Foydalanuvchi:Sitora Oblakulova/Anahita Ratebzad

Anahita Ratebzad
آناهیتا راتبزاد
Mansab davri
1980-yil 27-dekabr – 1985-yil 24-noyabr
Prezident Babrak Karmal
Afgʻonistonning Xalq quyi palatasi aʼzosi
Mansab davri
1965 – 1969
Afgʻonistonning Yugoslaviyadagi elchisi
Mansab davri
1978-yil iyul – 1980
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-noyabr 1931-yil
Guldara, Afgʻoniston
Vafoti 7-sentyabr 2014-yil(2014-09-07)
(82 yoshda)
Dortmund, Germaniya
Turmush oʻrtogʻi Keramuddin Kakar
Bolalari 3

Anahita Ratebzad (forscha-pushtucha: آناهیتا راتبزاد) (1931-yil noyabrda tug'ilgan - 2014-yil 7-sentyabrda vafot etgan) — afgʻonistonlik sotsialistik va marksistik-leninchi siyosatchisi, Afgʻoniston Xalq Demokratik partiyasi (PDPA; Parcham fraksiyasiga mansub) a'zosi. Babrak Karmal boshchiligidagi Inqilobiy kengash vitse-prezidenti[1]. Afg‘oniston parlamentiga saylangan birinchi ayollardan, 1980-1986-yillarda davlat rahbari o‘rinbosari bo‘lgan[1].

Yoshlik yillari va ta'limi

tahrir

Anahita Ratebzad 1931-yilda Kobul viloyatining Guldara shahrida tug'ilgan[2]. Uning otasi Omonullaxon mamlakatda olib borilishi zarur bo'lgan islohotlar tarafdori edi. Bu esa uning 1929-yilgi voqealardan keyin Nodirshoh Muhammad hukmronligi davrida Eronga majburiy surgun qilinishiga olib keldi. Ratezbad va uning akasi otasiz og'ir sharoitda o'sgan. 15 yoshida o‘sha davrdagi xorijda tahsil olgan juda kam sonli afg‘on jarrohlaridan biri bo‘lgan doktor Keramuddin Kakarga turmushga chiqqan. U Kobuldagi frankofon Malalai litseyida o'qigan. 1950-yildan 1954-yilgacha Michigan shtat universitetining hamshiralik fakultetida hamshiralik ishi bo'yicha diplom olgan. Kobul universiteti tibbiyot fakulteti ayollarga tibbiyot yo'nalishida ta'lim olishga ruxsat bergan. 1962-yilda Ratebzad ushbu universitetni tamomlagan.

Ratebzadning siyosiy ishlarga aralashuvi uning eri doktor Keramuddin Kakar bilan uzoqlashishga olib keldi. Keramuddin Kakar Zohirshoh Muhammadga sodiq bo'lganligi sababli Ratebzad erining siyosiy qarashlari va faoliyatini ma'qullamagan. 1973-yilda Ratebzadning o'zi boshqa uyga ko'chib o'tgan. Ular hech qachon rasman ajralishmagan bo'lsalar ham, alohida yashashgan va bir-birlari bilan aloqa qilishdan qochishgan. Ratebzad va Kakarning uch nafar farzandi, bir o'g'li va ikki qizi bor edi. Ikkala qizi ham onasining siyosiy yo'lidan borib, Afg'oniston Xalq Demokratik partiyasiga (XDP) a'zo bo'lishgan, o'g'li esa uning siyosiy faoliyati va qarorlarini tanqid qilgan.

Siyosiy hayoti

tahrir

Anahita Ratebzad 1950-yillarning oxiri va 60-yillarda Afgʻonistondagi birinchi ijtimoiy va siyosiy afgʻon faollaridan biri boʻlgan. U, shuningdek, 1957-yilda Ceylonda bo'lib o'tgan Osiyo ayollar konferensiyasida xalqaro sahnada Afg'oniston Qirolligi vakili bo'lgan delegatsiya tarkibidagi birinchi afg'on-ayol bo'lgan.

Muhammad Dovud Xon bosh vazir boʻlgan davrda roʻmol kiyish ixtiyoriy[3] boʻlganligi sababli, Ratebzad 1957-yilda bir guruh ayol hamshiralarni erkak bemorlarni davolash uchun Kobulning Aliobod kasalxonasiga olib borgan. Bundan ko'rinib turibdiki, Afg'oniston shaharlarida ayollar yuzlari ochiq holda ishlashgan.

