ozarb. Azərbaycan Dövlət Akademik Filarmoniyası
"Istiqloliyat" ko'chasidan filarmoni ko'rish
Filarmoniyaning qapali kontsert zalining ichki qismi
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Boku
Tegishli Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri
Ozarbayjon Davlat Xor Kapellasi
Ozarbayjon Davlat Xalq Cholg‘u Orkestri
Ozarbayjon Davlat KAmera Orkestri
Ozarbayjon Davlat Qo‘shiq va Raqs Ansambli
Ozarbayjon Davlat Pianino Triosi
Ozarbayjon Davlat Skripka Kvarteti
Meʼmor Gavriil Ter-Mikelov
Buyurtmachi Boku shahar dumasi
Qurilish vaqti 1910-1912
Uslubi İtalyan uyg‘onishi (eksteryer)
Rokoko (interyer)
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 143
Turi uy
Ahamiyati Respublika miqyosida

40°21′50″N 49°49′54″E / 40.36389°N 49.83167°E / 40.36389; 49.83167

Musulmon Magomaev nomidagi Ozarbayjon Davlat Akademik FilarmoniyasiOzarbayjoning Boku shahrindagi konsert kompleksi. Filarmoniya binosi 1910-1912-yillarda arxitektor Gavril Ter-Mikelov loyihasi asosida Niyoziy ko‘chasi (sobiq Sadovaya ko‘chasi) va Istiqloliyot ko‘chasining (sobiq Nikolayevskaya ko‘chasi) kesishuvida, keyinchalik Filarmoniya bog‘i deb nomlangan park (sobiq nomi Gubernator bog‘i) hududida barpo etilgan. Davlat Filarmoniyasi esa, 25-may 1936-yilda yaratilgan.

Binosi

tahrir
 
Oq klubi binosi, Boku minorasi yaqinida joylashgan va 1910 yilda olov tomonidan vayron qilingan
 
Ozarbayjon davlat filarmoniyasining sho'ng'in bog'idan ko'rinishi
 
Ozarbayjon davlat simfonik orkestri 2008 yilda Haydar Aliyev saroyida Xalqaro Rostropovich festivali doirasida ishtirok etdi
 
Ozarbayjon davlat folklor jamoalari orkestri 2009 yilda "Gabala" xalqaro musiqa festivalida ishtirok etadi
 
Ozarbayjon davlat chalgichi cherkovi Gabala xalqaro musiqa festivalida so'zga chiqqan, 2009 yil
 
 
1912 yilda jamoat klubi binosi (hozirgi filarmoniya)
 
 
 
 
 

Tarixi

tahrir

1910-yilgacha shahar boylarining dam olishi uchun taxtadan pavilion bor edi. Suvoqlangan va ohaklangan bu taxta bino „Oq klub“ deb atalardi. Bino Boku qal’asining Shirvon eshigi yaqinida joylashgan edi. Bir kuni kuchli shamol natijasida binoda yong‘in boshlanadi va „Oq klub“ butunlay yonib vayron bo‘ladi. Binoning qasddan yoqilgani tahmin qilinadi. 1910-yilda „Oq klub“ning yonganidan, vayron bo‘lganidan keyin shaharda boylarning dam olishi uchun yangi bino qurilishiga ehtiyoj tug‘ildi.[1]

Bino loyihasi tayyorlanishi arxitektor Gavril Ter-Mikelovaga topshirildi. U mahalliy filarmoniya binosi bilan tanishish uchun Azur sohilga — Monte Karloga jo‘natiladi. U Boku uchun Monte Karlo filarmoniyasiga o‘xshash loyihasi tayyorlanadi. Monte Karlo filarmoniyasi, o‘z go‘zalligi bilan Yevropaning eng go‘zal konsert salonlaridan biri hisoblanardi. Ter-Mikelov Monte-Karlodan taassurot va fikrlar bilan qaytadi.[1][2]

