Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ozarbayjon oshxonasi

Jayron va tog‘ echkisi go‘shtidan kabob
Ozarbayjon engil atıştırma
Sac
Tika kabob
Khash
Dushbara
Vashingtondagi Smitsonian folklor festivasida Ozarbayjon pazandalik paviloni.
Qora ikra
Baliq lavangi
Dovga
Yarpaq dolmasi
Palov
Pusta halvasi
Badambura va paxlava bilan choy
Non
Milliy choy dasturxoni
Ayron

Ozarbayjon oshxonasi — dunyoning qadimiy, boy va lazzatli oshxonalaridan biri. Ozarbayjon milliy oshxonasi faqatgina taomlar, ularning tayyorlanish texnologiyalari usullari emas, balki moddiy madaniyatning asosiy qismidan biri hisoblanadi. Ozarbayjon milliy oshxonasi oshxona madaniyatini, uning tarixi, falsafasi, dasturxon psixologiyasini, odatlarni, fiziologiya, gigiena, kimyo, jihozlash, etika, estetika, poeziyani va oshxonaning boshqa aspektlarini, shuningdek, Ozarbayjon xalqining tarixan atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashagan hududlarda yaratgan amaliy kashfiyotlarni o‘zida birlashtiradi.[1]

Paydo bo‘lish tarixi

tahrir

Ozarbayjon milliy oshxonasi Ozarbayjon xalqining pazandaligi bilan uning tarixan yashagan hozirgi Ozarbayjon Respublikasi, Janubiy (Eron) Ozarbayjon, hozirgi Armanistonning ozarbayjonlardan majburan tozalangan qadimiy Irevan xonligi, Zangazur va Go‘kcha tumanlari hududlarida, Gruziyadagi ozarbayjonlarning uzoq davrlardan beri yashab kelgan yerlarida (Borchali), Dog‘iston hudularida, shu jumladan, sobiq Ozarbayjon xonliklaridan birining markazi bo‘lgan Darband va uning atrofida paydo bo‘lgan.[2]

Oshxonaning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatgan eng muhim omil — iqlimdir. Ozarbayjon Respublikasi hududidan to‘qqiz iqlim zonasi o‘tadi, bu esa o‘z navbatida bu mintaqaning flora va faunasining xilma-xilligini va boyligini keltirib chiqaradi. Barcha hayvonlar va o‘simliklarning yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bular esa boy oshxonaning paydo bo‘lishida asosiy baza hisoblanadi.[2]

Boy oshxona yaratilishi uchun yirtqich hayvonlardan, qushlardan, baliqlardan va o‘simliklardan foydalanish bilan birga, jamiyatning keyingi taraqqiyot davrlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarilishi ham talab qilinadi. Buning uchun aholi yuksak ekinchilik va chorvachilik madaniyatiga ega bo‘lishi lozim.[2]

Ozarbayjon milliy oshxonasining tarixi ham xalqning tarixi kabi qadimiydir. Ozarbayjon kulinariyasi o‘z tarixiy ildizlari va o‘ziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ozarbayjon taomlari yuksak taʼm-maza sifatlari bilan dunyoga mashhur. Ularni boshqalari bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ozarbayjon taomlari lazzati va tayyorlanishi, shu bilan birga, mo‘l ziravorlar va qo‘shimchalar qo‘shilishi ko‘proq Sharq oshxonasiga yaqin.[2]

Hozirgi kunda Ozarbayjon kulinariyasida taomlarning qadimiy tayyorlanish usullarining saqlanib qolishi bilan birga, zamonaviy kulinariya talablari keng sur’atda nazarga olinadi.[2]

Ozarbayjon milliy taomlari o‘tmishda mis qozonlarda tayyorlangan. Hozirgi kunda ham bir qancha qishloqlarda mis qozonda pishirilgan taomlar lazzatliroq bo‘ladi. Shu sababli ham Ozarbayjon milliy oshxonasining ashyolari (qozon, cho‘mich, tova, qoshiq, kapgir, obgardon va b.) asosan misdan yasaladi. Qayd etib o‘tish lozimki, o‘tmishdagi kabi hozir ham mis qozonlarni va idishlarni taomga va organizmga haddan ortiq mis tushmasligi uchun orada qalaylab turadilar. Milliy taomlardan piti oshi va ichidagilar ham toʻgʻridan-toʻgʻri dasturxonga beriladi.[2][3][4]

