Foydalanuvchi:Sirojiddin Uchqunov/qumloq

Sarin oʻta zaharli fosfoorganik birikmadir.Rangsiz, hidsiz suyuqlik boʻlib,nerv sistemasiga kuchli taʼsir qiladi. Shu sababli kimyoviy qurol sifatida foydalaniladi. Hattoki past konsentratsiyasi ham oʻlimga olib kelishi mumkin.Letal doza qabul qilingan vaqtdan boshlab 1-10-daqiqa oraligʻida nafas olish tizimi falajlanishi oqibatida oʻlim sodir boʻladi .Ushbu moddadan yengil zaharlangan va zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilmagan odamlarda esa uzoq muddatli nevrologik shikastlanishlar kelib chiqadi.

Sarin keng tarqalgan ommaviy qirgʻin quroli hisoblanadi. Sarinni ishlab chiqarish va saqlash 1997-yil aprel oyidan boshlab 1993-yildagi „Kimyoviy qurollar toʻgʻrisidagi konvensiya“ bilan taqiqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Seto, Y. "The Sarin Gas Attack in Japan and the Related Forensic Investigation", 2001-yil iyun. 

[1]

  1. Kirby, R. "Nerve Gas: America's Fifteen Year Struggle for Modern Chemical weapons", 2006-yil yanvar.