1907-yilda shahar boylari ijtimoiy majlislar o‘tkazilishi uchun makonning barpo etish maqsadi bilan bog‘da joy ayirish taklifi bilan Shahar Dumasiga murojaat qilganida, duma aʼzolarining bir qanchasi bunga eʼtiroz etdilar, chunki, aks holda 200-dan ko‘p qari daraxt kesilishi kerak edi. Lekin 19808-yilda hududining 1664,92 m2gacha kamaytirilishi hisobiga Gubernator bog‘i hududida Ijtimoiy majlislar uchun yoz binosi uchun joy ajratilishi tasdiqlandi. Loyihaning oxirgi variant 1910-yilda tayyorlanadi va tasdiqlash uchun shahar upravasining inshoot komissiyasiga taqdim etiladi. 1911-yilda bino qurilishi boshlanishi bilan dengiz sohilida muhandis Mammadhasan Hajinskiy loyihasi asosida 1909-yilda qurila boshlandi va 17.323.44 m2 hududini qamrab olgan bulvar mavjud edi.[3]

Yoz klubining asosiy ko‘rinishi Ter-Mikelov loyihasi asosida insho etilgan Sadixov aka-ukalari uyiga, profilni esa Hoji Zeynalabdin Tagiyev qurgan Marinskiy qizlar gimnaziyasi binosi (Ozarbayjon Milliy Sanʼat Muzeyi II korpusi) va Rotshildlarning Boku kontorin ishlarini idora etuvchi De Bur saroyiga (Ozarbayjon Milliy Sanʼat Muzeyi I korpusi) qaraydi. Qisqa muddatdan so‘ng De Bur o‘z villasini Kafkaz jamiyatiga sotadi va jamiyat sadri millioner P.Gukasov Ter-Mikelovdan u yashagan saroyga nafaqat musiqa eshitilishini, balki klubda bo‘lib o‘tayotganlardan xabardor bo‘la oladigan shaklda loyihalashtirishini so‘raydi. Millionerning istagini amalga oshirgan meʼmor original usul o‘ylab topadi. Odatda konsert zallarida sahna yuzi asosiy kirish tomonga qarasa, filarmoniyada kirish sahnaning yonida joylashgan. Shu sababli ham De Bur saroyining deraza va ayvonlaridan filarmoniya sahnasini bemalol ko‘rish mumkin.[2] Lekin Manaf Sulaymonov aytishicha, bu maʼlumot faqatgina tahmindir, chunki 1912-yilda P.Gukasov Davlat Dumasi aʼzosi sifatida Peterburgga ko‘chdi. 1912-yilda bino qurilishi yakunlanadi.[2][4]

Mulkdorlar va neft millionerlari, boy tijoratchilar va yuksak lavozimli maʼmurlar, taniqli muhandislar, chor armiyasi zobitlari va boshqalari vaqtlarini tunning yarmigacha bu yerda o‘tkazardilar. Baʼzilar bor pullarini yutqazguncha bu yerda qimor o‘ynardilar.[5]

Ozarbayjonda Sovet hokimiyati tuzilgach, 20-yillarda bu binoda musiqa ishtiyoqmandlari, turli orkestr va ansambllar yig‘ila boshladi. 1936-yil 25-mayda Boku sovetining ishchi-viloyat va matros deputatlari qoshidagi simfonik konsertlar idorasi bazasi asosida Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasi tuzildi. 1936-37-yillarda binoda qurilish ishlari olib borildi. 1937-yil 11-avgustda esa Xalq Komissarlari Sovetining 5021-sonli majlis qarori bilan AK (b) MK-ga Xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslim Magomayev nomini abadiylashtirish maqsadida Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasiga uning nomi berilishi taklifini kiritdilar.[2][6]

Ozarbayjon Respublikasi tashkil topgach 1996-2004-yillarda Filarmoniya binosida asosiy barpo va qayta taʼmirlash ishlari olib borildi. 2004-yil 27-yanvarda Filarmoniya binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilishda prezident Ilhom Aliyev, Madaniyat vaziri Po‘lat Bulbulo‘g‘li, taniqli violonchel ustasi Mstislav Rostropovich, professor Farhod Badalbeyli ishtirok etgan.[6]

