Bari gal — Oʻzbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva estrada yoʻnalishida kuylagan qoʻshiq. Xonanda kuylagan ushbu qoʻshiq keyinchalik butun Oʻzbekiston boʻylab ommalashib, shuhrat qozonadi. Bu qoʻshiqni Nasiba Abdullayevadan boshqa sanʼatkorlar ham ijro etishgan. Faqatgina Oʻzbekistonda emas, balki boshqa davlatlarda ham shuhrat qozongan ushbu qoʻshiq ijodkorlar tomonidan hali hozirgacha kuylab kelinadi. Ammo, bu qoʻshiqning muallifi koʻpchilikka nomaʼlum boshqa oʻzbek sanʼatkori hisoblanadi.

Qoʻshiq tarixi "Bari gal" qoʻshigʻini dastlab, Surxondaryo viloyatida yashab ijod qilgan bastakor, sozanda, hofiz Abdulaziz Imomov unga kuy bastalab, musiqasini yozadi va tor joʻrligida ijro etadi. (https://youtube.com/watch?v=WKqbP3UWx6Y&feature=share[1]) Bu qoʻshiqning musiqasini yozgan bastakor Abdulaziz Imomov ekanligini koʻpchilik insonlar bilmaydi. Aslida, qoʻshiq sheʼri turkman klassik shoiri Zaliliy qalamiga mansub boʻlib, „Bari gal“ soʻzlarini sheʼrga Abdulaziz Imomov qoʻshadi. Bu voqeani bastakorning jiyani shunday eslaydi: "Men shu bir kun amakimnikiga borsam, karavotning ustida oʻtirgan ekan sozini olib. Katta-katta Xorazm maqomlari kitoblari boʻlardi. Bu yoqda Zaliliyning kitobi turgan ekan. Keyin amakim „Kel, oʻtir, bir yangi qoʻshiq qildim“, — dedi. Keyin torini oldi-da, chalib berdi. Bir chaldi ikki barmoqni ishlatib, soʻng uch barmoqni ishlatib chaldi. „Senga qaysi biri maʼqul keldi“, — dedi. „Menga shu uch barmoq maʼqul“, — dedim. Amakim „Menga ham shu uch barmoq maʼqul“, — dedilar-da „Bari gal“ qoʻshigʻini kuylab berdilar. Keyin koʻzim sheʼrga tushib qoldi. Qarasam sheʼrda "bari gal" degan soʻz yoʻq!

Sensan mening dilbarim,
Jonimning jononasi.
Ikki jahon sarvarim, 
Koʻnglimning gʻamxonasi. 

Bunda „Bari gal“ degan soʻz yoʻq-ku!" Soʻng amakim „Shu soʻzni oʻzim qoʻydim. Shu soʻzni Zaliliy boboning oʻzi ham eshitsa, unga ham maʼqul boʻlar edi“, — dedi" (https://youtube.com/watch?v=UFUMAArI22w&feature=share) Shu tariqa dunyoga mashhur, butun xalqlar sevib kuylaydigan „Bari gal“ qoʻshigʻi dunyo yuzini koʻradi. Hofiz bu qoʻshiqni shinavandalar orasida kuylab, xalqqa taniladi. Qoʻshiqning yaralish tarixi va uning keyingi taqdiri juda ham qiziq kechadi. 1972-yilda Respublika Ichki ishlar vazirligi „Badiiy havaskorlar“ koʻrigi tashkil qilinadi. Ushbu tadbirda Abdulaziz Imomov ham ishtirok etadi va tadbirdan soʻng shu kezlari „Oʻzbekiston“ radiosida faoliyat olib boradigan Nuriddin Aminjonov hofiz bilan tanishadi. Tadbirning ertasi kuni Nuriddin Aminjonov taklifi bilan hofizning qoʻshiqlari radioda efirga uzatilish uchun yozib olinadi. Bu voqeadan soʻng qoʻshiqlari xalq orasida ommalashib ketadi. Oradan bir necha yil oʻtib, Nuriddin Aminjonov 1975-yilda qoʻshiqlari yozib olinishi uchun Abdulaziz Imomovni yana Toshkentga taklif qiladi. Shaharga kelgan hofiz radio uchun bir necha qoʻshiqlarni kuylaydi. Bu qoʻshiqlari orasida „Bari gal“ qoʻshigʻi ham bor edi. Ayrim sabablarga koʻra birgina shu „Bari gal“ qoʻshigʻi badiiy kengashdan oʻtmay qoladi. Badiiy kengashdan oʻtgan qoʻshiqlari esa respublika boʻylab, qoʻshni respublikalar boʻylab efirga berilib, yana tanilib ketadi. (https://youtube.com/watch?v=UFUMAArI22w&feature=share) Abdulaziz Imomovning yonida yurgan shogirdlaridan biri Shogeldi Imomov esa 1977-yilda Toshkentga yana ashula yozdirish uchun ustozi bilan birga borganini va Olmaxon Hayitova bilan uchrashishganini eslaydi. Shu uchrashuvda Olmaxon Hayitova Abdulaziz Imomovdan qoʻshiq yozib berishini soʻraydi va shunda hofiz „Bari gal“ qoʻshigʻini chalib, aytib beradi, oʻrgatadi. (https://youtube.com/watch?v=UFUMAArI22w&feature=share) Keyinchalik bu qoʻshiqni Olmaxon Hayitova kuylab chiqadi. Olmaxon Hayitovaning ijrosi ham xalq orasida ommalshib ketgach, koʻpchilik shinavandalar qoʻshiq musiqasi muallifi kim ekanligidan bexabar qoladi. (https://youtube.com/watch?v=sbdlEDsfhEQ&feature=share)