Ozarbayjon oshxonasi xususiyatlari

tahrir
  • Milliy taomlarning aksariyati mol, qo‘y va tovuq go‘shtidan tayyorlanadi. Urilgan go‘shtdan tayyorlanuvchi taomlar ko‘proq tarqalgan.[5][6]
  • Respublikaning dengiz, ko‘l va daryolari turli baliq xillari bilan, asosan oq va osetr baliqlariga boydir. Milliy taomlarning tayyorlanishida asosan mana shu baliqlardan foydalaniladi.[7][8][9]
  • Dasturxon turli ko‘kat va sabzavotlar bilan — baqlajon, pomidor, bulg‘ori, karam, ismaloq, turp, rediska, piyoz, lavlagi, bodring, yashil loviya va boshqalarga boydir. Milliy taomlarda guruchdan va undan tayyorlangan xilma-xil taomlar kulinariyada keng ishlatiladi.[7][8][9]
  • Taomlarda ziravorlardan zaʼfaron, zira, dafna yaprog‘i, kashnich urug‘i, shuningdek, yalpiz, ukrop, tarxun, rayhon, zanjabil, kaklik o‘ti va b.dan keng foydalaniladi. Bu hushbo‘y ziravorlardan sobiq SSSR da faqatgina Apsheron yarimorolida o‘stirilardi. Ozarbayjon kulinariyasida zaʼfaron ishlatiladigan 50 dan ortiq turli taom va 10 dan ortiq shirinlik mahsuloti tayyorlanadi.[7][8][9]
  • Limon, zaytun, meva qoqilari, sharob, sirka, anor suvi, tog‘olcha, olxo‘ri, anor, turshak, magiz va boshqalar taomlarga lazzat beradi.[7][8][9]
  • Ozarbayjon oshxonasida salatning alohida o‘rni bor. Yangi pomidor, bodring, bulg‘ori, rayhon va kashnichdan tayyorlangan salatda sabzavotlarni juda mayda to‘g‘raydilar. Bunday salat asosiy ovqat bilan birga yeyiladi.[7][8][9]

Ozarbayjon milliy kulinariyasida 30 dan ortiq birinchi ovqat turi mavjud. Bularga go‘shtdan tayyorlangan taomlar (piti, ko‘fta-bo‘zbosh, sho‘rva va b.), ko‘kat va qatiqdan tayyorlangan ovqatlar (dovg‘a, ovdux, dog‘ramach, balva va b.) kiradi.

  • Baʼzi suyuq ovqatlarning har hissasi alohida idishda (piti), baʼzilari bir necha qismi bir idishda (chuchvara, suvli xangal va b.) pishiriladi. Oddiy sho‘rvalardan farqli ravishda suyuq Ozarbayjon taomlari o‘z konsistensiyasiga ko‘ra quyuqroqdir, chunki bularning tarkibida, qoida sifatida sho‘rva oz miqdorda bo‘ladi.[7][8][9]

Ozarbayjon suyuq taomlari

tahrir

Ozarbayjon milliy kulinariyasini o‘zgacha qilgan yana bir xususiyat shundan iboratki, baʼzan milliy taomlar ham birinchi va ham ikkinchi taom o‘rniga o‘tadi. Masalan, piti, ko‘fta-bo‘zbosh va b. Bu taomlarning avval sho‘rvasi, keyin esa sho‘rvada pishgan boshqa qismlari (go‘sht, no‘xat, kartoshka va s.) ikkinchi ovqat sifatida yeyiladi.[3][10]

Ozarbayjon suyuq ovqatlarining yana bir xarakterli jihati ularda qo‘y dumbasi borligidadir. Dumba, qoida sifatida mayda to‘g‘ralgan holda ishlatiladi. Milliy Ozarbayjon oshxonasida suyuq ovqatlarning tayyorlanishida tomat yoki tomat pyuresi oz ishlatiladi. Uning o‘rniga yozda yangi pomidor, qishda esa quritilgan tog‘olcha va tarkibida bo‘yoq moddasi bo‘lgan ziravorlardan foydalaniladi.[3][10]

Ozarbayjon kulinariyasida suyuq xangal, xamiroshi, umaj, gurza, chuchvara va boshqa undan tayyorlanadigan suyuq ovqatlar bor.[3][10]