Meʼmorlik xususiyatlari

tahrir

Palladiya ruhidagi Italiya uyg‘onish uslubi meʼmor loyihasi asosida qurilgan binoning obrazliligiga yuksak darajada mos kelardi. Bu esa meʼmorlik-loyihalash g‘oyasini, bino uchun ajratilgan yer maydoni hududi — yerning relyefi va iqlim xususiyatlarini oldindan aniqlardi. Ijtimoiy majlis loyihasida koloritli va ifodali (binoning tegishli mavzuga mos bo‘lishini nazarda tutgan holda) kompozitsiya yaratilgandi. Chiroq va soya o‘yinlarining katta qismini ifoda etish uchun vosita sifatida foydalanilgan terras va verandalar bilan boy bino Uyg‘onish davridagi Italiya villalarini eslatadi. [1]

Burchak sohasi binoning kompozitsiyasida simmetriya usulini saqlash bilan loyiha natijasi tanlovini oldindan aniqlagandi. Reja yo‘lak va dahlizlar bo‘lmasdan, yorug‘ va sodda shaklda tafsir etilgandi. Barcha asosiy devorlar bir-biriga bog‘langan bo‘lib, yagona konstruktiv sxemani tashkil etadi. Filarmoniyaning qolgan barcha xonalarini birlashtirgan rejada ellips shaklli zal meʼmorlik-loyihalash kompozitsiyasining markazidir.[7]

Bino dengizga, manzarali Boku buxtasi tomon qaratilgan. Janub tomondan klassik orderlardan foydalanilgani sababli nafis va zarif shaklda ko‘rsatilgan tantanali ko‘p yarusli kompozitsiya sifatida qabul qilinadi. Asosiy hajm meʼmorlik qismlarining ortgan ritmik o‘zagi ustida — yon qanotlaridan markazga qarata qurilgan. Barcha hajmli-makon qurilishini dekorativ chiroq bilan birga gumbaz va minora uslubidagi yon tomonlardan chiqqan tekis ustunlar yakunlagan.[8]

Tashqi ko‘rinishini yana-da ko‘rkamlashtirgan dekorativ bezaklar interyerni qiziqarli qiladi. Bu binoda meʼmorlikning tashqi va ichki ko‘rinishini buzuvchi eklektikaga yo‘l qo‘yilmagan. Interyerlarda proporsiyalarning tozaligi, formalarning go‘zalligi va butunligining hamohangligini ochuvchi, meʼmorlik g‘oyasining mantiqiga birgalikda tobe etilgan, Italyan uslubining eng go‘zal stilizatsiyasi mavjuddir.[8]

Strukturasi

tahrir

Uzeyir Hojibeyov nomidagi Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri

tahrir

Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri 1920-yilda Ozarbayjon professional musiqasi asoschisi Uzeyir Hojibeyov tashabbusi bilan tuzilgan. Tez orada orkestr Glinka, Chaykovskiy, Musorgskiy, Rimskiy-Korsakov, Motsart, Bethoven, Shubert, Berlioz, Mendelson, Vagner, Listin va boshqa bastakorlar asarlarini yuksak saviyada, professionallik bilan ijro eta boshladilar. Turli yillarda davlat simfonik orkestri bilan dirijyorlardan M.Chernyaxovskiy, U.Qoldshteyn, A.Stolerman va boshqalar ishladi.[9]

Orkestr shakllanishida dirijyorlardan R.Baton (Fransiya), O.Klemperer (Germaniya), F.Shtidri (Avstriya), N.Golovanov (Rossiya) yaqindan qatnashganlar. [9] SSSR da tuzilgan orkestrlardan biri bo‘lgan Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri faoliyatini boshlagan vaqtdan professional musiqa madaniyati taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. Simfonik Orkestr repertuariga G‘arbiy Yevropa, rus va Ozarbayjon bastakorlarining asarlari ham kiradi. 1938-yildan Simfonik Orkestrga taniqli dirijyor Niyoziy boshchilik qildi.[9]

Orkestr tashkil topgan davrda Niyoziy uning badiiy rahbari, N.P.Anosov esa bosh dirijyor edi. N.P.Anosov orkestr bilan jami 2 yil ishladi. 1940-1944-yillarda Ulug‘ Vatan Urushi bilan bog‘liq orkestr namoyish etildi. 1945-1948 -yillarda orkestrning bosh dirijyori vazifasida tajribali musiqachi, taniqli dirijyor, professor Leo Ginzburg faoliyat ko‘rsatgan. 1948-1984-yillarda hayotining so‘nggi kunigacha orkestrning bosh dirijyori va badiiy rahbari Niyoziy bo‘lgan.[9]