Anahita Ratebzad 1964-yilda Afg'oniston ayollari demokratik tashkilotiga (DOAW) asos solgan. Tashkilot muayyan siyosiy mafkuraga amal qilmagan[4]. 2013-yilda Rahnavard Zaryab shunday deb yozgan edi: "DOAW 1340-yillarda (milodiy 1960-yillarda) tashkil etilgan va boshqa chet el tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilmagan yoki qo'llab-quvvatlanmagan tashkilotdir. Uning a'zolari o'z tashabbusi bilan ayollar huquqlarini targ'ib qilish va himoya qilish uchun ko'ngilli intellektual ayollar edi. DOAWni hozirgi Afg'onistondagi ayollar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning ta'lim vazirlari bilan solishtirib, ular DOAWning ta'sir doirasi va samarador harakatlaridan mahrum ekanligini aytgan[4]. Biroq 1978-yildagi Savr inqilobidan keyin tashkilot PDPA hukumati nazorati ostida bo'ldi. “Xalq” fraksiyasi hokimiyatni egallab olish davrida uni 1978-yildan 1979-yilgacha Dilorom Mahak boshqargan. Parcham fraksiyasi hokimiyatni egallab olganidan so'ng, Ratebzad 1980-yilda DOAWning umumiy assambleyasida DOAW raisi etib saylangan.

Ratebzad DOAWning boshqa a'zolari bilan birgalikda 1965-yil 8-martda Afg'onistonda Xalqaro xotin-qizlar kunining ilk marotaba nishonlanishi munosabati bilan Kobulda norozilik marshini uyushtirgan[5].

U so‘l partiyasi siyosatiga aralashdi va Xadicha Ahroriy, Masuma Esmati-Vardak va Roqiya Abubakr bilan birga 1965-yilda Afg‘oniston parlamentiga saylangan birinchi to‘rt ayoldan biri[6] bo‘ldi. Kobul shahrining Ikkinchi okrugi deputatligini qo‘lga kiritdi[7]. 1965-yilda Ratebzad Afg'oniston Xalq Demokratik partiyasi (XDP) Parcham fraksiyasining bir qismi bo'lishiga yordam berdi. Xotin-qizlar huquqi haqidagi siyosiy qarashlari va marksistik siyosiy mafkurasi uni, ayniqsa, boshqa siyosiy partiyalar va kuchlar orasida juda ziddiyatli shaxsga aylantirdi. Uning Parcham fraksiyasi rahbari Babrak Karmal (Vasiliy Mitroxin[8] soʻzlariga koʻra u bilan ishqiy munosabatda boʻlgan) bilan yaqin aloqasi sababli Ratebzad “Karmalning bekasi” nomi bilan tanildi. Baʼzi notoʻgʻri manbalar Ratebzadni hatto uning eri deb hisoblashdi. Anahita Ratebzad 1969-yilgi saylovlarda ishtirok etmadi va parlamentdagi o'rnini yo'qotdi[9].

1978-yilning 28-29-aprel kunlarida Savr inqilobi davlat to'ntarishi oldidan Ratebzad Makroyandagi kvartirasida uy qamog'ida hibsga olingan. O'shanda Karmal G'ulom Dastagir Panjsheriy, Nur Muhammad Tarakiy va Solih Muhammad Zeariylar ham qamoqqa olingan, boshqa PDPAningt ko'zga ko'ringan a'zolari (Xalq va Parcham palatalari) yashirinishgan edi. PDPAning xalq palatasi hokimiyatni qo'lga kiritib, Tarakiy prezident bo'lgach, Ratebzad Ijtimoiy ishlar vaziri etib tayinlangan va bu lavozimda to‘rt oy xizmat qilgan.

Anahita Ratebzad 1978-yil 28-mayda Kobul New Times tahririyatida shunday e'lon bergan edi: "Ayollar haqli ravishda ega bo'lishi kerak bo'lgan imtiyozlar teng ta'lim olish huquqi, ish xavfsizligi, sog'liqni saqlash xizmatlari va mamlakat kelajagini qurish uchun sog'lom avlodni tarbiyalash uchun bo'sh vaqtdir... Xotin-qizlarni tarbiyalash va ma'rifat qilish davlatning diqqat markazidadir"[10].