Yangi sutdan, achitilgan sutdan va qatiqdan tayyorlanuvchi firni, sutli siyiq, dovg‘a, kalako‘sh, ovdux va boshqa taomlar keng tarqalgan.[3][10]

Ikkinchi milliy taomlar asosan qo‘y, shuningdek, uy parrandalari go‘shtidan, guruch va sabzavotlardan tayyorlanadi. Ozarbayjonda eng ko‘p tarqalgan taomlardan biri palovdir. Bu taomning 40 ga yaqin tayyorlanish retsepti maʼlumdir. Ularga masalliqning miqdori va xilidan kelib chiqib muayyan nomlar berilgan: qovurma palov, sabzi-qovurma, tovuq palov, shirin palov, sutli palov va boshqalar.[3][10]

Ikkinchi taomlardan kabobni taʼkidlash o‘tish lozim: bostirma kabob, yurak go‘shtidan kabob, havaskor kabobi, jigar kabob, buyrak kabob va boshqa jaz go‘shtdan; lo‘likabob, tovakabob, shomkabob va boshqalari qiymadan tayyorlanadi. Undan tayyorlangan ikkinchi taomlardan xashil, go‘shtli xangal, yaproq xangali, qutab (go‘sht, ko‘’kat va qovoq bilan) chudu va boshqalar keng tarqalgan.[3][10]

Baliqdan tayyorlangan ikkinchi taomlardan baliq kabobi, ozarbayjonsayag‘i kutum kukusi, baliq chig‘irtmasi, qiymali baliq, o‘z bug‘ida va suvda pishgan baliq, qizartirilgan baliq, baliq palovi, uzunburun baliq oshi va baliq mutancimi eng keng tarqalgan taomlardir.[3][10]

Umuman olganda, go‘shtdan, baliqdan, sabzavotdan va undan tayyorlanadigan ikkinchi taomlar soni 100 dan ortiqdir.[3][10]

Ozarbayjon kulinariyasi taomlaridan palov, piti, lo‘likabob, lavangi va b.dunyoda mashhur.[3][10]

Ozarbayjonda taomlarning dasturxonga tortilishining o‘ziga xos xususiyatlari bor: odatda, avval choy, so‘ngra birato‘la ikkinchi taomlar tortiladi (ozarbayjonlar yig‘ilishda, tadbirlarda va to‘yda birinchi taom tortilmaydi). Bu vaqt dasturxonda turli ko‘katlar, yangi bodring va pomidor (qish faslida tuzlangan yoki sirkaga solingan) bo‘ladi. Ko‘pincha quyuq ovqatdan (xususan palovdan) keyin dovg‘a beriladi. Bu taomning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi.[3][10]

Ozarbayjon kulinariyasida uchinchi taom sifatida shirin taomlar istisno hollarda tatbiq etiladi va shu sababli ham ushbu taomlarning turlari chegaralangan. Shirin taomlardan firni, sujuq, tarak va quymoq ko‘proq tayyorlanadi. Ozarbayjonda ovqatlanish sharbat yoki shirinlik bilan yakunlanadi.[3][10]

Ozarbayjonda milliy shirinliklari

tahrir

Ozarbayjonning milliy shirinlik mahsulotlari uch guruhga bo‘linadi: unli, karamelga o‘xshash va konfetsifat shirinliklar.[11]

Undan tayyorlangan shirinlik mahsulotlariga shakarbura, paxlava, shakarnon, Boku qurabiyasi, Ozarbayjon bo‘tqasi, Ordubad rulet-durmasi, Qorabog‘ ketesi, Guba tixmasi, Lenkoran kulchasi, Shamaxi mutakkasi, Naxchivon paxlavasi va boshqalar kiradi. Undan tayyorlanadigan milliy shirinlik mahsulotlari 30 dan ortiq xili maʼlum. Bundan tashqari har zonaning o‘ziga xos maxsus shirinlik mahsuloti bor.[12]

Bokuda qadimdan shakarbura, Boku paxlavasi, shakar noni va boshqa shirinliklar tayyorlanadi. Sheki shirinliklarining alohida o‘rni bor. Sheki paxlavasi, pashvang, tel (ter holva), qirmabodom va boshqa mahsulotlar tayyorlanishida guruch uni, shakar, pista kukuni, sariyog‘, tuxum oqi va qo‘shimchalar ishlatiladi.[13]