1984-1990-yillarda orkestr dirijyori va badiiy rahbari sifatida Rauf Abdullayev faoliyat ko‘rsatadi. 1992-98-yillarda Yalchin Adigo‘zalov bosh dirijyori va badiiy rahbari bo‘ldi. 1998-yildan bugungacha esa ushbu vazifani Rauf Abdullayev bajaradi. Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri Germaniya, Turkiya, Shvetsariya, Misr, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, BAA da muvaffaqiyat qozonishdi. Orkestr Xalqaro Rostropovich Festivali, Gabala Xalqaro Musiqa Festivali, Uzeyir Hojibeyov Xalqaro musiqa festivali, Xalqaro Mug‘om Festivalining faol ishtirokchisidir.[10]

Ozarbayjon Davlat Xalq Cholg‘u Orkestri

tahrir

Ozarbayjon Davlat Xalq Cholg‘u Orkestri 2000-yilda Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasi qoshida tashkil etildi, mazkur yili 8-mart Ayollar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan konsertda ilk bora sahnaga chiqdi. Orkestr 2007-yil may oyida Ozarbayjonda, Belarusiya va Moldova respublikalarida o‘tkazilgan madaniyat va sanʼat kunlarida ishtirok etdi. Hozirda orkestr badiiy rahbari va bosh dirijyori Og‘aberdi Pashayevdir. Ozarbayjon Davlat Xalq Cholg‘u Orkestri 2004 va 2005-yillarda Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida o‘tkazilgan anʼanaviy XX „Fajr“ Xalqaro Musiqa Festivallarida 2 marta eng oliy „Oltin Chang“ mukofotiga sazovor bo‘ldi.[11]

Qora Qorayev nomidagi Ozarbayjon Davlat Kamera Orkestri

tahrir

Qora Qorayev nomidagi Ozarbayjon Davlat Kamera Orkestri 1964-yilda mashhur Ozarbayjon bastakorlari Qora Qorayev va Fikrat Amirov tashabbusi bilan tashkil etildi. Orkestr bosh dirijyori va badiiy rahbari respublika xalq artisti, Davlat mukofoti laureati Nozim Rizayev edi. 1995-yildan 1997-yilgacha kollektivga Yashar Imanov rahbarlik qildi. 1998-yildan hozirgacha orkestrga xalq artisti Temur Go‘ychayev rahbarlik qilmoqda. Orkestr repertuari Ozarbayjon va xorijiy mamlakat bastakorlari asarlaridan iborat. 1998-yil iyulida orkestr Ozarbayjon madaniyatini Londonda muvaffaqiyat bilan tamsil etgan, mazkur yilning sentyabr oyida esa Parijda Qora Qorayevning 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley konsert berdi. 2011-yil may oyida Pekin shahrida o‘tkazilgan Ozarbayjon Madaniyati kunlarida iyul oyida Fransiyada „Ramatuel“ xalqaro klassik musiqa festivalida qatnashdilar. 2011-yil fevral oyida orkestr Parijda „Gavou“ Konsert zalida, sentyabr oyida Berlin va Parij shaharlarida, dekabr oyida Rim shahrida Mehribon Aliyeva tashabbusi bilan Ozarbayjon mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturlarida ishtirok etdilar. [12] 2014-yil 6-iyunda Haydar Aliyev Fondi tashkilotchiligi va Ozarbayjonning Yunonistondagi elchixonasi ko‘magida Afinaning „Megaro Muziks“ Madaniyat Kompleksida Qora Qorayev nomidagi Ozarbayjon Davlat Kamera Orkestri konserti bo‘lib o‘tdi.[13][12][14]