Oradan koʻp oʻtmay, Xalq va Parcham palatalari o'rtasida yana nizo kelib chiqdi. Parchamning taniqli a'zolari, shu jumladan, Ratebzad palata elchisi etib tayinlandi. Shundan keyin u Belgradda elchi boʻlib ishladi (1978–1980). Hafizulloh Amin hokimiyat tepasiga kelishi bilan Ratebzad lavozimidan chetlashtirildi, chunki Hafizulloh Amin Parcham palatasi a'zolarini tozalash ishlarini boshladi. Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga bostirib kirishi va hokimiyatni Parcham palatasi qoʻlga olgach, Ratebzad taʼlim vaziri (1980–1981) etib tayinlandi va PDPA Siyosiy byurosining doimiy aʼzosi boʻldi. Ushbu lavozimda u bir qancha vazirliklarni, jumladan, Oliy va kasb-hunar ta'limi, Axborot va madaniyat hamda Sog'liqni saqlash vazirliklarini nazorat qilish uchun mas'ul etib tayinlandi. 1980-yil 27-dekabrdan Inqilobiy Kengash Prezidiumi raisining o'rinbosari sifatida xizmat qildi[11].

1986-yilda Karmalning oʻrniga Muhammad Najibulloh tayinlanganidan soʻng[12], Ratebzad oʻz lavozimidan ozod etildi va Siyosiy byuro aʼzoligidan chiqdi. Uning o‘rniga esa DOAW rahbari Firuza Vardak tayinlandi[13].

Migratsiya, keyingi hayoti va o'limi

tahrir

Anahita Ratebzad Afgʻonistonda 1992-yilning mayiga qadar qolgan. Ratebzad va uning ba'zi oila a'zolari Afgʻonistondagi fuqarolar urushidan qochishga majbur bo'lishgan. 1995-yilda Bolgariyaning Sofiya shahriga jo'nab ketgan. Oradan bir yil o'tib, Germaniyaning Lünenshahridan siyosiy boshpana so'ragan va o'sha yerga joylashgan. 1985-yilda 82 yoshida buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan va Afg'onistonga olib ketilib, Kobuldagi "Shohada-e-Saalehin" qabristoniga dafn qilingan[14].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „زن پیشتاز جنبش چپ افغانستان؛ تصاویری از زندگی آناهیتا راتب‌زاد“. bbc.co.uk (2014-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.
  2. „Ratebzad, Anahita (1931—) | Encyclopedia.com“.
  3. Ahmed-Ghosh, Huma. "A History of Women in Afghanistan: Lessons Learnt for the Future or Yesterdays and Tomorrow: Women in Afghanistan". Journal of International Women's Studies. http://vc.bridgew.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1577&context=jiws. 
  4. 4,0 4,1 „رهنورد زریاب: آزادی سیاسی تنها دست‌آورد دوران جدید افغانستان است |“. 2018-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
  5. „Kvinnorna i Afghanistan tog av sig slöjan redan 1959 | Internationalen“. www.internationalen.se. 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
  6. Klassen, Jerome. Empire's Ally: Canada and the War in Afghanistan (en). University of Toronto Press, 2013-01-10. ISBN 9781442664968. 
  7. The Kabul Times Annual, Volume 1, p121
  8. Mitrokhin. „The KGB in Afghanistan“. Woodrow Wilson International Center for Scholars (2002-yil iyul). Qaraldi: 2024-yil 13-fevral.
  9. Louis Dupree (2014) Afghanistan Princeton University Press, p653
  10. Prashad. „War Against the Planet“. ZMag (2001-yil 15-sentyabr). 2001-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-mart.
  11. Clements, Frank. Conflict in Afghanistan: A Historical Encyclopedia (en). ABC-CLIO, 2003-01-01. ISBN 9781851094028. 
  12. Malkasian, Carter. War Comes to Garmser: Thirty Years of Conflict on the Afghan Frontier (en). Oxford University Press, Incorporated, 2013-01-01 — 37-bet. ISBN 9780199973750. 
  13. „Democratic Organization of Afghan Women (1965) – FREE Democratic Organization of Afghan Women (1965) information | Encyclopedia.com: Find Democratic Organization of Afghan Women (1965) research“. www.encyclopedia.com. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
  14. „Funeral of Dr. Anahita Ratebzad“. esalat.org. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.

Adabiyotlar

tahrir
  • Arnold, Entoni. Afg'onistonning ikki partiyali kommunizmi: Parcham va xalq . Stenford, Kaliforniya: Guver instituti matbuoti, 1983-yil.

[[Turkum:20-asr afgʻon siyosatchilari]] [[Turkum:2014-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1931-yilda tugʻilganlar]]