Karamelsifat shirinlikdan Ozarbayjonda shakar-pishloq, parvarda, yong‘oq, pista va bodom goʻzinaklari, kashnichli nog‘ul, yong‘oq holvasi va boshqalar tayyorlanadi.[14]

Konfetsifat shirinliklardan roahtulhulqumi (turli qo‘shimchali), nog‘ulu, shirali anjiriy, fashmayi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.[15]

Ozarbayjon oshxonasiga chetdan nazar

tahrir

Janubiy Kavkazda oshxona uchun kerakli bo‘lgan xomashyoni asosan, yuksak ekinchilik va chorvachilik madaniyatiga ega bo‘lgan ozarbayjonlar ishlab chiqarardilar. Gruzin olimi M.I.Tkeshelov 1888-yilda sobiq Irevan xonligi hududida yashagan ozarbayjonlar haqida yozgan: „Qishloqlarda polizchilik, ekinchilik va bog‘bonlik bilan shug‘ullanadilar. Tabiiyki, tekisliklarda, yaylovlarda faqat chorvachilik bilan shug‘ullanmaydilar, ozarbayjonlar asosan daryo sohillarida yashaganlari uchun ularni ekinchi xalq deb atash mumkin. Shuni aytish mumkinki, ozarbayjonlar deyarli hamma joyda daryo bo‘ylarida yashaydilar, holbuki armanlar faqat tog‘li joylarda joylashganlar“.

E.K.Artamanov 1889-yilda Eron haqida yozar ekan, qayd qilgandi:"g‘allani ko‘proq Ozarbayjon, Xuroson, Kirmonshoh, Fors, Isfaxon va Yazd ishlab chiqaradi".

G.V.Sologub 1852-yilda yozgan: „Armanlar o‘z faoliyatlarini asosan tijoratga va davlat yig‘ishga yo‘naltiradi. Ozarbayjonlar esa o‘z navbatida turar joylariga muvofiq holda o‘z faoliyatlarini ekinchilikka va chorvachilikka yo‘naltiradilar va Kavkazortida asosiy ishlab chiqaruvchi elementdir“.

I.V.Segalov 1902-yilda qayd qiladi: „Musulmon xalqi asosan, Bozorsoy, Ayrisoy, Bargushad, O‘qchisoy va ularning atroflarida, shuningdek Araz sohillarida yashaydilar; arman aholisi esa noqulay tabiatli tog‘li yerlarda tarqoq holda yashaydilar. Arman erkaklarining katta qismi (15 yoshdan 40 yoshgacha) ehtiyoj sababli har qish Kaspiy sohillariga, Bokuga va Tbilisiga pul topish uchun jo‘natiladi. Bu yerda ularni hammolchilik xizmati, ko‘cha hayoti jalb etadi. Ozarbayjonlarga kelsak, ular tekisliklarda va qulay ekinchilik sharoitida yashaydilar“.

Bu tabiiy jarayon davomida sodir bo‘lgandi. Ko‘chmanchi xalqlargacha barcha mahsuldor yerlarda mahalliy aholi joylashgan bo‘lib, ular tomonidan foydalanilar edi. Buni arman olim G.A.Yezov ham (1908-yil) tasdiqlardi: „Yangi Vatan armanlarni unchalik yaxshi kutib olmadi, chunki erkin davlat tuproqlari juda oz edi“.

Sayyohlarning, olimlarning, tujjorlarning, diplomatlarning va boshqalarning taʼkidi, arxeologik qazilmalar isbotlaydiki, bu yerlarda qadimdan juda katta hajmda g‘alla, guruch, kunjut, soya o‘simliklari, lavlagi, qovun, tarvuz, uzum, olma, anor, behi va shu kabi ekinchilik, bog‘bonlik va polizchilik mahsulotlari yetishtirilardi.