Fikrat Aminov nomidagi Ozarbayjon Davlat Qo‘shiq va Raqs Ansambli

tahrir

Fikrat Aminov nomidagi Ozarbayjon Davlat Qo‘shiq va Raqs Ansambli 1938-yilda Uzeyir Hojibeyov tomonidan tuzildi. Turli davrlarda kollektivga U.Hojibeyov bilan birga Ozarbayjon bastakorlardan Said Rustamov, Jahongir Jahongirov, Vasif Adigo‘zalov, Hoji Xonmammadov, Telmon Hojiyev va Ramiz Mirishli rahbarlik qildi. Ansamblning xoreografiya guruhida Amina Dilbazi, Tutu Hamidova, Buyukog‘a Mammadov, Roza Jalilova, Aliya Ramazanova, Afaq Malikova, Komil Dadashov, Alikrom Aslanov, Nodir Mammadov va boshqa taniqli raqs ustalari yetishib chiqdi. Ansambl repertuarini Ozarbayjon va dunyo xalqlarining qo‘shiqlari va raqslari, xor asarlari tashkil etadi. Qo‘shiq va raqs ansamblining badiiy rahbari va dirijyori Og‘aberdi Pashayevdir.[15]

Ozarbayjon Davlat Xor Kapellasi

tahrir

Ozarbayjon Davlat Xor Kapellasi asosi 1926-yilda Uzeyir Hojibeyov tomonidan ko‘p ovozli xor yaratilishiga kirishishi bilan qo‘yildi. 1966-yilda Davlat Filarmoniyasii qoshidagi Ozarbayjon Davlat Xor Kapellasi tashkil topdi. Tashkil topgan vaqtdan uzoq yillar davomida kollektivga xizmat ko‘rsatgan sanʼat xodimi, xormeyster Eduard Navruzov rahbarlik qildi. 1996-yildan Ozarbayjon Davlat Xor Kapellasining badiiy rahbari va bosh dirijyori Gulbaji Imonovadir. Xor repertuari Ozarbayjon va xorijiy o‘lka bastakorlari asarlaridan iboratdir.[16]

Ozarbayjon Davlat Fortepiano Triosi

tahrir

Ozarbayjon Davlat Fortepiano Triosi 2002-yilda Madaniyat va Turizm Vazirligi tashabbusi bilan yaratildi. Fortepiano triosi ishtirokchilari Tuhfa Boboyeva (skripka), Nargiz Aliyorova (fortepiano) va Sabina Ibrohimovadir (violonchel). Fortepiano Triosi repertuarida Ozarbayjon va xorijiy bastakorlarning asarlari joy olgan.[17]

Ozarbayjon Davlat Simli Kvarteti

tahrir

Ozarbayjon Davlat Simli Kvarteti 1998-yilda tashkil topdi. Simli Kvartet ishtirokchilari Uran Sayidov (I violin), Sulton Mammadova (II violin), VAxtang Imonov (viola), Aleksey Miltixdir (violonchel). Simli Kvartet 1998-yil sentyabrida Parijda YUNESKO yo‘nalishida o‘tkazilgan Q.Qorayevga bag‘ishlangan konsertda, 2000-yilda Istanbul shahrida Jamil Rashid Rey konsert salonida muvaffaqiyat bilan ijro etdi.[18]

Ozarbayjon Davlat Raqs Ansambli

tahrir

Ozarbayjon Davlat Raqs Ansambli 1970-yilda tashkil topdi. Ansamblga uzoq yillar mashhur balet ustalari, SSSR xalq artisti Laylo Vakilova va Alibobo Abdullayev rahbarlik qildi. Aynan shu sanʼatkorlar xizmati soyasida kollektiv o‘z repertuarini rang-barang raqslar bilan boyitdi. 1984-yildan bugungacha ansamblga Afaq Malikova rahbarlik qilmoqda. Davlat Raqs Ansambliga „Xizmat ko‘rsatgan kollektiv“ faxriy nomi berildi. Professionallardan iborat bo‘lgan bu kollektiv bir qancha xalqaro miqyosdagi festivallarning, Rossiyada, Ukrainada, Gruziyada, Turkiyada, Avstriyada o‘tkazilgan Ozarbayjon Madaniyati kunlarining, madaniy dasturlarning, davlat miqyosidagi tadbirlarning ishtirokchisi bo‘lgan. U 1979-yilda Xalqaro Karfagen Folklor Festivali oltin medaliga sazovor bo‘ldi.[19]