Qoʻshiqning ommalashishi Bu qoʻshiqni Olmaxon Hayitovadan boshqa Xorazm ijodkorlari ham kuylaydi. Ijodga endi kirib kelgan Nasiba Abdullayeva bu qoʻshiqni estrada yoʻnalishida qayta kuylab, oʻz repertuariga kiritadi. Nasiba Abdulayeva talqinida ijro etilgan „Bari gal“ qoʻshigʻi nafaqat Oʻzbekiston boʻylab, balki, boshqa xalqlar orasida ham tanilib, shuhrat qozonadi. Bu qoʻshiq Nasiba Abdullayevaga mashhurlik olib keladi. Xonanda bu ashulani Xorazm xalq qoʻshigʻi deb hisoblab yuradi. Nasiba Abdullayeva oradan ancha yillar oʻtganidan keyin qoʻshiq tarixidan xabardor boʻladi va bu haqida oʻzi chiqish qilgan koʻrsatuvlardan birida aytib oʻtadi. (https://youtube.com/watch?v=nnxi_ae28ZI&feature=share) Ashulaning yaratilishi haqida Abdulaziz Imomovning shogirdlaridan biri Karim Rahmon ham koʻrsatuvlarda gapirib oʻtadi, oʻzi ham kuylaydi. (https://youtube.com/watch?v=sbdlEDsfhEQ&feature=share) Bugungi kunda bu qoʻshiqni koʻplab sanʼatkorlar, yosh xonandalar ijro etgan. Jumladan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yulduz Turdiyeva dunyo sahnalarida turib ham kuylagan. (https://youtube.com/watch?v=4hCx9YBdpCE&feature=share) Boshlovchi Tolibjon Isroilov esa Gruziya davlatiga borganida, u yerdagi sozandalar ushbu qoʻshiqni mahorat bilan ijro etib berishganini aytadi oʻz nutqlaridan birida. Hindistondan Oʻzbekistonga tashrif buyurgan bir guruh qizlar ham jonli ijroda birga ijro etishgan. (https://youtube.com/watch?v=sbdlEDsfhEQ&feature=share) Yosh ijodkorlardan biri Yuliya Kan „Men yulduzman“ koʻrsatuvida oʻz ijrosi bilan chiqqan boʻlsa, (https://youtube.com/watch?v=YKKRzIjkbMw&feature=share) Kukchoy esa cover talqinida kuylagan. (https://youtube.com/watch?v=QKksNTLNkRA&feature=share) „Bari gal“ qoʻshigʻi koʻplab sanʼatkorlarning repertuaridan joy olgan boʻlib, hali-hanuzgacha kuylab kelinadi.


Manbalar

tahrir
  1. {{Veb manbasi}} andozasining barcha parametrlari oʻz nomiga ega boʻlishi zarur. „Orol farzandining qo`shiqlari“. O'zMTRK O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi. Qaraldi: 6-avgust 2023-yil.


Havolalar

tahrir

1. Abdulaziz Imomov xotirasiga bagʻishlangan „Mehr qolur“ koʻrsatuvi (2019-yil)

2. Bobomurod Hamdamovning Abdulaziz Imomov haqida fikrlari