Ekinchilikning bu mahsulotlari, shuningdek, yangi va quritilgan baliq, ikra, asal, sariyog‘ va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan nafaqat mahalliy aholi taʼminlanar, balki qo‘shni, yaqin va uzoq mamlakatlarga eksport qilinardi. Asrlar davomida Kavkaz bozorlari ozarbayjonlar tomonidan ishlab chiqarilgan chorvachilik va mevachilik mahsulotlari bilan taʼminlangan. Y.D.Angabadze va N.G.Volkova, „Ko‘hna Tbilisi“ kitobidagi manbalarga tayangan holda shunday yozadilar: "Tbilisi bozorlariga pishloqni asosan osetinlar, ozarbayjonlar olib keladi, shuningdek, borchalilar (ozarbayjonlar) ham sotadilar. Tbilisi bozorlarida Ozarbayjondan, Go‘kcha ko‘lidan (bu tomonlar Armanistonga berilgach, „Sevan ko‘li“ deb nomlandi) olib kelingan qizil baliqqa katta talab bor edi".

Kavkazortida boy oshxona yaratish va rivojlantirish imkoniyatiga, oshxona uchun kuchli xomashyo bazasiga ega asosiy xalq ozarbayjonlar bo‘lgan.

Arman, gruzin, fors va boshqa xalqlar oshxonasida taomlarning katta qismi asosining nomi ozarbayjonlarga bog‘liqligi aynan mana shu fakt bilan izohlanadi.

O‘choq

tahrir

Iqlimdan keyin oshxonaga taʼsir etuvchi asosiy faktor — o‘choqdir. Slavyan oshxonasida, xususan, rus oshxonasida bir qancha shirin kulchalar, suvda pishma va oshirma ovqatlar rus o‘chog‘i imkonlari bilan o‘rtaga chiqdi. Ozarbayjon oshxonasining yaratilishi va taraqqiyoti juda katta darajada tandir, qo‘ra, uy pechkasi, chala o‘choq, saj, mangal va boshqa ochiq va yopiq o‘choqlarning ko‘pgina turlarining bo‘lishi bilan bog‘liqdir.[16][17]

O‘ziga xos idishlar va oshxona jihozlari ham Ozarbayjon oshxonasiga o‘z taʼsirini ko‘rsatgan. Zamonaviy davrda ham hayvon terisidan, toshdan, daraxtdan, gildan, shishadan, metaldan va boshqa turli idishlar va jihozlardan foydalaniladi.[16][17]

Ozarbayjon xalq oshxonasida o‘choq qismida hozirgacha gaz va elektr bilan birga o‘tin, o‘tin ko‘miri, tezak va boshqalardan foydalaniladi. Tezakdan foydalanish alohida qiziqish uyg‘otadi. Tezakdan foydalaniladigan joylarda daraxtlarning va novdalarning kesilishi ancha kamayadi. Tezak tayyorlanadigan va foydalaniladigan joylarda jigar kasalliklari va nafas yo‘li kasalliklari uchramaydi. Hind olimlari tadqiqotlariga asosan tezakning yonish vaqti yuzaga kelgan tutun antiseptik xossalarga ega.[16][17]

Tarixiy geografik joylashuvi

tahrir

Oshxonaga taʼsir ko‘rsatuvchi navbatdagi muhim faktor xalqning tarixiy-geografik joylashuv makoni, qo‘shni xalqlar bilan aloqalari hisoblanadi.[1]

Qadimgi tijorat karvonlarining va harbiy yo‘llarning Ozarbayjon hududidan o‘tishi oshxonaga muayyan taʼsir ko‘rsatgan.[1]

Umumturk etnosiga mansublik ayni ismdagi ayni ildizga molik taomlarning bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, Ozarbayjon oshxonasini umumturk oshxonasining toji deyish mumkin. Did yaqinligi jihatidan Ozarbayjon oshxonasi Onado‘li oshxonasiga yaqinroqdir.[1]

Arablar bilan uzoq muddatdagi aloqalar oshxonaga qahva baxsh etgan, tarixiy „Ipak yo‘li“ uzoq Chindan bu joylarga choyni olib kelgan. Boshqa tomondan rus oshxonasi bilan tanishish Ozarbayjon oshxonasiga „shi“ va „borsh“ (xalq orasida ular umumiy qilib „borsh“ deb ataydilar) olib kelgan, boshqa tomondan Rossiya vositasi bilan kirib borgan, ruslashgan Yevropa oshxonasi bilan tanishishga imkon yaratgan. XIX asr oxirlarida va XX asr boshlarida neft sanoati taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda Yevropa oshxonasi bilan tanishish bevosita boshlanadi (bu jarayon bugungi kunda ham mushohada qilinadi), bu esa faqatgina restoran oshxonasiga taʼsir ko‘rsatgan, aholini alyumin idishlardan foydalanishga o‘rgatgan va bu harakat aholining sog‘lig‘iga zarardan boshqa xalq oshxonasiga hech narsa olib kelmadi.[1]