Adabiyotlar

tahrir
  • Сулейманов, Манаф. Дни минувшие (Исторические очерки) (azerbaijani). Баку: Азернешр — 340-bet. 
  • Fatullayev-Figarov, Shamil. Bokuning Me’morlik Ensiklopediyasi (azerbaijani). Boku: Ozarbayjon Me’morlik Ittifoqi — 528-bet. 
  • Fatullayev-Figarov, Shamil. Bokuda shahar qurish – XIX asr va XX asr boshlarida (azerbaijani). Boku: Ozarbayjon Me’morlik Ittifoqi — 352-bet. 

Xorijiy oʻtishlar

tahrir

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Fətullayev-Fiqarov, Şamil. Bakıda şəhərsalma XIX əsr və XX əsrin əvvəllərində. Bakı: Şərq-Qərb, 2013 — 352-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Сулейманов, Манаф. Дни минувшие (Исторические очерки). Баку: Азернешр, 1990 — 340-bet. 
  3. Fətullayev-Fiqarov, Şamil. Bakıda şəhərsalma XIX əsr və XX əsrin əvvəllərində. Bakı: Şərq-Qərb, 2013 — 352-bet. 
  4. Fətullayev-Fiqarov, Şamil. Bakının Memarlıq Ensiklopediyası. Bakı: Şərq-Qərb, 2013 — 528-bet. 
  5. „Казино в Монте-Карло? Нет, Филармония в Баку!“. olaylar.az (2016-yil 25-aprel). Qaraldi: 2016-yil 31-may.
  6. 6,0 6,1 „Tarixi“. filarmoniya.az. Azərbaycan Dövlət Filarmoniyası. Qaraldi: 2016-yil 31-may.
  7. Fətullayev-Fiqarov, Şamil. Bakının Memarlıq Ensiklopediyası. Bakı: Şərq-Qərb, 2013 — 528-bet. 
  8. 8,0 8,1 Fətullayev-Fiqarov, Şamil. Bakının Memarlıq Ensiklopediyası. Bakı: Şərq-Qərb, 2013 — 528-bet. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 „Azərbaycan Dövlət Simfonik Orkestrı“. anl.az. Azərbaycan Milli Kitabxanası. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  10. „Üzeyir Hacıbəyli adına Azərbaycan Dövlət Simfonik Orkestri“. filarmoniya.az. Azərbaycan Dövlət Filarmoniyası. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  11. „Azərbaycan Dövlət Xalq Çalğı Alətləri Orkestri“. Səs qəzeti. Azərbaycan Milli Kitabxanası (2010.- 10 iyul.). Qaraldi: 1 iyun 2016.
  12. 12,0 12,1 „Qara Qarayev adına Azərbaycan Dövlət Kamera Orkestrı“. filarmoniya.az. Azərbaycan Dövlət Filarmoniyası. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  13. „Qara Qarayev adına Azərbaycan Dövlət Kamera Orkestrı“. azerbaijans.com. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  14. „Yunanıstanda Qara Qarayev adına Azərbaycan Dövlət kamera orkestrinin konserti“. heydar-aliyev-foundation.org (9 iyun 2014). Qaraldi: 1 iyun 2016.
  15. „Fikrət Əmirov adına Azərbaycan Dövlət Mahnı və Rəqs Ansamblı“. filarmoniya.az. Azərbaycan Dövlət Filarmoniyası. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  16. „Azərbaycan Dövlət Xor Kapellası“. filarmoniya.az. Azərbaycan Dövlət Filarmoniyası. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  17. „Azərbaycan Dövlət Fortepiano Triosu“. filarmoniya.az. Azərbaycan Dövlət Filarmoniyası. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  18. „Azərbaycan Dövlət Simli Kvarteti“. filarmoniya.az. Azərbaycan Dövlət Filarmoniyası. Qaraldi: 1 iyun 2016.
  19. „Professional rəqqaslar yetişdirən ansambl“. Səs qəzeti. anl.az (2010.- 7 dekabr). Qaraldi: 1 iyun 2016.