Foydalanuvchi:Qodirchik/qumloq
Retsidiv – lotincha recidivus soʻzidan olingan boʻlib, „takrorlanuvchi“, „qaytadan“, „orqaga“ degan maʼnolarni anglatadi. Bu atama shaxs oʻzining salbiy qilmishlarining oqibatlarini boshdan kechirganidan keyin nomaqbul xatti-harakatni takroran sodir etishi yuzasidan foydalaniladi. Qayta jinoyat sodir etish, shuningdek, xuddi shunday jinoyat uchun qayta hibsga olingan sobiq mahkumlarning foizini koʻrsatish uchun ham qoʻllaniladi[1]. Bu atama koʻpincha jinoiy xatti-harakatlar va giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilish bilan birgalikda ishlatiladi. Residivizm „residiv“ soʻzining sinonimi boʻlib, u tibbiyotda va giyohvandlik kasalligi yuzasidan qoʻllaniladi.
Norvegiya
tahrirNorvegiya dunyoda eng past retsidiv jinoyatlarni sodir etgan mamlakat sifatida 2010-yil 20%[2][3], 2014 yilda 24%, 2015 yilda 23%, 2016 yilda 22%, 2017 yilda 19% va 2018-yilda 18% koʻrsatgich bilan oʻz oʻrniga ega boʻldi[4]. Norvegiyada 2017-yildan boshlab 5 yillik davrda takroriy jinoyatlar darajasi har qanday ayblangan jinoyat uchun 38,7%, mulkni oʻgʻirlash uchun 49,6%, jinoiy zarar uchun 45,2%, zoʻravonlik va shafqatsizlik uchun 46,8%, jinsiy jinoyatlar uchun. 31,7%, giyohvandlik va alkogolizm bilan bogʻliq jinoyatlar uchun 48,1%, yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun 27,8% tashkil qildi[5].Norvegiyadagi qamoqxonalar va Norvegiya jinoiy adliya tizimining asosiy maqsadi mahkumlarga jazo tayinlashdan koʻra, ularni qayta tarbiyalsh va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Henslin, James M. „Social Problems Down-to Earth Aproach“. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „Sentenced to Serving the Good Life in Norway“. time.com. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „Why Norway's prison system is so successful“. businessinsider.com. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „Correctional Statistics of Denmark, Findland, Iceland, Norway and Sweden“. fangelsi.is. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „Offences investigated“. ssb.no. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.