Dinning oshxonaga taʼsiri

tahrir

Ozarbayjonlarning milliy oshxonasiga kuchli taʼsir ko‘rsatgan faktorlardan biri xalqning dini va eʼtiqodlaridir. Zardushtiylik, otashparastlik, Avesto falsafasi psixologiyada, odatlarda, Ozarbayjon xalqining tafakkurida o‘z aksini toppish bilan birga, oshxonada ham o‘zini ko‘rsatgan. Oshpazning birinchi yordamchisiga — o‘choqqa hurmat shundan keladi degan tahminlar bor. Nurga, o‘tga ishonchning taʼsiri ostida shakllangan dasturxon odatlari va taomlar bugun ham mavjud. Uzoq muddat Ozarbayjonda xristian dini mavjud bo‘lgan va mavjuddir — bu faktorning izlari hamon oshxonada qolgan. Ayni vaqtda ozarbayjonlarning ming yildan beri musulmon ekanliklari va islomning oshxonaga taʼsiri ham shubha tug‘dirmaydigan faktordir. Oltin idishdan foydalanishdan voz kechish, to‘ng‘iz go‘shtini yemaslik, spirtli ichimliklardan foydalanishning taqiqlanishi va boshqalar islom anʼanalarining kuchli taʼsiridan so‘z ochadi. Turli bayramlar, tadbirlar va ro‘z tutish ham oshxonaga kuchli taʼsir ko‘rsatadi.[18][19][20]

Yana qarang

tahrir

Xorijiy oʻtishlar

tahrir

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi | altvar = regbi ittifoqi}}

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Climate zones of Azerbaijan (Wayback Machine saytida January 7, 2007, sanasida arxivlangan)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Based on the book Azerbaijani Cooking (Wayback Machine saytida 2009-02-16 sanasida arxivlangan), Ishyg Publ. House, Baku (Ruscha)
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 Azerbaijan cookery by category of dishes, a section of Large Guide to Home Cooking (Ruscha)
  4. Interview with Jabar Mamedov (Wayback Machine saytida 2008-12-21 sanasida arxivlangan), Head Chef at the „Shirvan Shah“ Azerbaijani restaurant in Kiev, 31 January 2005.
  5. „Lamb Cuisine Page - Catskill Merino Sheep Farm“. www.catskill-merino.com. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  6. „News.Az - Sogan dolmasi - Onion dolma“. www.news.az. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 „Рецепты таджикской кухни - Шербеты“. www.zdb.ru. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 Recipes for lemon and mint sherbets (Ruscha)
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 Mineral Waters of the World: Azerbaijan [sayt ishlamaydi]
  10. 10,00 10,01 10,02 10,03 10,04 10,05 10,06 10,07 10,08 10,09 10,10 Dogramach and ovdukh (Wayback Machine saytida October 14, 2008, sanasida arxivlangan): recipes for Azerbaijani soups (Ruscha).
  11. „Huge pakhlava hits record in Ganja“ (Wayback Machine saytida March 19, 2009, sanasida arxivlangan) on anspress.com. Retrieved on 17 March 2009
  12. Once in a Lifetime Journey „The Food Azerbaijan Food“.
  13. „News.Az - Samani halva - Malted wheat halva“. www.news.az. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  14. „News.Az - Shekerbura - Sweet nut pies“. www.news.az. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  15. Once in a Lifetime Journey „The Best Azerbaijan Food“.
  16. 16,0 16,1 16,2 „HugeDomains.com - KabobCentral.com is for sale (Kabob Central)“. kabobcentral.com. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  17. 17,0 17,1 17,2 „Archived copy“ (deadlink). 2008-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-yanvar.
  18. AZƏRBAYCAN MƏTBƏXİNİN YARANMASINA VƏ İNKİŞAFINA TƏSİR GÖSTƏRMİŞ FAKTORLAR
  19. Dinin mətbəxə təsiri
  20. Azərbaycan mətbəxi